Bozorning raqobatchilik haritasi - 1) raqobatchilarini bozorda egallab turgan urniga ko’ra tasniflash; 2) bozorda raqobatchining urnini nazorat qilish imkonini beruvchi raqobatchilar ulushini taqsimlash. Aniq tovar bozorlarida raqobatchilarning urnini talil qilish natijasida aniqlanadi.
Brending - marketing kommunikatsiyalari tizimining firma stili va uning elementlarini ishlab chiqish, firmani raqobatchilardan ajratib turuvchi o’ziga xos imidjini yaratish sohasi
Gorizontal diversifikatsiya - firma assortimentini ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bog’liq bo’lmagan, biroq mijozlarning qiziqishini uygotishi mumkin bo’lgan mahsulotlar bilan tuldirish.
Dem’ing - tovarni o’rtacha bozor narxidan arzon, ba’zida xatto o’z tannarxidan arzon narxda sotish. Ko’pchilik garb mamlakatlarida milliy ishlab chiqaruvchilar foydasini himoya qiluvchi va aksari hollarda boshqa mamlakatlardan raqobatning kuchli emasligi sababli arzon narxda tovar olib kirishni ta’kiklovchi antidem’ing qonunlar amal qiladi.