Urganch davlat unversiteti tarix fakulteti 3-bosqich talabasi Shomurotova Oydinoyning maqolalar to‘plami



Yüklə 87,98 Kb.
səhifə15/16
tarix21.10.2023
ölçüsü87,98 Kb.
#158512
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Maqola uzb22

O’zbek xalqi urf-odatlari.
ANNOTATSIYA:Har bir xalqning o'zining tarixan shakllanib kelgan an'ana va urf odatlariga ega. Shu jumladan o'zbek xalqi ham yillar davomida shakllanib kelgan, o'ziga xos etnogtrafik tarixiga ega. Shunday an'analar ichida o'zbek xalqining to'ylari qadim o'tmishdan to hozirgacha amal qilinayotgan asosiy marosimlari hisoblanadi.
Kalit so'zlar: to'y, marosim, an'ana, urf-odat, irim-sirim, diniy amallar.
ABSTRACT Each nation has its own customs and traditions that have been formed since ancient times. The Uzbek people also have a rich historical tradition. These traditions are first of all reflected in the wedding ceremonies of the Uzbek people.
Keywords. wedding, custom, ceremony, religious tradition.
O‘zbek xalqi qadim o’tmishdan bugungi kungacha o’zining boy tarixi, ma’naviy qadriyatlari, milliy urf-odatlariga ega bo’lib, zamonlar osha uni o’z qalbi va ma’naviyatida saqab kelib avloddan-avlodga meros qilib qoldirib kelmoqda. Unda millatning orzu-umidlari, u yashayotgan tabiiy geografik, ijtimoiy muhit, xalq istidodi, malakasi, qobliyati, etnik xususiyat hamda belgilari o’z ifodasini topgan.
Jamiyatning muhim bo’g’ini hisoblangan oila munosabatlari nikohdan boshlangan. Nikoh-yangi oila vujudga kelganligi jamiyat tomonidan e’tirof etiladigan shar’iy, qonuniy holatdir.
Oilani, avvalo ota boshqaradi, oila oldidagi burchi va vazifasi mas‘ulligi sababli, otaning mavqei oilada yuqori turadi. Oila boshlig’i undagi ichki intizomni saqlashi,odob-axloq mezonlariga amal qilishni nazorat qilishi, iqtisodiy-moliyaviy ta’minot vazifalarini bajarishi zarur bo’lib hisoblanadi. O’zbek oilasining tarbiyaviy tomonlaridan yana bir muhim jihati shundaki, unda otaning shariat tartiblari yoki milliy urf-odatlarga muvofiq ayollarning insoniy huquqlarini kamsitmasligi, hurmatini o’rniga qo’yishi, ularga mehribon va xushmuolara munosabatda bo’lishi, farzandlarning bilim olishi, kasb-hunar egalari bo’lishini ta’minlashi, sog’lom o’sishlari uchun mumkin bo’lgan sharoitlarni yaratishlari axloq qoidasi sifatida shakillangan.
Oilada bola tarbiyasi masalasi jamiyat hayotida alohida o’rin egallab kelgan.Oilada o’g’il bolalarga avlod davomchisi sifatida qaralgan. Qizlarga esa bo’lajak ona va sadoqatli uy bekasi, iffat ramzi sifatida tarbiya berilgan. Voyaga yetish jarayonida o’g’il bola ota ta’sirida , qiz bola esa ona ta’sirida ulg’ayganlar. O’zbek xalqiga mos muhim xususiyatlardan biri bu mahalla ahlining bolalarni tarbiyalashda hamjihatlikda harakat qilishlaridir. Otaning farzand oldindagi burchlari shariat va islomiy qoidalar bo’yicha yaxshi nom qo’yish,xushxulqli,mehnatsevar, iymon-e’tiqodli qilib o’stirish, o’qitish , kasb-hunarli qilish, uylantirish, qizlarni turmushga chiqarish kabi vazifalarni ado etishdan iboratdir. Ota-onalar qariganda , mehnat layoqiyatini yuqotganda farzandlar o’z ota-onalarini holidan xabar olishlari va g’amxo’rlik qilishlari o’zbekchilikning muhim shartidir.
O’zbek xalqining turmush tarzini uning sharqona dasturxonsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Dasturxon atrofida o’zbek xalqining samimiyati jo’sh urub turadi, insoniy milliy qadriyatlarimizning ham moddiy, ham ma’naviy ko’rinishlari omuxta va mujassam holatda yuzaga chiqadi. Turli toifadagi kishilar ham dasturxon atrofida hurmat qilinib ,iliq so’zlar bilan bir-birini qadrlaydilar. Shunga ko’ra xalqimiz dasturxonni aziz, muqaddas, rizq-ro’z manbai, ramzi deb belgilangan. Taomilga ko’ra tanovul qilishni yoshi ulug’ kishi boshlab beradi. Agar oila davrasida bo’lsa avval ota, so’ngra ona boshlaydi.
To’y marosimlari o’zbek xalqi hayotida uzoq tarixiy davr moboynida shakillangan bo’lib shunday tantanalardan biri nikoh to’ydir. Bunda ikki yoshning yangi hayotga qadam qo’yayotganligi el-ulus, qo’ni-qo’shnilarga ma’lum qilinib, ularning turmush qurishga kirishayotganligi e’tirof etiladi. Nikoh to’yigacha quad-anda taraflar turli marosimlarni bajarishadi. Bu bir-birovini yanada yaqindan bilish, o’zaro ishonchni mustahkamlash, to’ni yaqinlashtirish yo’lidagi harakatlardan iborat. Bular uy ko’rar (qiz ko’rish), sovchilik, sep taxlash, to’qqiz tovoq, qizlar majlisi , betochish, kelinsalom, kabi marosimlar.Nikoh to’yigacha bayram kunlari, yakshanba kunlari bozorlik oqshomi deb nomlangan. Yoki tog’ora oshi kelinnikiga jo’natiladi.To’ydan bir kun oldin toki to’y kuni qizning otasinikida nikoh marosimi o’tkazilib “hutbai nikoh”,ya’ni nikoh o’qiladi.
Kuyov kelinni olib ketish uchun kelinnikiga borganda ukki o’rtog’i bilan go’lxan (olov) atrofida aylanadi so’ngra o’rtoqlari bilan go’shangaga (chimildiqqa) kiradi. Dasturxon yozilib, to’qqiz tovoqqa to’qqiz xil toam tortiladi. Chimildiqqa avval kuyov, so’ngra kelin olib kirilgach, oyoq bosish, ko’zguga qarash marasimlari o’tkaziladi, salomnoma qo’shiqlari aytiladi.Kelin kuyovnikiga kelgach ikkalasi olov atrofida uch marta aylanadi. O'zbek xalqi qadim o'tmishdan bugungi kungacha o'zining boy tarixi, ma'naviy qadriyatlari, milliy urf-odatlariga ega bo'lib, zamonlar osha uni o'z qalbi va ma'naviyatiga saqlab kelib, avloddan-avlodga meros qilib qoldirib kelmoqda. Tarix insoniyat hayotining shakllanishi, taraqqiy etib borishi va kelajak uchun zaruriy ehtiyojlarni yaratishga asos bo'lib xizmat qilishi bilan birgalikda, o'tmish ajdodlarimizning bosib o'tgan turmush tarzini halollik, haqqoniylik hamda tanqidiy ruhda tahlil qilishni ham o'z zimmasiga yuklaydi. Tarixni o'rganish, tarixiy voqealarni kelajak avlodga haqqoniy ochib berish haqida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida quyidagi fikrlarni bildirgan: "El yurtimiz o'zining ko'p asrlik tarixi davomida mash'um xatarlarni necha bor ko'rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma'naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o'tmish, bosib o'tgan mashaqqatli yo'limiz barchamizga saboq bo'lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo'lib yashashga da'vat etishi lozim. O'z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo'q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko'p bora o'z isbotini topgan". Vatanimiz milliy mustaqillikni qo'lga kiritganidan keyin tarixiy haqiqatni mafkuraviy tazyiq va ta'sirlardan xoli tarzda, xolisona va haqqoniy, adolat va tarixiylik nuq tai nazaridan xalqimizga yetkazish imkoniyati yuzaga keldi. Mustaqillik bizga qadim qadimdan ota bobolarimizdan meros urf odatlarimizga erkin amal qilish imkonini berdi. Shu o'rinda azaldan to'y-tomosha oshuftasi o'zbek xalqining to'y marosimlari bilan bog'liq an-a'nalari hamda rasm-rusmlari faqatgina xursandchilik va shodiyonalik bo'libgina qolmasdan, balki, muayyan maqsadga qaratilgan, asrlar davomida rioya qilinib kelinayotgan diniy udumlar majmui hamdir. To'y-bashariyat aql zakovati, tabiiy, ma'naviy-axloqiy va huquqiy ehtiyojlari, talablari asosida vujudga kelib, uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o'tib, hozirgi kunimizgacha yetib kelgan va istiqbolda ham ma'naviy qadriyatlarimiz tarkibida mustahkam saqlanib keladigan noyob hayotiy marosimlar majmuidir. Darhaqiqat, to'y deb ataluvchi so'z anglatgan marosimlar hamma vaqt hamma joyda kishilarning talabi, ehtiyoji bilan o'tkazilar ekan, ushbu hayotiy hodisaning turli elatlar va xalqlar va millatlardagi vujudga kelish tarixi, shakllari, tarixiy jihatdan kasb etgan xususiyatlarini o'rganish, uning tarkibida saqlanib qolgan umuminsoniy , milliy va mahalliy ijobiy an'analarni saqlab qolish: qoloq, davr talablariga mos kelmaydigan jihatlarni isloh etish, kamxarajatli, ixcham to'ylar qilishga xalqimizni odatlantirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda.[2-65]
Tarixiy manbalarda saqlanib qolgan ma'lumotlarga qaraganda "to'y"-atamasi turkiy so'z bo'lib, "toy" yoki "qurultoy" shaklida mo'g'ullar va chig'atoy xonlari davrida ham keng qo'llanilgan. XIV asrda Movarounnahr hududiga sayohat qilgan arab sayyohi Ibn Batuta esdaliklariga asosan "toy" -bu har yili o'tkaziladigan yig'in (qurultoy) bo'lib, unda Chingizxon avlodlari, amirlar va turkey beklar, obro'li ayollar va lashkarboshi ishtirok etgan. Yakunlanga n muddati 1864 yil 5 may bo'lgan "Tavorixi xorazmshoxiya " tarixiy asarida uchraydigan ma'lumotga ko'ra, vazir Xasan-Murod qushbeginig o'g'li Muhammad Yusufbek xonning qiziga uylangan bo'lib, ziyofat-toy (to'y) bir necha kun davom etgan. Tadqiq etilgan aksariyat ma'lumotlar asosida, "to'y" -qadim zamonlardan beri doimo katta jamoa, yuqori martabali zadogonlar, katta hajmdagi yig'in, cheklanmagan miqdordagi ziyofat va dabdaba bilan uzviy bog'liq bo'lgan odatligi aniqlandi.
O'zbek to'y marosimlari davrlar o'tishi bilan qisman o'zgarib borgan va har bir etnik guruhda o'ziga xos xususiyatlari bilan o'zaro farq qiladi. Qadimdan meros bo'lib kelayotgan to'y marosimlari islomgacha va islomdan keying ayrim magik xarakterga ega bo'lgan udumlarning hozirgi zamonaviy odatlar bilan qorishib ketganligini millatlar o'rtasidagi aloqalarning globallashuvi natijasidir. Jamiyatning asosiy bo'g'ini hisoblanmish oila munosabatlari nikohdan boshlanadi. Bunda ikki yoshning yangi hayotga qadam qo'yayotganligi el-ulus , qo'ni-qo'shnilarga ma'lum qilinib, ularning turmush qurishga kirishayotganligi e'tirof etiladi. Ana shu nikoh to'yi o'zbek xalqida boshqa to'ylardan to'y ishtirokchilari tomonidan murakkab urf-odatlar va irim-sirimlarning bajarilishi, ko'plab qadimiy e'tiqod va top inishlarning masalan, fetishizm, totemizm, ajdodlar ruhiga sig'inish, olov va boshqa bir qator demonologik ko'rinishlar izlarining mavjudligi bilan ajralib turadi.
Nikoh to'y marosimlarini boshlab beruvchi dastlabki marosim sovchilik bo'lib, sovchilar to'g'risidagi ilk ar VII-VIII asrga oid O'rxun-Enasoy bitiklarida uchratamiz. Buyuk davlat arbobi To'nyuquq (VII asr) bitiktoshida "sov"-kalimasi sab-so'z, gap ma'nosida ishlatilgan. Irq bitigi(fol kitobi)a esa "sab"-so'z , "sabchi"-xabarchi, so'z keltiruvchi ma'nosida ishlatilgan.[3-78] O'rta asrlar mashhur tilshunosi Mahmud Qoshg'ariy bu xususda "sovchi-kelin va kuyov orasida bir-biriga xabar yetkazuvchi"-deb yozadi.[4-169] Bundan ko'rinib turibdiki, yangi oilani paydo bo'lishidagi sovchilik udumi uzoq o'tmishda ham mavjud bo'lgan.
O'zbek xalqinig uzoq tarixga ega yana bir to'y marosimi beshik to'yidir. Ushbu to'y nikoh to'yinig mahsuli bo'lib, oilada tug'ilgan ilk farzand sharafiga beriladi. Bunda chaqaloqning ona tomondan qarindoshlari chaqaloqqa beshik va zarur bo'lgan barcha buyumlarni karnay-surnay sadolari ostida olib borishadi.
Millatimizning qadimgi to'ylaridan yana biri sunnat(xatna) to'yidir, undan maqsad islomning sunnatini bajarishdir. To'y o'g'il bolalarning tog' yoshlarida, ya'ni 1-3-5 yoshlarida o'kaziladi. To'y oldidan xatmu qur'on marosimi o'tkazilib, elga osh tortish va to'y bolaga ezgu tilaklar tilash bilan yakunlanadi.

Yüklə 87,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin