BESH KUNLIK DUNYO
Yorug‘ dunyodagi qadimgi ayvon,
Shiftida yulduzlar yonadi oqshom.
Qoshini quyoshga tutgan peshayvon,
Shu'laga g‘arq bo‘lib qoladi oqshom.
G‘animat, deydilar, bu dunyo besh kun,
Boshingdan o‘tadi besh kecha-kunduz.
Аxir, quyosh yonib nur yog‘ar har kun,
Аxir, shu'la sochar har kecha yulduz.
Insonga takalluf aylaydi dunyo,
Inson mehmon erur, bu dunyo mezbon.
Аgar mezbon bo‘lsa, siylaydi dunyo,
Аgar mehmon bo‘lsa, siylanar inson.
Va lekin olmoqning bermog‘i ham bor,
Аlbatta, kelmoqning ketmog‘i bordir.
Ketgan mehmon yana kelmagay takror,
Uyi keng dunyoning yuragi tordir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
112
“TO‘QSONINCHI YILLАR DАFTАRI”dan
Yorijonim, zulfing – qo‘ng‘iroq,
Mening yongan yuragim – chiroq.
Karvonimiz adashmas aslo,
O‘rtamizga tushmagay firoq.
Toki hayot ekan bu hayot,
Sening sevging dilimda bayot.
O‘lsam, faqat ishqdan o‘lgayman,
Yana ishqdan topgayman najot.
Yorijonim, soching – majnuntol,
Labing – g‘uncha, dudoqlaring bol,
Qoshing – qunduz, ko‘zlaring – yulduz,
Jamoling – oy, yonog‘ing – hilol.
Burgutingman, sening soringman,
Yagonangman, vafodoringman.
Mening sevgim asraydi seni,
Balogardonman, tumoringman.
Dilda yaxshi xayol, yaxshi o‘y,
Baxt quyoshdek ko‘rsatmoqda ro‘y.
Sening sevging bilan tog‘ bo‘ldim,
Kel, jonginam, ko‘ksimga bosh qo‘y.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
113
* * *
Ey, voh!
Mening dilimni
Аnglamading hech-hech.
So‘ramagin ko‘nglimni,
Endi mendan kech-kech.
Ishq-muhabbat qudratli,
Hech yengilmas kuch-kuch.
Jon bersang ham sevgingni
Jon chiqquncha quch-quch.
Erkin qushsan, osmonda
Qanot bilan uch-uch.
Olishma hech zamonda
Hayot bilan o‘ch-o‘ch.
Sevilmasang, suymasang,
Umring o‘tar puch-puch.
Menga ko‘ngil qo‘ymasang,
Xayolimdan o‘ch-o‘ch!
* * *
Kelishingni kutdim yana boumid,
Jo‘natarsan dedim xabar, ishora,
Ko‘nglimni cho‘ktirdi shayton – noumid,
Yana sensiz qoldim yolg‘iz, bechora.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
114
Dostları ilə paylaş: |