50 1-topshiriq. Sizningcha, nima uchun quyidagi qoidalarni buzganlik uchun
ma’muriy javobgarlik belgilanadi:
—
metropolitendan foydalanish qoidalarini;
—
jamoat transportidan foydalanish qoidalarini;
—
transport vositasi haydovchisi tomonidan temiryo‘lni ke-
sib o‘tish qoidalarini;
—
shaharlar va boshqa aholi punktlarida it, mushuk boqish-
ning qoidalarini;
—
o‘rmonlarda уоng‘in xavfsizligi qoidalarini;
—
tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish va
ulardan foydalanish qoidalarini;
—
ota-onalarning bolalarga ta’lim-tarbiya berish borasidagi
burchlarini;
—
yozishma sir tutilishi to‘g‘risidagi qoidalarni;
—
fuqarolar turar joyi daxlsizligi qoidalarini?
Ma’muriy jazoning maqsadi: —
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va
ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash;
—
ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomoni-
dan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish.
JARIMA SOLISH, NARSANI OLIB QO‘YISH (MUSODARA QILISH), MAXSUS IMTIYOZLAR (HUQUQLAR)DAN MAHRUM ETISH TARTIBI O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi-
ning 332-moddasiga muvofiq, jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish
to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o’ttiz kundan kechiktirmay,
bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda —
51 shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan
boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim.
mish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest
bildirilgan taqdirda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida
xabar berilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay to‘lashi lozim.
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mustaqil ish
haqi bo‘lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi
shaxslardan undirib olinadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar
tomonidan tegishli bank muassasasiga to‘lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan
joyning o‘zida undirib olinadigan jarima bundan mustasno.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo
bo‘lgan narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijro-
chilari tomonidan amalga oshiriladi.
Transport vositalarining haydovchilari va ov qilish qoidalarini buzgan
shaxslar maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan
boshlab shunday huquqdan mahrum etilgan deb hisoblanadilar.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va videoni qayd etish texnika vositalari
orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarima-
ni huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab olt-