1. Boshlang’lch ma’lumotlar belgilanadi, aynan: xaritaning kimlar uchun mo’ljallanganligi va mazmunini hisobga olib, qanday hudud xaritalashtirilishi, unda qanday qo‘shni o’lkalar va kommunikatsion aloqalar ko‘rsatilishi kerakligi o'rnatiladi; qo‘shimcha (qirqim) xaritalar mazmuni va miqdori (uchtadan ko’p bo’lmagan) aniqlanadi; xarita yaratish samaradorligini ta'minlash bo'yicha talablar aniqlanadi (butun xarita va alohida varaqlar o’lchamlari. ramka orti jihozlanishining mazmuni va h.k)
2. Tanlangan kartografik proyeksiya formulalari bo'yicha asosiy xaritaning burchak (chekka) nuqtalari koordinatalari, kartografik to‘r koordinatalari hisoblab chiqiladi. Yaratiladigan xaritaning o‘rta meridiani ortida dastlab tasvirlanadigan hududning eng sharqiy va eng g'arbiy nuqtalari uzoqliklaridan o‘rtacha arifmetik sifatida hisoblangan uzoqlik bilan meridianlar qabul qilinadi
3. Xaritada eng katta xatolik sohasi o'rnatiladi. grafiklar va qirqim xaritalar joylashuvi aniqlashtiriladi, qirqim xaritalarning maydoni, masshtabi va burchak nuqtalarining taxminiy koordinatalari belgilanadi
5. 0‘rta meridian uzoqligini aniqlashtirib, quyidagi masalalarga e'tibor qaratiladi: xaritaning berilgan formati doirasida xaritaning ichki va tashqi mazmunini joylashtirish ta'minlanadimi, shimolga nisbatan xarita oriyentirovkasi qanday o‘zgaradi (bu devoriy xaritalar uchun muhim), o‘rta meridian holati o'zgarishi tufayli uzoqlikdagi farqlar oshadigan xarita uchastkalarida proyeksiya xatoliklari qay darajada oshadi?
6. Agar xarita oriyentirovkasining o‘zgarishi kutilgan natijani bermasa. unda yaratilayotgan xarita o'lchamlarini o'zgartirish imkoniyati masalasi paydo bo‘Iadi. Agar bunday o'zgarish bo'lsa, shimolga nisbatan xaritaning istalgan oriyentirovkasini belgilash va xatoliklar minimumini ta'minlash uchun o’rta meridian uzoqligi to‘g‘risidagi masala hal etiladi
7. Xarita komponovkasini loyihalashda qabul qilingan kartografik proyeksiyani almashtirish yoki turini o‘zgartirish maqsadga muvofiq emas, chunki proyeksiya mazkur xaritaning maqsadini hisobga olib tanlangan (komponovkani o‘rnatgunga qadar)