Ikkinchi qism Amir Temuming nomidan aytilgan OtZiga xos va- siyat va pand-u nasihatlaridan iboratdir. Unda davlami idora qilishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash, sipohiylaming maoshi, mamlakatlami boshqarish tartibi, davlat arboblari va qo‘shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlaming toj-u taxt оldida ko‘rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va hokazolar xususida so‘z boradi. «Tuzukot» yozish odati asli xitoy va turk-motgtul hukmdor, xonlaridan rasm bo'lib qolgan odat edi. Masalan, turk xoqon- laridan meros bo'lgan «Qonunnoma», Chingizxondan qolgan «Bilik», Xondamir (1474-1535) yozgan «Qonuni Humoyun», Ubaydullaxon (1533-1539) topshirig‘i bilan yozilgan «Suluk al-mulk» («Podsholarga yo‘l-yo‘riqlar») shular jumlasidandir. Amir Temur o‘z oldiga buyuk saltanatning ichki siyosati va ishchan davlat tizimini qadimiy tajribalardan ijodiy foydaiangan holda tuzish, harbiy siyosatni zamon talabi asosida tobora takomillashtirib, mo g ul istilosi asoratlarini tezroq bai'taraf etish, xo'jalikni oyoqqa turg:izish, savdo-sotiq, hunarmandchilikni bir me’yorga tushirish va rivojlantirish, aholi manfaatlarini hiinoya qilish, ilm-fan, madaniyat, me morchilikni tubdan rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini keng ко lamda jadal- lashtirish kabi dolzarb vazifalarni qo‘ygan edi. Uning bunday sa’y- harakatlari bir necha o‘n yillar inqiroziy holatda bo'lgan ulkan hudud- ni qoloqlikdan chiqarish, uni yuqori taraqqiyot bosqichiga ko'tarishda