Ushbu ma’ruzada Geomorfologiya faning tekshirish obyekti hamda landshaftlarning yetakchi komponenti relyef, uning shakllari, eelementlari, morfometriyasi, morfologiyasi, relyefning kelib chiqishi, relyef hosil qiluvchi omillar



Yüklə 33,55 Kb.
səhifə3/11
tarix28.12.2022
ölçüsü33,55 Kb.
#78057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-ma`ruza. Relyef to’g`risida umumiy ma’lumot

1-REJAGA OID TEST
- 132 m. Bu qaysi geografik obyektning mutloq balandligi hisoblanadi?
Qoragiyo botig`i
Turfon botig`i
Taxtaqoracha dovoni
Rossiya pasttekisligining o`rta qismi


2-REJA: Relyefning morfometriyasi va morfografiyasi. Relyef genezisi.
Yer yuzasi relyefining tabaqalanishi. Yer yuzasining relyefi genetik tabaqalanishi yoki shakllari katta-kichikligiga ko`ra 7 ga bo`linadi. Geoid (1873 yilda Listing yer geoid shaklda degan) yuzasi ellipsoid qiyofasidan farq qilib, yer harakati davomida olam tortilish kuchlari, yer ichki va tashqi harakatlari ta’sirida cho`kish va ko`tarilishlar sodir bo`ladi. Ko`tarilish va cho`kishlar, nurash va eroziya jarayonlari ta’sirida yer yuzasi tekislanib boradi. Hosil bo`lgan cho`kindilar o`zining og`irlik kuchi tufayli va tashqi kuchlar ta’sirida ko`chiriladi.
Litosferanng harakatlari natijasida jinslarning qatlamlari siljiydi., yer po`stining tuzilishi o`zgaradi, bu holat uning relyefini ham o`zgartiradi. Litosferadagi harakatlar hamma joyda asta-sekin ro`y beradigan bo`ylama va enlama harakatlarga bo`linadi. Enlama (gorizontal) harakatlarning eng kuchlilari litosfera plitalarining harakatlaridir. Litosfera plitalarining harakatlari natijasida Yer relyefining eng yirik shakllari yuzaga kelganliklari o`rganilgan. Yirik relyef shakllarining joylashishida muayyan qonuniyat mavjud. Materik ko`tarilmalari materik Yer po`stiga to`g`ri keladi, okean yer po`stida botiqlar bo`lib, ular okean suvlari bilan to`lgan. Katta-katta tekisliklar litosfera plitalarining qadimgi qismlari - platformaga to`g`ri keladi. Burmali tog`li o`lkalar, okean tagidagi chuqur botiqlar litosfera plitalari chegaralarida joylashgan. Qattiq yer yuzasi katta-kichiklikdagi shakllarga ega. Ular quyidagi sinflarga bo`lib o`rganiladi:
Eng katta relyef ko`rinishi yerning planetar qiyofasi bo`lib, nisbatan olganda cho`kkan yuzalar, nisbatan olganda ko`tarilgan yuzalar. Bu okean va materiklar. Cho`kkan joylar - okean cho`kmalari, relyefi ko`tarilgan joylar - materiklar, uning yuzasidagi har xil relyef ko`rinishlari hosil bo`lgan. Yer po`stining notekis taraqqiyoti natijasida yer po`stida cho`kishlar va ko`tarilishlar sodir bo`lgan. Relyefning planetar shaklining mutlaq farqi 20 ming metrgacha (Jomalungma 8848 m baland bo`lsa, Mariana botigi 11022 m chuqurlikda). Megorelyef qiyofa (yunoncha “eng katta” degani). Ba’zi joylarda megorelyef deb aytiladi, ba’zan geotektura deyiladi (“geotektura” lotincha “qatlam” ma’nosida). Eng katta relyef shakllariga materik ko`tarilmalari, okean cho`kmalari, eng yirik tog` sistemalari, tekislik o`lkalari kiradi. Bu atamani akademik I. Gerasimov 1946 yilda tavsiya qilgan. Planetar shakl bilan mego shakl relyefning genetik qiyofasi bo`yicha geotekisturaga kiradi. Mego qiyofa o`z navbatida ikkinchi darajali relyef shakllariga ajraladi. Bu makro relyef deb aytiladi. Bu relyef shakllari yana o`zidan kichik bo`lgan relyef shakllariga bo`linadi. Bular mezo relyef va undan kichik mikro relyefni tashkil qiladi. Bu relyef yana o`zidan kichik bo`lgan nano relyef shakliga bo`linadi. (Nano – yunoncha “juda kichik” degani) Buning balandligi yoki chuqurligi gorizontal yuzaga nisbatan 1 necha detsimetrdan 1-2 metrgacha. Bu relyef qiyofasi o`z navbatida o`zidan kichikroq bo`lgan relyef ko`rinishlariga ajratiladi. Ular sayoz, uncha chuqur bo`lmagan yuza, yassi yuza - bular g`adir-budirlik relyef shakli deb ajratiladi. Bu relyef shakli egallaydigan maydon sm yoki detsimetrda, balandligi yoki chuqurligi ham shunday santimetr va detsimetrda hisoblanadi. Bunga qum yuzasidagi juda mayin to`lqinlar yoki qovurg`aga o`xshab ko`rinadigan relyef shakllari kiradi. Shunday qilib, ichki kuchlar relyefning asosan yirik shakllarini bunyod etsa, tashqi kuchlar asosan ularni yemiradi va kichik relyef shakllarni vujudga keltiradi. Ichki va tashqi kuchlar birgalikda, bir vaqtda ta’sir ko`rsatadi. Shu sababli relyef to`xtovsiz o`zgarib turadi. Bu yuqorida tavsif berilgan shakllar endogen kuchlar ta’sirida yuzaga kelgan relyef shakllari hisoblanadi. Ular kattaligi bo`yicha quyidagilarga bo`linadi: planetar, mego, makro shakllar. Yer yuzasi relyefini aniq namoyon qiladigan chizma gipsografik egri chiziqdir. Shundan yer yuzasi eng baland nuqtasi va eng chuqur nuqtalarini topish bilan birga quruqlik yuzasining o`rtacha chuqurligini hamda yer po`stini o`rtacha balandligini topish mumkin. Quruqlik yuzasining eng past nuqtasi O`lik dengiz bo`lib, u dengiz sathidan –402 m chuqurlikda turadi.
Yer yuzasi quruqligining o`rtacha balandligi 875 m. Materiklar orasida eng balandi Yevrosiyo materigi bo`lib, Osiyo qismining o`rtacha balandligi 950 m, Yevropaning o`rtacha balandligi 300 m, Afrikaning o`rtacha balandligi 750 m, Janubiy Amerikaning o`rtacha balandligi 580 m, Shimoliy Amerikaning o`rtacha balandligi 700 m, Antarktida muzliklar bilan hisoblaganda o`rtacha balandligi 2000 m. 0-200 m gacha bo`lgan pasttekisliklar 48,2 mln km quruqlik maydonini egallagan. Dunyo okeanining o`rtacha chuqurligi 3830 m. Yer po`sti yuzasining o`rtacha balandligi –2400 m, dunyo okeani sathidan pastda bo`ladi. Okeanlar yer yuzasining taxminan 70,8% ini tashkil qiladi.



Yüklə 33,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin