ISTE’MOLCHILAR MAJBURIYATLARI
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 401-moddasiga muvofiq,
xaridor almashtirishni talab qilishga yoki oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan
bosh tortishga haqqi bo‘lgan holatlardan tashqari, unga sotuvchi tomonidan
topshirilgan tovarni qabul qilishi shart.
Xaridor qonun hujjatlariga yoki oldi-sotdi shartnomasiga zid ravishda tovar-
ni qabul qilishdan bosh tortsa, sotuvchi shartnoma shartlarini bajarishdan bosh
tortishga va ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
78
2-topshiriq.
Quyida keltirilgan vaziyat bilan tanishing va sotuv-
chining harakatlariga baho bering.
Fuqaro T. do‘kondan o‘ralgan rafinad qand pachkasini sotib
oldi. Uni uyida ochganida qand o‘rniga yaxshi maydalanmagan
tuzni ko‘rdi. Xaridor do‘konga qaytib, chek va ochilgan pach-
kani ko‘rsatdi hamda pulini qaytarib berishni talab qildi. Biroq
sotuvchi bu do‘konning aybi emasligini aytib, pulni qaytarib
berishdan bosh tortdi.
Bu holda sotuvchi iste’molchi huquqini buzdimi? Agar
shunday bo‘lsa, T. o‘z huquqlarini qanday himoya qilishi
mumkin?
Xaridorning talabi bilan tovar yangisiga qanday hollarda
almashtirib berilishi shart?
1-vaziyat.
Fuqaro planshet xarid qildi va o‘rovini ochmadi. Bir oydan
keyin uni yanada qimmatiga almashtirib berishlarini so‘radi.
2-vaziyat.
Fuqaro kafolat muddati 6 oylik fen xarid qildi. Fen nuqsonli
detali bo‘lgani sababli 6,5 oydan keyin ishdan chiqdi.
3-vaziyat.
Fuqaro elektr choynagini sotib oldi, 5 kun davomida undan
foydalandi, keyin esa do‘kondan uni hushtagi bo‘lgan choynakka
almashtirib berishlarini so‘radi.
Bilimingizni sinang!
1.
Kim iste’molchi hisoblanadi?
2.
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi
Qonunning asosiy maqsadini ayting.
3.
Tovar sotib olganlik yoki ish (xizmat) uchun haq to‘laganlik-
ni tasdiqlaydigan hujjat qanday ataladi?
4.
Tovarlar haqidagi axborotda qanday ma’lumotlar keltirilishi shart?
5.
Qonunga muvofiq kim sotuvchi hisoblanadi?
6.
Muvofiqlik sertifikati nimani tasdiqlaydi?
7.
Sifati past yoki nuqsoni bo‘lgan tovar xarid qilgan
iste’molchi nimani talab qilishga haqli?
|