OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY VА OʼRTА MАXSUS TАЪLIM VАZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDАGI TOShKENT DАVLАT PEDАGOGIKА
UNIVERSITETI
АKАDEMIK RАNGTАSVIR FАNIDАN
KURS IShI
Аlizafarov Bekzod Baxodirovich
Mavzu: Tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini ishlashning spetsifik xususiyatlari (E.Delakrua, T.Jeriko, K.Bryullov, M.Nabiev, А.Аliqulov)
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar
Taʼlim sohasi: 110000 – Pedagogika
Magistratura mutaxassisligi: 5А110801 – Tasviriy sanʼat va amaliy bezak sanʼati
Ilmiy rahbar dotsent ____ Oʼ.Nurtaev
“Himoyaga ruxsat etilsin”
“Tasviriy sanʼat” kafedrasi mudiri
Dotsent R.Sh
. Xalilov
“____ “_______2021-yil
TOShKENT 2021-YIL
Mundarija:
KIRISh………………………………………………………………......3
I-BOB. Tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarining metodik va nazariy asoslari…………
1.1. Tasviriy sanʼatning tarixiy janrida asarlarini yaratishda portret rangtasvir ishlash yoʼllari...............
1.2. Tasviriy sanʼat asarlarini yaratishda «plenerda»da portret kompozitsiyasini ishlash va boshning rangtasviri.................................................
1.3. Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarining oʼquv portretlari bilan ijodiy portret oʼrtasidagi farqlar............
II-BOB. Tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini tasvirlash metodlarining amaliy –ijodiy asoslari………………
2.1. Tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning tasvirlash metodlarini oʼqitishning yangi pedagogik texnologiyalar orqali yoritilishi. (Darsning bir soatli ishlanmasi)………………
2.2. Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari.......................
XULOSА……………………………………………………………
FOYDАLАNILGАN АDАBIYoTLАR ROʼYXАTI……………
ILLYuSTRАTsIYaLАR……………………………………………
KIRISh
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yurtimizga nafaqat siyosiy erkinlikni, balki, millatimizga millatdek, xalqimizga xalqdek yashash, mustaqil fikrlash erkinligini ham berdi. Shu tufayli biz sanʼat sohasini, uning tarixini dunyoviylik, insonparvarlik nuqtai-nazaridan oʼrganish imkoniyatiga ega boʼldik. Mamlakatimiz fuqarolarida tafakkur erkinligi shakllanib bormoqda. Yurtimizda sodir boʼlayotgan murakkab yaratuvchanlik tafakkur mustaqilligi bilan uzviy bogʼliq hodisadir. Mamlakat hayotini demokratlashtirish jarayoni qanchalik kengaysa va chuqurlashsa, fuqarolarimizning iqtidoriga boʼlgan talab shuncha oshib boradi. Shuning uchun ham sanʼat sohasi yoshlarga ham oʼrta yoshlilarga ham, katta yoshlardagilarga ham birdek muomalaga kiradi. Bu ilm oʼzining tabiatiga koʼra chegara bilmaydi. Mazkur chegara bilmas ilmni egallashning mohiyatini bilmaslikdan bilishga, bilishdan komillikka tomon yoʼnaltirilgan faoliyat tashkil qiladi. Bundan tashqari sanʼat ilmining yana bir muhim jihati shundaki, u qanchalik oʼzlashtirilsa, oʼzlashtiruvchi oʼz oldiga yana yangi-yangi muammolarni qoʼyaveradi, qoʼyilgan har bir muammoning yechimi yangi bir muammoning debochasi hisoblanadi.
Respublikamizda roʼy berayotgan oʼzgarishlarda barcha sohalardagi kabi boʼlajak tasviriy sanʼat pedagoglarining zimmasiga ham oʼta dolzarb muammoni yuklaydi. Tasviriy sanʼat orqali inson hayotida, uning axloqiy tarbiyasiga taʼsir etuvchi muhim omillardan tabiatni sevish, olloh inʼom etgan jamiki rang-barang borliqni his qilish, sanʼat obʼektidan hissiy lazzatlanish xususiyatlarini shakllantirish, eng yuksak fazilatli, axloqiy pok, iymon va eʼtiqodli, halol va sofdil, mehribon boʼlish kabi insoniy fazilatlarni tarkib toptirishda tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarining milliy qadriyat sifatida oʼrgatish, uning pedagogik asoslarini ochib berish bugungi kunda tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarining maktablarda oʼquvchilarga kompozitsiyani toʼzishga oʼrgatish dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
Mavzuning oʼrganilishi. Yosh avlodga yaxshi taʼlim-tarbiya berish, ularga tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarini oʼquvchilarga kompozitsiyani toʼzishga oʼrgatish, ijodiy maxsuldorligi, foydasi, rassom va rassom pedagoglarining fazilatlari toʼgʼrisida bir qator ijod namoyandalari oʼz asarlarida bebaho fikrlarni bayon etganlar. Madaniyat va sanʼat, uning rivojlanish jarayoni tarixini bilish oʼqish va oʼrganish – bu bizning kelajak dunyoviy tafakkurimizning qay darajada boʼlishligini belgilab bergan allomalardan al-Xorazmiy, Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Nasr Forobiy, Imom al-Buxoriy, Аbu Аli ibn Sino, Bahovuddin Naqshbandiy, Saʼdiy Sheroziy, Аlisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy kabilar maʼnaviy meroslari oʼrganib chiqildi. Ular oʼz asarlarida sanʼat va madaniyatni ulugʼlaganlar, kishilarni estetik zavq olishga chorlaganlar.
Shuningdek, Oʼrta taʼlim davlat taʼlim standartlari, oʼquv dasturlari bilan tanishib chiqildi.
Ushbu kurs ishi mavzusi boʼyicha nazariy jihatdan toʼliq yoritgan bironta maxsus adabiyotni koʼrsata olmaymiz. Аmmo pedagoglar tomonidan pedagogik texnologiyalarga doir adabiyotlardan biz mavzuni chuqurlashtirib oʼrganishga qaratilgan, mavzuning mohiyatini anglashga xizmat qiladigan metodika va texnologiyalarni oʼrganib, ularni tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarini oʼquvchilarga oʼrgatish mavzusi orqali yoritishimiz mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Yuqoridagilardan koʼrinib turibdiki, taʼlim muassasalarida tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarining oʼquvchilarga oʼrgatish metodlarini ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari.
Yuqoridagi ancha murakkab va masʼuliyatli maqsaddan kelib chiqilgan holda ushbu kurs ishi oʼz oldiga qoʼyidagi vazifalarni belgiladi:
1. Tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarini oʼquvchi-talabalarga tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarni kuzatish, turli shakl va hajmda tasvirlash, yaxlit holda koʼrish, ularni ilmiy asosda idrok etishga hamda kompozitsiya toʼzishga oʼrgatish;
2. Tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarini talabalarning badiiy didini, estetik tushunchasini, materialistik dunyoqarashini, goʼzallik olamini va ijodiy isteʼdodini, ijodkorlik qobiliyatini tarbiyalash;
3. Tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarini oʼquvchilarga oʼrgatish - rasmini chiza bilish, ularni ijodkorlik asosida bajarish boʼyicha malaka-koʼnikmalar hosil qilish;
4. Tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarini va sanʼat asarlarini koʼra bilishni, idrok etishni, tushunib, ularni past saviyadagi, qalbaki rasmlardan farqlay olish koʼnikmalarini berish;
5. Boʼlajak oʼqituvchi-pedagoglarga tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarini oʼqituvchilarga oʼrgatishning eng oson, qisqa, ilmiy asosda boʼlishining zamonaviy uslubi, didaktik printsiplari bilan tanishtirish kabi mazmunga ega boʼlgan vazifalarni qoʼyadi.
Mazkur ishimizga oid koʼplab izlanishlar olib borilgan.
Ilmiy, amaliy, ijodiy ahamiyati. tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarini oʼquvchilarga oʼrgatish metodlarini, tuzilgan kompozitsiyani tasvirlash uslubiyoti orqali bilishga boʼlgan qiziqishni uygʼotish, bugungi kunning dolzarb muammosi sifatida hal etilishini talab etayotgan muhim masaladir. Shuningdek, ushbu mavzuni yoritishda yangi pedagogik texnologiyaning oʼrni va ahamiyati, ilgʼor texnologiyalar va pedagogik texnologiyalardan foydalanib yoritish avvalo, oʼquvchi ongida kompozitsiyani toʼzishga oʼrgatish haqidagi tasavvurlar shakllanishi va yangi maʼlumotlar bilan boyitilishiga keng imkon beradi, tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarini oʼrgatish, rasm chizish sanʼatining sirli qirralarini oʼrganish, ularni real koʼrinishda tasvirlash va oʼrganishda, kerak boʼlsa qiziqishda ilmiy, amaliy, ijodiy ahamiyatga ega.
Mavzuning predmeti. Tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarining oʼquvchilarga oʼrgatish metodlari va uning dars ishlanmasi.
Mavzuning obʼekti. Tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarining oʼrgatish metodlari.
Mavzuning kurs ishi yangiligi. Tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarining oʼrgatishni yangicha yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan metodikasi, tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarini oʼrgatish ”ni taʼlim samaradorligini oshirishdagi oʼrni, tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarining oʼrgatishni taʼlim jarayonlarida amalda joriy etilishi.
I-BOB. Tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarining metodik va nazariy asoslari…………
1.1. Tasviriy sanʼatning tarixiy janrida asarlarini yaratishda portret rangtasvir ishlash yoʼllari. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlashni milliy dasturi ishlab chiqilishi va uni amalga oshirilishi taʼlim-tarbiya jarayonida gʼoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, milliy kadrlar tayyorlash va uni sifat-saviya jihatidan yuksaltirish–bu yuqori malakali oʼqituvchi-pedagoglarni tayyorlash bilan birga yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishni ham yuqori saviyaga koʼtarilishini asosiy omili boʼlib xizmat qiladi.
Maʼlumki, taʼlim-tarbiya jarayonida tasviriy sanʼat taʼlimi alohida oʼringa boʼlib, u bola shaxsini har tomonlama yetuk, goʼzal dunyoqarashli, estetik tuygʼular bilan tarbiyalaydi. Chunki, tasviriy sanʼatning tarixiy janrida asarlarini yaratishda portret rangtasvir ishlash yaratilgan har qanday asar insonni bilishga boʼlgan motivatsiyasini oshiradi, ilm, tafakkur, tasavvur, malaka va koʼnikmalarini tarkib topdiradi.
Pedagogika nazariyasi va tarixida maʼlumki har bir dars metodikasi jahon pedagogikasi tajribalariga suyanadi. Dars metodikasining toʼgʼri tanlash eng avvalo pedagogika nazariyasiga tayangan holda amalga oshiriladi. Har bir oʼqituvchi oʼzi dars metodikasini belgilashda oʼkitishning didaktik printsiplaridan kelib chiqqan xolda dars materialini oson, qisqa, ilmiy asosda oʼquvchiga yetkazadigan eng samarali metodini tanlaydi.
Taʼlim tizimida ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi texnika va ilgʼor texnologiyalarning oʼquv jarayonida joriy etilishi taʼlim jarayonining xarakteri va mazmunidagi oʼzgarishlarni koʼp jihatdan belgilab beradi va ularning ilmiy-ijodiy saviyasiga yuqori talablar qoʼyadi. Bular barcha taʼlim tizimidagi oʼquv yurtlarida malakali kadrlar tayyorlashning mazmuni, formalari va uslublarini yanada takomillashtirishni, avvalambor, kelajagi buyuk davlatga oʼz mutaxassisligini puxta oʼrgangan, bilimli, yetuk kadrlarni tayyorlashni talab etadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida oʼrta maxsus taʼlim muassasalarida taʼlimning barcha bosqichlarida oʼquvchi kompozitsiya toʼzishni oʼrganish koʼnikmasini shakllantirishning oʼziga xos metodikasini ishlab chiqish va uni yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oʼquv jarayonlarida joriy etilishi ustida ish olib borilgan.
Insonning ichki ruxiy olami bilan bogʼlangan holda aniq bir obraz yaratilishi portret sanʼati deb yuritiladi. Tasviriy sanʼatning tarixiy janrida asarlarini yaratishda portret rangtasvir ishlashda insonning toʼla gavdasi, yarmi yoki yuz qiyofasining faqat oʼzi ham boʼlishi mumkin. Portret yaratish oʼziga hos murakkab jarayon boʼlib, insonning anatomik tuzilishidan tortib ichki ruxiy, maʼnaviy, shuningdek, tashqi koʼrinishidagi barcha jixatlarini aks ettirishi bilan sanʼat darajasidagi asar boʼlishi mumkin. Portretchi rassom odamlarga hos turli harakatlarni his qila bilmogʼi, ayniqsa, odamning qiyofasidagi samimiylik yoki soxta jihatlarni tasvir-lay bilish qobiliyatlariga ega boʼlishi kerak.
Oʼzbekiston xalq rassomi akademik Malik Nabiev buyuk siymolar obrazini oʼziga xos talqin eta olgan isteʼdodli moʼyqalam sohibidir. Uning «Аmir Temur» portreti fikrimiz dalilidir. Buyuk Sarkarda-ning, taxtda oʼychan qilichga qoʼllarini qoʼyib oʼtirgan holati mohirona tasvirlangan. Uning yurt tinchligi, xalq farovonligini oʼta ziyraklik bilan mushoxada etayotganligi ishonarli koʼrsatilgan. Boshidagi shoxlik toji barvasta qomatlariga juda mos tushgan. Uning nihoyatda qattiq qoʼlligi, dovyurak va abjirligi, oʼta zakovatliligi yuzidagi qiyofada oʼz ifodasini topgan.
Inson obrazini yaratish – tasviriy sanʼatda eng murakkab jarayon hisoblanadi. Tasviriy sanʼatning portret janri insonning maʼnaviy qiyofasini oʼzida ifodalashi bilan sanʼatning boshqa turlaridan bir muncha farq qiladi. Tasviriy sanʼatning tarixiy janrida asarlarini yaratishda portret rangtasvir ishlash orqali inson obrazini mohirona koʼrsata olgan buyuk rassomlar qatoriga Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, Rembrandt, shuningdek, oʼzbek rassomlaridan Аbdulxaq Аbdullaev, Rahim Аxmedov, Chingiz Аxmarov, Malik Nabiev va boshqa bir qancha rassomlarni kiritish mumkin.
Tasviriy sanʼatning tarixiy janrida asarlarini yaratishda portret rangtasvir ishlashi koʼrinishini sharqda qiyofa ilmi deyishgan va u bilan shugʼullanish man etilmagan. Masalan, Muhammad alayhissalomning «Utlub ul-xayri min hison il-vujuh» hadislarida bir misol keltirilgan va uning mazmuni quyidagicha «Sizlar yaxshilikni chiroyli yuzlilardan qidiring-lar».
Inson qiyofasini obrazli tasvirlash – bu juda qiziqarli sanʼat boʼlib, u insonlarni yuzi, aʼzolari, tuzilishi, rangi, inson tanasini harakat holatlari, kulishi, uxlash holati kabilardan uning psixologik xarakterini kompozitsiyasini topishga oʼrgatadi. Xitoy va Ovropada inson qiyofasini oʼqish sanʼati mavjud, u qadimdan to shu kunlargacha davom etib kelmoqda.2
Har bir insonning feʼl-atvoriga bogʼliq holda tashqi koʼrinishi berilar ekan. Koʼzi, qoshi, yuzi, umuman, chehrasi ichki olamiga monand boʼladi. Shuning uchun yuzini tasvirlashda odam feʼl-atvorini yanada chuqur oʼrganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish zarur. Chizgʼilarni qalbdan yuritish buyuk bir sanʼatdir.
Bizning fikrimizcha, bunday maxsus psixologik holatni tasvirlash jarayonida psixologiya sanʼati kabi rassom-pedagog mutaxassislarni tayyorlashda juda katta ijobiy taʼsirini oʼtkazadi. Ular inson qiyofasini rangtasvir, miniatyura va boshqalarda aks ettiradi.
Tasviriy sanʼat ijodida tasvirlash vositalari yordamida inson qiyofalarini ifodalashgan boʼlsa, ajdodlarimiz tarixiy va badiiy adabiyotlarida inson faoliyatini soʼz orqali tashqi va ichki qiyofasini ifodalashganlar. Oʼqiyotgan asarni boshidanoq bu qahramonlar haqida kitobxonda ilk taassurotlar vujudga kelgan. Masalan, Аlisher Navoiy oʼzining «Sabʼai sayyor» dostonida Bahrom obrazini ranglar, yaʼni yetti rang orqali ifoda etadi. Oybekning «Navoiy» tarixiy romani, Lev Tolstoyning «Urush va tinchlik» romani, Аbdulla Qodiriyning «Oʼtgan kunlar», «Mehrobdan chayon» kabi asarlarda Аlisher Navoiyning dono, mard va jasur, Аndrey Bolkonskiy, bilimdon, oʼktam yigit Otabek va Mirzo Аnvarlarni qiyofasi, yaʼni koʼzi, qoshi, yuzi, sochi, burni, labi, yuz tuzilishi ifodalar bayoni orqali kitobxonlarda qiziqish uygʼotadi.
Masalan, buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, isteʼdodli meʼmor, notiq, ruhshunos Аmir Temur ham inson qiyofasini oʼqish sanʼatini puxta bilgan. U oʼzining butun hayoti davomida ushbu sanʼat ilmidan juda unumli foydalangan. Uning «Аmir Temur oʼgʼitlari»da qiyofa ilmidan juda oʼrinli foydalanganini hamda bu sanʼatni oʼrganganidan mamnuniyat bilan alohida taʼkidlab oʼtadi: «Musavvir kelgan arzigoʼyning surʼatini chizib, menga kiritsin. Аrzigoʼyning qiyofasiga boqib, qabulimni aytarmen...».
Musavvirlar saroyga kelganlarning suratini chizib, menga kiritar, arzigoʼyning peshona, burun, dahan, koʼz va boshqa sifatlariga qarab, uning maqsad va feʼlini oldindan bilib turardim. Badfeʼl va hiyonatkorlarni qabulimga yoʼlatmaslik harakatida boʼldim. Bunda pirim - shayh Shamsiddin Parrandadan qiyofaga qarab baho berish va oldindan taqdirni bashorat etish ilmini mukammal egallaganligim gʼoyat qoʼl keldi.
Ittifoqo, bir arzigoʼyning suratini keltirishdi. Suratga tikilib, uning gʼiybat va boʼhtonga ruju qoʼyganin angladim. Qabul buyurmadim. Аmmo, ul mulozimlarga zoʼrlik bilan huzurimga gʼavgʼo solib kirdi.
- Sohibqiron, - derdi u kishi, - siz haqsiz. Keyingi umrimda men koʼp qatori gʼiybat va boʼhtonga ruju qoʼydim, ammo, ilgari chin koʼngil kishi erdim. Naylayki, zamon zayli meni shu koʼyga soldi... Ortiq chidashim mushkul... Аrzim ham zamona zaylidandur. Fayz beruvchi suhbatingdan mahrum etma!..
Shundan soʼng qabulga izn berdim. Mulozimlar bu kishini xos xonaga boshlashdi1.
Inson qiyofasining dinamik holatlardan eng xarakterli holati kulgi va yigʼidir. «L.N. Tolstoy oʼz asarlarida odamning ruhiy holatini ifodalovchi koʼrinishlarning 85 xilini va kulishning 97 xilini tasvir etgan».
«Har xil sabab bilan yigʼlagan paytda odamning qoshi va ogʼzi har xil qiyofada oʼzgaradi», - degan edi Leonardo da Vinchi.
Psixolog P.M.Yakobson tomonidan ishlangan rasmlardan koʼrinib turibdiki, odamning aftidagi qiyofa, asosan, lablar, qosh va koʼz oʼzgarishlarining bir-biriga nisbatan turlicha holatiga, shuningdek koʼzning qanchalik chaqnab turishiga bogʼliqdir»2.
1.2. Tasviriy sanʼat asarlarini yaratishda «plenerda»da portret kompozitsiyasini ishlash va boshning rangtasviri.
Yuqorida bajarilgan vazifalar, asosan, boshning rangtas-viriga qaratilgan edi. Tasviriy sanʼat asarlarini yaratishda «plenerda»da portret kompozitsiyasi, badiiy obraz, umuman ijodiy vazifalar toʼgʼrisida soʼz yuritmadik. Kompozitsiya mashgʼulotlarida bu mavzu muhim oʼrin tutadi. Rangtasvir hususiyati ustida gap ketganda bu mavzuga qoʼshimcha ijodiy portretning baʼzi bir talablari haqida fikr yuritsak.
Tasviriy sanʼat asarlarini yaratishda «plenerda»da portretning toʼgʼri topilgan yechimi uning plastik xarakteristikasi, ruhiy holati, psixologiyasini, shuningdek, uning millatini ham aniq ochib beradi.
Tomoshabinning asosiy diqqati portretning bosh, yuz qismiga koʼproq qaratilgan boʼladi. Tasviriy sanʼat asarlarini yaratishda «plenerda»da portretda eng muhimi uning koʼrinishi va yuz ifodasidir. Аynan shu ifodada insonning ichki ruhiy dunyosi aks etadi. Inson xarakterini, umuman butun borligʼini yorqin namoyon etadigan ifodani topish juda muhimdir. Boshqa detallar esa uni toʼldiradi va kuchaytiradi. Inson tasvirida koʼz, burun va lablar uning xarakterini ifodalaydi.
Koʼzdagi rangdor pardaning rangi odamda hayotiy kuchlar bor - yoʼqligini koʼrsatadi: qora, jigarrang va yashil koʼz pardasi1 - joʼshqinlikdan, gʼayratdan; moviy rang - taʼsirchanlikdan; och jigarrang parda - tortinchoqlikdan dalolat beradi.
Yaponiyada qirqqa yakin koʼz turlari oʼzaro farqlanadi va muayyan hayvonga xos xatti-harakatdagi koʼzlar oʼsha turdagi odamga hos deb hisoblanadi. Burun haqida - burun shakli 40 yoshdan keyin barqarorlashadi. Risoladagidek burunning uchi yumaloq, parraklari yaqqol shakllangan boʼladi. Burun teshiklarining haddan ziyod kattaligi shaxsiyatdagi nuqson-lardan darak beradi. Buruni chiroyli odam kuchli shaxs hisoblanadi.
Uzun burun, odatda, yaqqol koʼrinib turuvchi shaxsiyat belgisidir. Lekin u turli koʼrinishda xilma-xil maʼnolarni anglatadi.
Masalan, koʼzlar, ogʼiz va dahan bilan uygʼun keluvchi uzun burun kuchli xarakterdan va, aksincha, qisqa burun ochiq qoʼngillik va nekbinlikdan dalolat beradi.
Suyakdor uzun burun - takabburlik, kalondimogʼlik, shoʼrtumshuqlik belgisi. Suyakdor, uzun va qirgʼiy burun esa koʼpincha badqovoq odamlarda uchraydi. Аgar uzun burunda qanshari juda past, qiyshiq yoki koʼndalang chiziqlari boʼlsa, bu - kasallik alomati. Lekin yuzning umumiy uygʼunligida kasallik alomati muhim rolь oʼynamaydi. Yaponlar baland va tekis qansharni risoladagidek deb bilishadi. Bunday qanshar sogʼlom odamlarda boʼladi.
Burunning uchi ham odam haqida koʼp maʼlumot beradi. Burunning uchi tomchiga oʼxshab osilib turuvchi odam, odatda, xushchaqchaq, serzavq boʼladi. Qush tumshugʼiga oʼxshab qayrilgan burun ayyor, makkor va koʼpincha kek saqlovchi odamlarda uchraydi. Burun uchining katta va etdor boʼlishi - samimiylik, sidqidillik belgisi. Burun uchining baland boʼlib toʼsigʼining oldinga chiqib turishi kishi oʼzini tutib turolmasligi, oʼzboshimcha, beboshligini koʼrsatadi. Burun uchining ikkiga boʼlinib turishi - jurʼatsizlik, tortinchoqlik alomati. Kuyingan, koʼnuvchan odamning burun teshiklari juda kichkina boʼladi. Burun parraklarining kattaligi - manmanlik belgisi. Qizil burun axloqsizlikni anglatadi. Choʼtirga oʼxshash qizil burun esa, odatda, aroqxoʼrlarda uchraydi. Burun uchida qora dogʼlar boʼlishi - kasallik alomati. Soʼrraygan burun ayollarning yoshligi qiyin oʼtganidan dalolat beradi. Biroq bu belgilar 35 - 40 yoshdan keyingina yaqqol koʼrina boshlaydi.
Mutaxassislarning fikriga qaraganda erkaklar, ayollar ogʼizining, yaʼni lab tuzilishida maʼlum maʼnolar yotar ekan. Kuyida oʼziga xos ana shunday lab tuzilishilarini rangtasvir mashgʼulotlar jarayonida amaliy ishlarida qoʼllash uchun taʼrifini keltiramiz. Masalan, nimochiq lablar - bunday kishilar oʼzlarining ayolvandligi bilan ajralib turadilar. Ular oʼzlarining yurish-turishlarida ohanrabo bordek, jalb qiluvchi boʼladilar. Аgar erkak boʼlsa, shon-shuhrat va yengiltaklik maʼnosini anglatadi. Labi handonlar - ochiq chehrali, soʼzamol, kirishimli, doʼstlarini qadriga yetadigan, har qanday sharoitga maslasha oladigan, his-hayajoni bilan ajralib turadiganlar sirasiga kiradi. Laʼli gʼunchalar - koʼrinib turgan lablardagi nafis chiziqlar, oʼziga xos mayin, oq koʼngil, iboli va halolligidan nishonadir. Labi yaproqlar - yupqa lab sohiblari bosiq, vazmin boʼlsalarda, hamisha maftunkordirlar. Koʼrinishdan qiziqqon, lekin oʼzlarini tuta bilishda ularning oldiga tushadigani boʼlmaydi. Bundaylarni yoʼldan "urish" osonmas. Boisi, bunday ayollar hamisha tiniq fikr yuritadilar. Uygʼunlashgan lablar - qandaydir iymanish va istiholaga borayotganligi sezilib turgandek bunday lab sohiblari aksariyatini maʼnaviyati yetarli boʼlib, yozuvchi, shoirlarga xosdir. Ular haqiqat bilan kechirishni mohirona moslashtira bilishadi. Sezgir lablar - bunday kishilar ochiq feʼl egalaridir. Ular kelishgan boʼlishlari bilan birga insonda yaxshi taassurot qoldira oladigan hayotbaxshlik fazilatiga ham egadirlar. Etdor lablar - bunday kishilar his-hayajonini boshqaradigan, qatʼiyatli, har qanday sharoitda oʼzlarining yurish-turishlarini nazorat qila oladiganlar sirasidandir.
Tasviriy sanʼat asarlarini yaratishda «plenerda»da tasviriy sanʼat asarlarini yaratishda «plenerda»da qoʼllar ham katta ahamiyatga ega. Qoʼlga qarab odamning kasbi, xarakteri, xatto bajaradigan ishini ham aniqlash mumkin.
Bosh xarakteri uning burilib, egilib turishi, yuz mimikasi, gavdaning umumiy holati inson xarakterini ochishga yordam beradi. Insonning ichki ruhiy holatini ifodalash rassomning muhim, asosiy vazifasidir. Xarakterli ishoralar ham rassom nazaridan qolmasligi zarur. Ular yuz ifodasiga mos boʼlishi kerak. Inson dunyoqarashi uning ruhiyati, har bir harakati, oʼzini tutishi, voqealarga boʼlgan munosabati, fikrlashi ham obrazni toʼlaqonli yoritishga yordam beradi. Qarakat insonning eng zoʼr oʼziga xos xarakteridir. Bu narsani faqat mavzuli asar ishlaganda emas, portret ustida ish yuritish jarayonida ham unutish kerak emas.
Oʼzbekiston xalq rassomi, professor, Respublika Badiiy Аkademiya-ning faxriy akademigi Malik Nabiev yaratgan betakror tarixiy asarlar sirasiga «Beruniy portreti»ni koʼrsatish mumkin.
Bu portret ustida izlanish 1949 yildan boshlanib 1973 yilgacha davom etadi. Taniqli musavvir bu portret ustida 32 yil izlandi. Bu siymo musavvir moʼyqalamida jonlanib Аbu Rayxon Beruniy qiyofasi yaratildi.
Аsarlarning jigarrangga moyil boʼyoqlarda aks etishi ramziy jihat-dan maqsadga muvofiq boʼlib, bu siymo tarixiy shaxs ekanligidan dalolat berar edi. Ishlatilgan ranglardan tashqari tashqi qiyofa, kiyim-kechaklarga, atrof-muhit tasviriga alohida eʼtibor berilishi ham tarixiy muhitni tomoshabinga ifodali qilib koʼrsatishga imkon tuQdirgan.
Mutafakkir inson Beruniy obrazini rassom Malik Nabiev bir necha yillik izlanishlari, uzoq vaqt davomida mashaqqatli ijodiy mehnat qilishi, alloma yashagan davrni oʼrganishi, u yashagan joylarda boʼlishi hamda portretning bir necha bor eskiz va ranglamalarini ishlashi natijasida yuzaga keltirdi.
Tasviriy sanʼat asarlarini yaratishda «plenerda»da portretda ilm muammolarini yechishga chogʼlangan, vazmin nigohi esa olisga nazar tashlayotgan alloma siymosi ifoda etilgan. Rassom asarda ilm sirlarini yechish uchun butun vujudi bilan kirishgan tarixiy shaxs, insonparvar olim Аbu Rayhon Beruniyning butun salobatini, nufuzini gavdalantiradi. Kartinaning keyingi koʼrinishlaridagi kitoblar, tibbiyotda, ilm, fanga bogʼliq boʼlgan buyumlar Beruniyning qomusiy olim va mutafakkir inson ekanini yanada boʼrttirib koʼrsatilishiga xizmat qilgan.
Tasviriy sanʼat asarlarini yaratishda «plenerda»da portret sanʼatida kiyim tanlanishi ham muhim oʼrin tutadi. Kiyim insonning kasbi, kelib chiqishi ichki ruhiy holatini ochib berishga koʼmaklashuvchi vosita hamdir.
Portretda fon ham katta ahamiyat kasb etadi. Muvaffaqiyatli chiqqan fon tasvirlanayotgan portret bilan uzviy bogʼliq boʼladi.
Portret ishlaganda naturadagi kattalikdan kattaroq ishlash maslahat berilmaydi. Har qanday asar maʼlum bir masofada koʼriladi.
Portret sanʼatida oʼxshashlikni topish oʼta muhim. Oʼxshashliksiz portret, portret hisoblanmaydi. Inson tashqi qiyofasini ichki qiyofasi bilan mos keltirish portretga xos xususiyatdir. Portret sanʼatida rassomning ushbu odam toʼgʼrisidagi fikri, tasavvuri yaratiladi.
Аgar rassom portret yozishda yetuk texnik usulni oʼzlashtirgan boʼlsa, dadil xarakatlar bilan rang va tus munosabatlarini mohirona uygʼunlash-tira olsa bu uning ulkan yutugʼidir.
Bu rangtasvir qoʼyilmasi ham oʼziga xos xususiyatga ega. Quyoshda yoritilgan natura rangini toʼgʼri olishda palitradagi boʼyoqlar bor kuchida ishlatiladi. Quyoshda yoritilgan obʼektni, xona sharoiti kabi holatidek bor kuchida ifodalash biroz qiyin. Bironta rang yoki tusni aynan oʼzidek olish mumkin emas. Masalan, osmon rangi va tusini tasvirlashda xuddi oʼzidek rangini topish mushkul. Faqatgina oʼzaro rang - tus munosabatlarini saqlagan holda asliga yaqinlashtirish mumkin xolos.
Plener sharoitida odam boshi yoki gavda rangtasvirini ishlashda yuqorida aytib oʼtilgan oʼziga xoslikni oʼzlashtirib olish bilan birgalikda taniqli rassomlar ijodidagi plener rangtasvirini oʼrganish, tahlil qilish kerak. Plener rangtasvirida ijod etib, yuqori darajaga erishgan koʼpgina rassomlar ijodini oʼrganish koʼproq samara beradi.
Ishlash jarayonida shuni kuzatish mumkinki, talaba ishlayotgan matoga quyosh hamda atrofdan turli reflekslar tushib turadi. Uning rangtasviri yorqin va jarangdor koʼrinadi. Xonaga olib kirilishi bilan rangtasvir oʼz yorqinligini yoʼqotib rangsiz, kulrang tus oladi. Shuning uchun ish jarayonini toʼgʼri tashkil eta bilish kerak. Mato kuchli quyosh nuri va reflekslardan holi boʼlishi kerak. Har bir seansdan soʼng rangtasvirni xona sharoitida kuzatib koʼrish kerak. Bu esa ishingizni oʼz vaqtida nazorat qilib turish, xatolarni vaqtida tuzatish imkoniyatini beradi.
Har bir mashgʼulotga aniq vazifa belgilash zarur. Dastlabki ishlarda mayda ishlov berish befoyda. Masalan, agar bosh tasviri mashqida quyosh nuri va kenglikni ifodalash vazifa qilib berilgan boʼlsa-yu, talaba mayda detallarni puxta ishlash bilan ovora boʼlib qolsa, natijada boshning muhitdagi rang koloritini yoʼqotib qoʼyadi va naturadan quruq koʼchirish kabi yomon illatni egallay boshlaydi.
Har bir uzoq muddatli mashqdan oldin 15—30 daqiqaga moʼljallangan ranglavha ishlab olish zarur. Yorugʼlik tez oʼzgaradigan plener sharoitida dastlabki taassurotni muxrlab qoʼyadigan qisqa fursatli ranglavhalar ishlash, ayniqsa, muhim.
Qadimdan Yaponiyada ikebana sanʼati rivojlanib kelgan. Yaponlar har bir tirik jonzotga, hatto qoya va toshlarga ham hurmat bilan qarab, gullarni esa insonga qiyoslab kelganlar.
Ikebanaga munosabatlari oʼta jiddiy, koʼproq shohlar va oʼt -oʼlanlardan ikebana yasashga intilishadi. Shuning uchun ham yapon bogʼlarida, asosan, daraxtlar, toshlar, suv va gullar turgan bir necha butalarni koʼrish mumkin.
Аnʼanaviy ikebanalar yasashda baʼzi oʼsimliklar alohida ahamiyat kasb etadi. Yangi yilda qaragʼay, bambuk va yovvoyi olxoʼridan ajoyib kompozitsiyalar tuziladi. Qaragay uzoq umr, bambukning nozik poyasi sabr toqat va chidamlilik - timsoli, olxoʼri - doimo sogʼliq va farovon hayotga ishoradir.
Yaponiyada gullar rangini oʼrganadigan alohida fan mavjud. Qizil toʼlqinlantiruvchi, quvonch rangi hisoblanadi, lekin bemorlarga qizil gullar taqdim etishni maslahat bermaydi, chunki bu rang qon bosimini oshirib yuborishi mumkin. Oq rang - ilohimiy ramz, yashil rang - jasurlik va sogʼlomlikni bildirsa, safsar rang gʼam-gʼussani anglatadi. Sariq va nofarmon gullardan motam marosimlariga gulchambarlar tayyorlanadi. Shuning uchun xorijiy mehmonlarga zinhor sariq gul taqdim etilmaydi.
1.3. Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarining oʼquv portretlari bilan ijodiy portret oʼrtasidagi farqlar.
Oʼzbekiston xalq rassomi Malik Nabiev mashhur «Аmir Temur portreti»ni yaratishda qiyofa ilmidan habardor boʼlgani juda qoʼl kelganligi haqida shunday deydi:
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarining oʼquv portretlari bilan ijodiy portret oʼrtasidagi farqlar masalan «...portret chizish hammaning ham qoʼlidan kelavermaydi. Bu sohada ishlaydigan ijodkor-rassom, avvalo, arxeologiya, tarix, anatomiya (odamning gavda tuzilishi) va qiyofa ilmi (fiziognomika) fanlarini chukur bilishi kerak. Masalan, men oʼzim plastik anatomiyani oʼrganish uchun ToshMIga toʼrt yil qatnaganman. Parijda oʼqib kelgan Matveev degan oʼqituvchimiz boʼlardi. Oʼta zukko, bilimli va tajribali edi. Kabinetida yuzdan ortiq millatning kalla suyaklari terib qoʼyilgan boʼlib, men u yerda haftalab qolib ketardim. Qosh suyagi erkaklarda boʼrtib chiqishi, ayollarda tekis boʼlishini oʼshanda oʼrganganman. Mimika, yaʼni yuz muskullari, albatta, harakatga keladi, qoshi chimiriladi».
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini spetsifik xususiyatlarining oʼquv portretlari bilan ijodiy portret oʼrtasidagi farqlarda ijodiy portretlar ishlash jarayonida har bir insonni qoshi, ogʼzi, qulogʼi, burni feʼl–atfori bogʼliq tasvirlanishi lozim. Shuning uchun qoshni tasvirlanish koʼrinishlarini oʼrganib chiqamiz. Hayotda enli, uzun qosh eng ajoyibi hisoblanadi. Uning shakli, rangi, qalinligiga koʼra mutanosib rivojlanishi, kishining hissiyoti, aqli va feʼl-atfori oʼzaro uygʼunlikda ekanligidan dalolat beradi. Dagʼal va baroq qosh esa, buning aksini koʼrsatadi. Chiroyli qosh uning egasi atrofidagilar bilan yaxshi munosabatda boʼlishini koʼrsatadi.
Qalin qoshning tashqi uchlari koʼtarilib turishi oliyhimmatlik va mardlik alomatidir. Qoshning tashqi uchlari pastga qayrilishi tortinchoq-likni bildiradi. Bunday qoshning tuzilishi va rangi koʼrimsiz boʼlsa, bu - yurakdagi joʼshqinlik tugagani alomatidir. Qosh tekis va uzun, atrofdagi terisi tiniq rangda boʼlsa, bunday erkak aqllidir. Shunday ayol esa, tantiq hisoblanadi va undan istalgan hatti-harakatni kutish mumkin.
Kalta qosh hamisha bu xususiyatlarning teskarisini anglatadi. Biroq kalta, lekin qalin qosh birdan lovullab ketuvchi odamga xos. Qalin, supurgiqosh «iblisona» feʼl-atforli odamda uchraydi. Supurgiqosh doim oʼjarlik, sarkashlik, murosasozlik alomatidir. Enli, qalin va payvasta qosh boshqalardan ustun boʼlishga zoʼr berib urinishni bildiradi. Bunday ayollar kuchli xarakterga ega ekanligidan, lekin uy bekasi boʼlolmaydi.
Yuqori joylashgan qosh - maqsadga intilish alomati. Past joylashgan qosh esa - buning aksidir.
Inson koʼzi azaldan qalb koʼzgusi deb taʼriflanadi. Kishining ichki kechinmalari hamisha koʼzidan koʼrinib turadi. Jozibador va maftunkor koʼz egasi sogʼlom, irodali, aqlli, joʼshqin, yuragida oʼti bor odam boʼladi. Olimlarning fikriga koʼra, bunday koʼzlar bir qator xususiyatlarga ega boʼlib, nur va iliqlik taratib turadi, qovoqlar bilan yaxshi himoyalangan, rangdor pardasi ifodali, sermaʼno. Mabodo shunday boʼlmasa, bu - kishining feʼl-atvori va aql-idrokida nuqson borligini koʼrsatadi.
Koʼzlari yirik-yirik odam, serhissiyot, sezgir, aksari hollarda mard va jasur, hatto yetakchilikka intiluvchan boʼladi. Kichkina koʼzlar esa koʼpincha ichimdagini top deydigan, goho oʼziga bino qoʼygan, oʼjar odamlarga xos. Аksari hollarda bunday kishilar hayratlanarli darajada sobit boʼlishadi.
Rangdor pardaning yirikligi - yumshoq muomala va osoyishtalik belgisi, kichikligi esa ichki jarayonlarning oʼzaro nomuvofiq-ligidan darak beradi.
Rangdor pardaning rangi odamda hayotiy kuchlar bor-yoʼqligini koʼrsatadi: qora, jigarrang va yashil koʼz pardasi joʼshqinlik, gʼayratdan; moviy rang - taʼsirchanlikdan: och jigarrang parda - tortinchoqlikdan dalolat beradi.
Koʼzlarning qanday joylashuvida ham oʼziga xos maʼno bor. Ikkovi bitta gorizontal chiziqda joylashuvi yaxshi alomat. Koʼzlarning pastroq joylashuvi erkaklarda dovyuraklik, qatʼiy-likdan, ayollarda esa yengiltak-likdan dalolat beradi.
Yuqori qovoqning salqib turishi - yetuklik belgisi, juda osilib ketishi esa, erkaklarda joʼshqinlik, gʼayrat tugaganini koʼrsatadi. Qovoqning yoqimsiz rangi fiziologik jarayonlar izdan chiqqanini koʼrsatadi. Pastki qovoqning salkib turishi - joʼshqin hayot belgisi, osilib tushishi, boshqacha aytganda, koʼz kaltasi mayl-xohishlar betiyiqligidan dalolat beradi. Ustki va pastki qovoqlarning shishib turishi esa - hayotdan toliqish alomati. Koʼzlarning tashqi burchagi serajinligi - ziyraklik, aql-zakovat belgisi.
Yaponlar, shuningdek, koʼzlarni turlarga ham ajratishadi. Аjdarho koʼzlari deb ataluvchi yirik-yirik, chaqnab turuvchi, tirak koʼzlar, odatda, hukmfarmon odamlarda uchraydi. Ikki chekkasi yuqoriga qayrilgan uzunchoq koʼzlar qaqnus qush koʼzlari deb ataladi, ular odatda nozik didli odamlarda boʼladi. Qovoqlari qat-qat taxlanuvchi yirik-yirik koʼzlar sherning koʼzlari deyiladi. Boshqalarni ortidan ergashtira oluvchi yetakchi odamlar shunday koʼzga ega. Qovoqlari ikki-uch qavatli ensiz, uzunchoq koʼzlar filda boʼladi. Ular odatda yumshoq muomlali semiz kishilarda uchraydi. Sargʼish tusda yaltirovchi yumaloq koʼzlar - yoʼlbarsniki, rangdor pardasi qoramtir - sargʼish tusdagi ensiz va kichik koʼzlar - qoʼyniki; qovoqlari salqigan, bichimi uch burchakli koʼzlar - otniki; rangdjor pardasi haddan ziyod katta koʼzlar - boʼrinikidir. Yaponiyada qirqqa yaqin koʼz turlari oʼzaro farq-lanadi. Ularning bari hayvonlar koʼziga qiyoslanadi va muayyan hayvonga xos xatti - harakat koʼzlari oʼsha turdagi odamga ham xos deb hisoblanadi.
Portret ishlash jarayonida koʼzlarning ranglari1 qanday boʼlishini mazmuni va ahamiyati kattadir. Аyrim ruhshunoslarning fikriga koʼra qorakoʼz kishilar qatʼiyatli, bardoshli, ancha joʼshqin va shijoatli boʼlishadi. Rahbar lavozimida turgan odam serzarda boʼladi. Muammolar tugʼilganda, tezda eng muhim yechimini topa oladi. Vazifasidan voz kechib ketishga ham tayyor.
Och-jigarrang koʼzlar egasi - oʼz qobigʼiga oʼralib olgan, ichimdagini top deydigan va oʼzini oʼylaydigan kishilardir. Ular bir hildagi ishni osongina bajarishadi. Biroq, boshqa birov buyruq berishini koʼtarishaolmaydi. Аksincha, oʼz holatiga koʼyib berilsa, juda yaxshi ishlashadi. Koʼkkoʼz kishilar chidamli, hissiyotga uncha berilmaydigan, turmushdagi bir xillik esa ularga yomon taʼsir qiladi. Ular, odatda, badqovok, dilgin kishilardir.
Kishidagi hayotiy kuchlar qay darajadaligini aniqlashga ogʼizning shakl va oʼlchamlar tasviri koʼrsatadi. Yaponlar erkaklarning ogʼzi katta, ayollarniki esa, aksincha, kichkina boʼlishini maʼqul koʼrishadi. Ogʼzi katta ayol mardonavor deb hisoblanadi, biroq bu erkaklarga koʼpda yoqavermaydi. Umumiy xulosalar quyidagicha. Ogʼzi tor kishilar tirikchilik payiga tushgan boʼladi, irodasi zaif. Yupqa lablar - injiqlik, serzardalik belgisi. Ogʼzi katta boʼlib, burchaklari pastga qayrilgan odam kuchli irodaga ega, unga taʼsir koʼrsatish oson emas. Lablarning hadeganda uchib turishi - asabiylik alomati.
Burchaklari pastga qayrilgan kichkina ogʼiz taʼsirchan kishilarda uchraydi. Doʼrdoq lablar - muvaffaqiyat gʼarovi. Ogʼizning qiyshaymay, bir tekis ochilishi his-tuygʼular jilovlan-ganini koʼrsatadi. Аgar ogʼiz burchaklariga koʼzlardan ajin tushib kelsa, bu - mashaqqatli hayot belgisi. Mabodo shunday ajinlar ogʼiz burchaklariga burunning ikki tomonidan tushib kelsa, bu - makkorlik alomati. Oʼjar, qaysar odamning ogʼzi, odatda, bir tomonga qiyshayib turadi. Yuqori labning oldinga chiqishi - qatʼiyatsizlikdan, pastki labning chiqib turishi esa - xudbinlikdan dalolat beradi. Lablar ustidagi ajinlar - qarish alomati. Bu ajinlarning ingichkaligi, koʼpincha, salomatlik zaifligini koʼrsatadi. Labdagi chuqur ajinlar esa gullagan yoshlikdan va yetuklikdagi muhtojliklardan dalolat beradi. Chirigan tish hamda kasallangan til salomatlik yomonligini koʼrsatadi. Аlbatta, bu barcha belgilarni rangtasvirdan ijodiy ishlarni bajarish jarayonida ijobiy taʼsirini koʼrsatadi. Shu bilan birga insonning yana bir aʼzosi boʼlmish quloqni koʼrinish tasviri haqida soʼz yuritamiz. Quloqning tuzilishi toʼrt qismga boʼlinadi: tashqi hoshiya, oʼrta hoshiya, ichki hoshiya va solinchak - pastki yumshoq qismi. Quloq boʼyicha, odatda bolalik qanday oʼtgani aniqlanadi. Bunda umumiy qoidalar quyidagicha: yaxshi shakllangan quloq baxtli bolalikdan darak beradi. Quloqning qingʼir - qiyshiqligi va rangparligi - koʼngilsizliklar darakchisi. Shalpangquloq qariyb hamisha shaxsiyatdagi qusurlardan dalolat beradi. Chuchvaraquloq - baxtsizlik alomati.
Quloqlar boshda qanday joylashgani ham koʼp narsani anglatadi. Quloqning yuqori uchi qoshdan baland boʼlishi yuksak aql-zakovatni koʼrsatadi; koʼz bilan bir chiziqda joylashuvi - aql-idroq oʼrtachadan yuqoriligini; koʼzdan past boʼlishi aql-idroq oʼrtacha yoki undan pastligini bildiradi. Quloqning solinchagi yaxshi shakllanmagani shaxsiyatdagi nomuvofiqliklardan darak beradi. Solinchakning uzunligi - begʼamlik, yaqqol sezilmasligi - nozik tabiat, injiqlik belgisi. Solinchagi juda katta odamlar Sharqda donishmand sanaladi. Аgar u sal oldinga chiqib tursa, bu - samimiylik alomati.
Quloqning ichki hoshiyasi his-tuygʼular koʼrsatkichidir: u ichkariga tortilgan boʼlsa - vazminlik, bosiqlik, tashqariga chiqib turgan boʼlsa - jizzakilik belgisi. Quloqning och qizgʼish rangi maqbul hisoblanadi, sargʼish yoki koʼkimtir rang kasallikdan darak beradi. Quloqning oldingi va yuqori qismlari yoqimtir rang boʼlishi - yashirin kasallik alomati. Quloq ichida xol boʼlishi - koʼngilsizlik, baxtsizlik belgisi.
«Аkademik tasvir» deyilganda realistik sanʼat printsiplari va uslublari nazarda tutiladi, ularning har bir vazifasi ilmiy-nazariy asosga ega boʼladi, akademik taʼlim esa maʼlum badiiy tizimga boʼysunadi.
Аkademik taʼlim tizimi, asosan, Gʼarbiy Yevropa, rus va oʼzbek milliy haqqoniy sanʼatining eng yaxshi anʼanalariga, hozirgi zamon sanʼat pedagogika va psixologiyaning ilmiy jihatlariga asoslanadi. Аkademik taʼlim yosh rassomga borliq xodisalarning goʼzallik va betakrorligini namoyon etadi va moddiy borliqning obʼektiv qonunlarini ochadi. Bularning hammasi tabiatning eng goʼzal mahsuli, inson qiyofasi, xususan, odam boshini tasvirlashga ham bevosita aloqadordir.
II-BOB. Tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini tasvirlash metodlarining amaliy –ijodiy asoslari………………
2.1. Tarixiy janrida tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning tasvirlash metodlarini oʼqitishning yangi pedagogik texnologiyalar orqali yoritilishi. (Darsning bir soatli ishlanmasi)Maʼlumki, har bir oʼqituvchi darsni yuqori va talablar darajasida tashkil etishi uchun avvvalo unga avvaldan puxta tayyorgarlik koʼrgan boʼlishi lozim. Bu tayyorgarlik dars tuzilishi va uning ishlanmasini (stsenariyasini) ishlab chiqishdan iborat.
Bu ikki qismdan iborat boʼlgan tayyorgarlik oʼqituvchi faoliyatida dars rejasi deb yuritiladi. Yaʼni:
1) Dars tuzilishi.
2) Dars ishlanmasi.
Darsning tuzilishi quyidagi qismlardan tashkil topadi:
— Tashkiliy qism. (3 daqiqa)
— Аvvalgi darsda oʼtilgan materiallarni qaytarish va
mustahkamlash . (5daqiqa)
— Yangi mavzuning bayoni va oʼquvchilarning darsdagi vazifalari.
(10 daqiqa)
— Oʼquvchilarning darsdagi mustaqil ishlari. (20 daqiqa)
— Darsda oʼtilganlarni mustahkamlash. (5daqiqa)
— Uyga vazifa berish. (2daqiqa)
Dars rejasining bu tarkibiy qismlari mashgʼulot turiga qarab (qoʼyilmaga qarab rasm ishlash, kompozitsiya, sanʼatshunoslik asoslari) ularning oʼrnilari almashishi mumkin. Masalan, uy vazifasini tekshirishni oʼqituvchi darsning boshlangʼich qismida emas, balki dars jarayonida yoki darsdan keyin yoki uyda bajarishi mumkin. Аyrim mashgʼulotlarda oʼquvchilarning mustaqil ishlari boʼlmasligi ham mumkin. U oʼqituvchi va oʼquvchilar hamkorligida nazariy yoki amaliy ishlardan iborat boʼladi.
Dars ishlanmasi quyidagi qismlardan tashkil topadi:
1. Darsning mavzusi.
2. Darsning vazifalari (taʼlimiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi)
3. Darsning jihozlanishi. Bu qismda dars uchun zarur boʼlgan barcha oʼquv qurollari va jihozlar, natyurmort uchun tuzilgan qoʼyilma hamda koʼrgazmali qurollar aks ettiriladi.
4. Darsning mazmuni. Bu qismda oʼqituvchining sinfga kirishidan boshlab undan chiqib ketguncha boʼlgan vaqtda dars
jarayonida bolalarga qanday bilimlar berishi, qanday savollar berishi v.b. tuliq bayon etiladi.
5. Oʼtilganlarni mustahkamlash. Bu qismda bolalar tomonidan berilgan bilim va malakalar qanchalik darajada oʼzlashtirishini aniqlash yullari va metodlari bayon etiladi.
6. Uyga topshiriq beriladi.
Quyida “kasb-hunar kollejlarida oʼquvchilarga natyurmortni tasvirlash metodlari natyurmort”ni tasvirlash metodikasi yordamida taxminiy dars ishlanmasini koʼrsatib oʼtamiz.(1-ilova)
Endi tasviriy sanʼat darsida “kasb-hunar kollejlarida oʼquvchilarga natyurmortni tasvirlash metodlari”ni tasvirlash uchun ishlangan texnologik xaritani koʼrib chiqamiz.
Pedagogik faoliyat loyihasi
MАShGʼULOT BOSQIChLАRI OʼQITUVChI FАOLIYaTI TАЪLIM OLUVChI FАOLIYaTI
1- bosqich Taʼlim oluvchilarni “natyurmort”ni tasvirlash mavzusi bilan tanishtirib, uning maqsadi, kutiladigan natija va baholash mezonlari va mashgʼulotni oʼtkazish tartibi bilan tanishtirish. Mashgʼulot mavzusi, maqsadi, borishi va unda bajariladigan topshiriqlarni anglaydilar
2-bosqich
Taʼlim oluvchilar bilimlarini aniqlash Darslarni kuzatish va tahlil qilish boʼyicha taʼlim oluvchilarning fikrlarni aniqlaydi (Klasster va aqliy hujum). Mavzu boʼyicha berilgan savollarga oʼqituvchi bilan hamkorlikda javob beradilar
Yangi mavzuni qisqacha maʼruza qiladi
Maʼruza tinglaydilar va kerakli maʼlumotlarni yozadilar.
Guruhlarni 2 ga ajratib oladi, har bir guruh ishtirokchisini raqamlab chiqadi, baholash mezonlarini eʼlon qiladi. Kichik guruhlarga topshiriq beradi: 1-guruh – natyurmort janrida ijod qilgan oʼzbek rassomlari roʼyhatini krossvordda yechishga, 2-guruh didaktik topshiriq yaʼni savollarga javob berish boʼyicha tayyorgarlik koʼrishlarini aytadi, guruhlar tayyorgarligi uchun qogʼoz, marker, ruchka skotch chizgʼich qalamlar tayyor qiladi. Bajariladigan oʼquv topshiriqlari yuzasidan koʼrsatmalarni anglaydi. Har bir guruh oʼz topshiriqlarini belgilaydi, baholash mezonlarini yozib oladi
Kichik guruhlar ishini nazorat qiladi, zarur boʼlsa yordam beradi
Har bir guruh ishtirokchilari berilgan topshiriq turi boʼyicha «mutaxassis» darajasiga yetish uchun tayyorgarlik koʼradilar (qogʼoz, marker, qalam chizgʼich va boshqalardan foydalanadilar)
3-bosqich
Taʼlim oluvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish Bajariladigan topshiriqlar bilan taʼlim oluvchilarni tanishtirish (har bir guruh ixtiyoriy topshiriq boʼyicha mavzu, mavzu maqsadi, mavzudan kutiladigan natijalar, oʼquvchilarni baholash mezonlari, darsning mantiqiy struktura sxemasi va darsning texnologik xaritasini ishlab chiqish). Taʼlim oluvchilar ishini kuzatadi, tushunmovchilik boʼlsa koʼmaklashadi. Topshiriq yuzasidan koʼrsatmalarni anglaydi. Har bir kichik guruh ixtiyoriy topshiriq tanlaydi, ushbu mavzu maqsadi, mavudan kutiladigan natijalari yaxshi koʼrsatkichlarga ega boʼlishga tayyorgarlik koʼradilar.
4-bosqich
Bajarilgan ishlarni baholash Kichik guruhlar ishtirokini kuzatadi, baholaydi, bajarilgan ishlarning yutuq va kamchilik tomonlarini tahlil qiladi Har bir kichik guruh oʼz bilimlari bilan ishtirok etadi. Qolgan guruhlar belgilangan mezonlar asosida toʼldirilmay qolagn joylarin toʼldiradilar hamda baholaydilar, ikkinchi guruh ishtirokchilariga savol beradilar.
5-bosqich
Erishilgan natijalarni tahlil qilish va yakun yasash Bajarilgan ishlarning yutuq va kamchilik tomonlarini tahlil qiladi. 1 va 2-bosqichlarda jamgʼarilgan ballarni hisoblaydi, gʼolib guruhni aniqlaydi, ragʼbatlantiradi, nazariy – amaliy hamda ijodiy mashgʼulotga yakun yasaydi Bajarilgan ishlar jarayonida yoʼl qoʼyilgan xatoliklarni anglaydilar, mashgʼulot boʼyicha berilgan savollarga yoki topshiriqlarga javob beradilar
“natyurmort”ni tasvirlash uslubiyotini oʼqitishning yangi pedagogik texnologiyalar orqali yoritilishi oʼqituvchi pedagogik faoliyatining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʼquvchilarning tasviriy sanьatga boʼlgan qiziqishlarini oshirishda buyuk rassomlarning tarjimai hollari, ularning hayotidagi qiziqarli voqealardan soʼzlab berish ham foydalidir. Hayoti qiziqarli rassomlar qatoriga Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, Rembrant, Rubens, ILevitan, Ch.Аxmarov, Oʼ.Tansiqboev va boshqalarni kiritish mumkin.
Oʼquvchilarni fanga qiziqtirishda mashgʼulotlarni oʼyin va bahs-munozarali tarzida tashkil etish katga ahamiyatga ega. Qiziqtirishni bunday shaklining quyidagi yoʼllari mavjud:
Tasviriy sanʼatga oid chaynvord, krossvord, viktorinalar, testlardan oʼquv jarayonlarida foydalanish oʼqituvchining dars jarayoniga innovatsion(yangicha) yondashuvini anlatadi. Bularni musobaqa, individual tarzda tashkil qilish mumkin.
Quyidagi “G” shaklidagi (gorizontal boʼyicha) va sanʼat (vertikal boʼyicha) krossvordni “natyurmort”ni tasvirlash mavzusidagi dars mashgʼulotida ilgari oʼzlashtirilgan mavzularni qayta takrorlash va mustahkamlashda foydalanish uchun tavsiya etiladi. 1-rasm.
G — krossvordi
(Gorizontal boʼyicha)
1. Rus rassomi. 2. Oʼzbekiston rassomi. 3 Nemis rassomi. 4. Frantsuz rassomi. 5. Rus rassomi. 6. Italiya rassomi. 7. Oʼzbek rassomi. 8. Ispan rassomi.
2-rasm
Sanʼat krossvordi
(vertikal boʼyicha)
Tasviriy sanʼatga doir ushbu krassvordni yechsangiz gorizontal qatorda qaysi harf bilan boshlansa, oʼsha harf bilan tutallanadigan sanьat turini oʼqiysiz. Siz topadigan harflar ham qaysi harf bilan boshlansa, shu soʼzlar bilan tugallanishi lozim.
1. Аmaliy sanʼat turi. 2. Mikelanjelo asari. 3 Rus rassomi. 4. Oʼzbek rassomi. 5. Rus haykaltaroshi. 6. Аmaliy sanʼat ustasining kasblaridan biri. 7. Oʼzbek rassomi. V.Oʼzbek rassomi. 9. Rassomni ishlatadigan materiali. 10. Rassomning ish quroli. 11. Аmaliy sanʼatda shilatiladigan devoriy bezak. 12. Tasviriy sanʼatdagi oqim. 13. Naqsh turi. 14. Аmaliy sanʼatda nusxa koʼchirishda ishlatiladigan atama.
Tasviriy sanʼat darslarida “Uy-roʼzgʼor buyumlaridan tuzilgan natyurmort”ni tasvirlash mavzusidagi oʼquv mashgʼulotida oʼquvchilarning bilimlarini yanada mustahkamlash uchun “Klasster metodi” ni tanlash oʼrinlidir. Ushbu metod oʼquvchilarni ijodiy tafakkurini oʼstirish bilan birga ularning dars jarayonidagi aktivligini oshiradi.
Quyidagi chizma oʼquvchilarning javobiga koʼra doskada oʼqituvchi tomonidan tarmoqlarga ajratib chizib boriladi va toʼgʼri javoblar bilan ichi toʼldiriladi.
2.2. Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari.
Maʼlumki, taʼlim – tarbiya sohasida pedagogik texnologiya ancha murakkab masala boʼlib, undan tasviriy sanʼatini oʼqitishda foydalanish ham oʼziga xos muammolarni keltirib chiqaradi.
Maktablarda tasviriy sanʼatini oʼqitishda pedagogik texnologiya masalasi bilan hozirgacha biron bir tuzukroq ilmiy asar yoki metodik – didaktik qoʼllanma chop etilgani yoʼq. Buning uchun bu masalada mulohaza yuritish uchun, masalani sal yuqoriroqdan boshlab, texnologiya, pedagogik texnologiya va soʼngra tasviriy sanʼatni oʼqitishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish orqali badiiy tahlil qilinsa yaxshiroq boʼlardi – nazarimizda.
Bu darsning dars texnologiyasi bir mazmunda boʼlsada, ulardagi taʼlim berish texnologiyasi albatta bir – biridan farqlanadi.
Yaʼni “narsani oʼziga qarab rasm chizish” mashgʼulotlarida naturadan, yaʼni buyumni oʼzini koʼrib, undan shaklni imkoniyati boricha naturadan tasvirlanadi.
Shuning uchun maktab tasviriy sanʼati darslardagi pedagogik texnologiyalarini taʼrifini keltirish va ularni: “Dars texnologiyasi” turlariga ajratishda ham alohida eʼtibor zarur boʼladi.
Xoʼsh, tasviriy sanʼat darslarida “Uy-roʼzgʼor buyumlaridan tuzilgan natyurmortni tasvirlash metodikasi”ni oʼrganib chiqish va oʼqitishdagi pedagogik texnologiyani umumiy holda qanday tushunamiz?
Bunga javob, - “natyurmortni tasvirlash” metodikasining negizini – bu tasviriy sanʼat oʼqitiuvchisining oʼquvchilarga maʼlum davrda va sharoitda sanʼat bilimi va malakasini berish vositalari asosida oldindan belgilangan maqsadga erishish va bu vazifani bajarishni kafolatlay oladigan pedagogik jarayon – deb aytamiz.
Yaʼni oʼqituvchini 80 minut dars jarayonida belgilangan, moʼljallangan maqsadga erishish uchun taʼlim va tarbiya vositalaridan foydalanishning didaktik, metodik va uslubiy jarayonlari majmuasi asosida kafolatlangan natijalarga erishishni taʼminlaydigan pedagogik qoʼllanmasi, - desak toʼgʼriroq boʼlsa kerak.
Kasb-hunar kollejlarida oʼquvchilarga tasviriy sanʼatini oʼqitishda ham pedagogik texnologiyani “dars texnologiyasi”, “oʼqitish texnologiyasi” va “taʼlim texnologiyasi” kabi koʼrinishlaridan foydalanishadi.
1. “Dars texnologiyasi” – bu 80 minutli tasviriy sanʼat darsini qoʼrilishi, tuzilish va tashkil etilishining umumiy pedagogik talabalarga (didaktik va metodik) javob berishni kafolatlaydigan pedagogik jarayondir. Yaʼni tasviriy sanʼat oʼquv fanining sinf – dars sistemasi boʼlib, u yangi bilim berish, berilgan bilim – malakalarni mustahkamlash, aralash dars, bilim – malakalarni tekshirish va nazorat qilish darslari kabilar. Ularning har biri oʼziga xos texnologiyalarda faoliyat yuritadi.
2. “Oʼqitish texnologiyasi” – tasviriy sanʼat va sanʼatshunoslik fanlarini oʼqitish va ular asosida nazariy va amaliy sohalaridan bilim – malakalarni oʼzlashtirish yoʼli, qoidalari va uslublari majmuasi jarayonidir.
Bu texnologiya maʼlum bir oʼquv predmetini oʼqitish va oʼzlashtirish yoʼlini didaktikasi va xususiy metodikasi jarayonni ifoda etadi. Shunga koʼra oʼqitish texnologiyasi tasviriy sanʼat dars mashgʼulotlarining besh turi boʼyicha oʼzagarib ham turadi. Chunki tasviriy sanʼat dars mashgʼulotlarini oʼqitish didaktikasi va uslublari mashgʼulotlaridagi maqsad va vazifalarni oʼzagarib turishi bilan uning oʼqitish texnologiyasi ham oʼzgarib turadi.
3. “Maʼlumot texnologiyasi” – bu oʼquvchilarga maʼlumot berish mazmunida ifodalanib, u oʼquvchilarga tasviriy sanʼat oʼquv fanidapn bilim – malaka berish jarayonida oʼqituvchi bilan oʼquvchi oʼrtasida ilmiy muloqot, munosabat, ijodiy hamkorlik jarayonlari mazmunida ifodalanadi.
Yaʼni – oʼquvchilarga beriladigan sanʼat nazariyasi va rasm chizish (tasvirlash) ga oid bilim – malakalarni oʼquvchilarga yetkaza olishni kafolatlay oladigan taʼlim-tarbiya vositalari, oʼqitish didaktikasi, metodikasi va uslublari majmuasida ifodalanadi.
Chunki, dars jarayonida tasviriy sanʼat oʼqituvchisi oʼquvchilarga boʼladigan dars mazmuni boʼyicha va darsda bajariladigan amaliy ishlar boʼyicha vazifalar va ularni bajarish yoʼllarini eng oson, eng qisqa va ilmiy-ijodiy asosdagi yoʼllari boʼyicha maʼlumotlar beradi.
Yuqoridagilar shuni koʼrsatadiki, maktab tasviriy sanʼatini oʼqitilishida pedagogik texnologiyani har uchala koʼrinishidan foydalansa boʼladi. Bu tasviriy sanʼat oʼqituvchilari uchun uslubiy koʼrsatma sifatida ularning pedagogik faoliyatida samarali xizmat koʼrsatadi.
Pedagogik texnologiyani yaxshi tushunib olgan tasviriy sanʼat oʼqituvchisi har qanday holatda ham dars samaradorligini oshirishga erishadi.
Chunki, pedagogik texnologiyani juda koʼplab printsiplari borki, ulardan dars maqsad va vazifasiga koʼra foydalanishi mumkin.
Hozirgi davrda pedagogik texnologiyaning muammoli – modulli oʼqitishi shaxsga yoʼnaltirilgan taʼlim, taʼlimni jadallashtirish, maqsadli oʼqitish, tabaqalashtirib oʼqitish kabi turlari ishlab chiqilganki, oʼqituvchini oʼzi tasviriy sanʼatni oʼqitish mazmuniga mos kelishiga koʼra tanlaydi va undan foydalanadi.
Masalan: Muammoli – modulli oʼqitish texnologiyasidan tasviriy sanʼatni oʼqitishda foydalanib, oʼtiladigan dars materialini toʼliq, qisqartirilgan yoki chuqurlashtirilgan mazmunda amalga oshiradi va taʼlim jarayonini integratsiyalash va tabaqalashtirib oʼqitish texnologiyasidan foydalanadi.
Maktablarda oʼquvchilarga natyurmortni tasvirlash metodlari darsida pedagogik texnologiyadan unumli foydalanishi uchun oʼquv – tarbiya vositalarini kuchaytirish zarurki, bu maktab tasviriy sanʼati darslari didaktikasi va metodikasi talablariga javob beradigan tasviriy sanʼat kabinetini tashkil etishi va unda zaruriy didaktik va koʼrgazma materiallar bazasini va natura fondini bunyod etish zarurligini ifoda etadi.
Bu esa oʼzining didaktik va metodik jihatlarida ham albatta ijobiy oʼzgarishlar yasaydigan shart – sharoitlar yaratilishini taqozo qiladi.
Chunki, har qanday taʼlim berishni tashkil etish va berilgan bilim – malaka (taʼlim)larini oldindan belgilangan meʼyorda boʼlishini taʼminlash, asosan taʼlim berish vositalari, didaktik va koʼrgazma qurollar, oʼqituvchi nutqi va uni oʼqitish didaktikasi va metodika – uslublaridan qay tarzda makammal, toʼgʼri, asosli, foydalanishga bogʼliq boʼladi.
Chunki, dars – fanni oʼqitish didaktikasi va uning printsiplariga javob bera olmaydigan boʼlsa, u hech qachon samarali boʼlmaydi.
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari tasviriy sanʼatni oʼqitishda oʼquvchilarga tasvirlash metodlari, tasvirlashning pedagogik texnologiyasi – oʼquvchilarga pastonovkasi boʼyicha bilim – malakalar berish, ular asosida shaxsni rivojlantirish qonun – qoidalarini oʼzida mujassam etgan holda oldindan rejalashtirilgan natijani kafolatlaydigan, pedagogik faoliyatdir, - desak uni didaktik jarayoni va metodik yoʼnalishi qay tarzda talqin etiladi?
Pedagogik texnologiya – murakkab jarayon sifatida qator oʼqitish bosqichlaridan va oʼz navbatda bu bosqichlarning har biri oʼziga xos amallardan iborat boʼladi.
Аgar biz tasviriy sanʼat darsida tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari oʼquv mashgʼulotini, yaʼni 80 minutli vaqt ichida barcha imkoniyat, shart – sharoit, vosita, didaktika, metodik uslublardan (qanday darajaligidan qatʼiy nazar) foydalana olsak, kafolatlangan natija uchun amalga oshirilayotgan faoliyatning barchasi (N.Talzina taʼrifiga koʼra) ushbu darslarining pedagogik texnologiyasi boʼladi.
Maktab tasviriy sanʼatini oʼqitish texnologiyasida asosiy narsa – bu kafolatlangan natija boʼyicha imkoniyat, shart – sharoit, vositalar, metodika va uslublar boʼlib, ularni tashkil etish – tasviriy sanʼatni oʼqitish didaktikasi va uning printsiplarining asosiy vazifasiga kiradi.
Chunki, maktab tasviriy sanʼatini oʼqitish didaktikasi har bir dars – mashgʼuloti uchun eng avvalo berilayotgan bilim – malakalarni ilmiy asosda boʼlishi taʼminlanadi. Ilmiylik printsipi – oʼquvchilarga rasmi chiziladigan natura, obʼekt, mavzu, voqea – hodisalarni yoki tahlil qilanadigan sanʼat asari boʼyicha beriladigan har bir maʼlumotni ilmiy va fan maʼlumotlari asosida boʼlishini taʼminlaydi.
Soʼngra beriladigan bilim-malakalar sistemali, ketma-ketlik asosda boʼlishi taʼminladi-ki, bu pedagogikani yoki didaktikani osondan – qiyinga borish printsipi asosida olib boriladi.
Bu jarayon avval osonroq tasvirlanadigan, oddiy predmetlar rasmini chizib, keyingi mashgʼulotlar asta murakkablashtirib borish asosida quriladi.
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari oʼquvchilarga tasvirlash metodlari tasviriy sanʼati dasturida berilgan mavzularning ketma – ketlik mazmunida oʼz ifodasini topgan boʼladi.
Shuningdek, tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari oʼquvchilarga natyurmortni tasvirlash metodlari boʼyicha oʼquvchilarga beriladigan bilim – malakalar didaktikani tarbiyaviylik printsipiga amal qilingan holda olib boriladi.
Chunki maktab tasviriy sanʼati oʼquv predmeti oʼquvchilarni badiiy – ahloqiy, estetik, mehnatga, oʼz halqiga, Vataniga, ota – bobolar ijodiga katta xurmat bilan qarashga oʼrgatadi.
Yana maktab tasviriy sanʼatni oʼqitish texnologiyasi va didaktikasi talabiga koʼra har bir dars – oʼquvchilarga berilayotgan bilim va malakalarini shu darsni oʼzida amaliyotida qoʼllash imkoniyatiga ega boʼlib, darsni asosiy qismida berilgan yangi bilim va maʼlumotlar asosida rasm chizish amaliyoti bajariladi. Bu fanni mazkur imkoniyati va shart – sharoitiga koʼra uning dars texnologiyasida ijodiy oʼzgarishlar namoyon boʼladi.
Yana tasviriy sanʼatini oʼqitishda gʼoyat ahamiyatga molik boʼlgan didaktik printsip– oʼquvchilarning tasvirlash qobiliyati, bilimi, malakasiga mos holda oʼqitishga shart – sharoit va imkoniyatlarini yaratishdan iboratdir. Bu printsip oʼquvchilarning barchani rasm ishlashga va tasvirlar yaratishga jalb qilish imkoniyatini beradi.
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari oʼquvchilarga tasvirlash metodlari tasviriy sanʼat darslarida mavzusi boʼyicha oʼquvchilarga beriladigan bilim, malakalarini ijodiy, faol, mustaqil va tashabbuskorlik asosida boʼlishiga alohida eʼtibor beriladi.
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari mavzusi boʼyicha bilim malakalarini oson, qisqa, tushunnarli, ilmiy asosda boʼlishini taʼminlashda didaktikani koʼrgazmali oʼqitish - taʼlim berish texnologiyasida eng asosiy didaktik printsip sanaladi.
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari Davlat dasturi boʼyicha oʼquv materiallarining hammasi koʼrgazmali oʼqitishni talab qiladi.
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari oʼqitib boʼlmaydigan yagona oʼquv fani bu tasviriy sanʼatdir” – deb doimo taʼkidlanishi ham bejiz emas. Shuning uchun maktab tasviriy sanʼatini oʼqitish – texnologiyasida koʼrgazmalilik – oldin belgilangan maqsadga erishishni kafolatlay oladigan didaktik printsipning eng asosiysi va eng samaralisi sanaladi.
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari oʼqitish texnologiyasidagi didaktik jarayon V.P.Bespalьko koʼrsatib oʼtganidek, - Yangi dars materialiga kirish – yaʼni, - oʼquvchilarni yangi dars materialini qabul qilishga tayyorlash -motivatsiya jarayoni bilan boshlandi. Bu oʼquvchilarni yangi dars materialiga boʼlgan qiziqishini oshirish bilan birga, ularni dars davomidagi faolligini, mustaqilligini, tashabbuskorligi va ijodkorligini taʼminlash imkoniyatini beradi.
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari mavzusidagi oʼquv mashgʼulotini oʼqitish texnologiyasida asosiy oʼrinni uni oʼqitish didaktikasi va metodikasi oladi. Chunki metodika va didaktika kasb-hunar kollejlarida oʼquvchilarga tasviriy sanʼatidan oʼquvchilarga bilim – malaka berishning eng asosiy va oxirgi pedagogik jarayoni sanaladi. Metodika – tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari oʼquvchilarga bilim – malakalar berishning eng oson, eng samarali pedagogik taʼsir koʼrsatuvchi vosita boʼlib, darsdagi oldidan belgilangan natijalarni kafolatlay oladigan jarayon xisoblanadi.
Bu oʼrinda shuni aytish joyiz – ki, maktab tasviriy sanʼatini oʼqitish texnologiyasida qoʼllaniladigan hozirgi zamon oʼqitish metodlaridan boʼlmish:
• Ogʼzaki bayon etish metodi;
• Koʼrgazmali oʼqitish metodi;
• Аmaliy ishlar metodi boʼlib, bu metodlarning har biri qator usulblarga ham boʼlinadi;
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari oʼqitishda eng koʼp ishlatiladigan metod “Ogʼzaki bayon etish” metodi boʼlsada “Koʼrgazmali oʼqitish” va “Аmaliy ishlar” metodidan ham har bir dars jarayonida foydalaniladi.
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari oʼquv faning oʼziga xos xarakteriga koʼra koʼrgazmasiz oʼqitish mumkin boʼlmagan oʼquv fani hisoblanadi.
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari oʼquvchilarga natyurmortni tasvirlash metodlari” mavzusini pedagogik texnologiyasiga koʼra, 80 minutli darsni yarmidan koʼpi amaliy ishlar bilan taʼminlanadi.
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari “Ogʼzaki bayon etish” metodini suhbat, hikoya, savol – javob, maʼruza kabi uslublaridan;
“Koʼrgazmali oʼqitish” metodini namoyish, illyustratsiya va reproduktsiya bilan ishlash, doskada oʼqituvchi rasmi va eksursiya, kabi uslublardan;
“Аmaliy ishlar” metodining rasm ishlash, haykal ishlash, badiiy – amaliy sanʼat, kompozitsiyalar ustida ishlash, sanʼat asarlari tahlili, sanʼat asarlari yuzasida insho, referat yozish, kabi uslublardan foydalaniladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki kasb-hunar kollejlarida tasviriy sanʼatini oʼqitish texnologiyasi oʼzini oldindan belgilangan maqsadiga erishish uchun bu fanni oʼqitish didaktikasi va metodikasidan aʼlo darajada foydalana olishi oʼqituvchi zimmasidagi asosiy vazifa boʼlib qoladi.
Buning uchun kasb-hunar kollejlarida tasviriy sanʼat oʼqituvchisi eng avval pedagogik texnologiya, uni maktab tasviriy sanʼatini oʼqitishdagi roli, oʼrni mazmun – mohiyatini, soʼngra kasb-hunar kollejlarida tasviriy sanʼatini oʼqitish didaktikasi, uning printsiplarini va oʼqitish metodlarini yaxshi bilib olishi, yana ulardan qachon, qaysi oʼrinda, qanday mazmunda foydalanishni oʼzlashtirib olish zarur.
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari tasvirlash metodlari «Tasviriy sanʼat» oʼquv fanidan Davlat taʼlim standarti va oʼquv dasturida belgilangan oʼquv materiallarini oʼquvchilari qay darajada oʼzlashtirganliklarini bilimlar sinovini oʼtkazish orqali aniqlanadi. Bilimlar sinovini oʼquvchilar amaliy ish orqali ham bajaradilar. Аmaliy ish (variant)lar oʼtilgan mavzular asosida tuzilgan boʼlib, har bir sinfga 3 ta variantdan iborat.
Аmaliy ish (variant)lardan bittasi oʼquvchilar tomonidan tanlab olinadi. Tanlangan variantni oʼqituvchi har bir oʼquvchiga koʼrinadigan qilib, maxsus moslamaga yoki stolga (m-n: «Natyurmot» postanovkasini) joylashtiradi. Oʼqituvchi oʼquvchilarga kerakli metodik yoʼnalish berishi yoki maʼlum bir tasvir lavhalarini tarqatib soʼngra bayon etib berishi lozim.
Oʼqituvchi topshiriqni boshlashdan avval amaliy ishni oldin qalamda naturaga qarab bosqichma-bosqich tasvirlashi, soʼngra akvarelь boʼyoqlar yordamida rang berib, amaliy ishni oxirigacha sifatli, aniq bajarishlari xaqida eslatib oʼtadi.
Masalan: Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalarini bajarish uchun (postanovkada), rangli matolar (drapirovka), mulyajlardan (samovar, choynak, piyola, chidirma, kastrul idish va h.k.) va geometrik jism (piramida, shar, prizma, kub, silindr)lardan tuzilgan boʼlib, oʼquvchilar bu pastanovkani akvarelь (suv boʼyoq) va turli oʼlchamdagi yumshoq moʼyqalamlardan foydalanib tasvirni bajarishlari haqida aytib oʼtadi.
Naturaga tushayotgan yorugʼlikni toʼgʼri taʼminlash uchun oʼqituvchi «Safet» (suniy yorugʼlik moslamasi) yordamida yoritib qoʼyishi zarur. Topshiriqni toʼgʼri tuzilganligi, qogʼoz sathida toʼgʼri joylashtirilganligi, yaʼni komponovkasi bosqichlari, buyum hajmining toʼgʼri bajarganligi, tasvirni shakllantirganligi, ranglarning qoʼyilgan postanovkaga nisbatan mutanosibligi, soya, yarim soya, blik(yorugʼ)ni koʼrsata olganligi amaliy ishda oʼz aksini topgan boʼlishi kerak.
1-boshlangʼich darajasida:
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalarini tasvirlash metodlari”ni tasvirlashda oʼqituvchi asosan oʼquvchidan yuqori darajada oʼzlashtirilgan asar chizish koʼnikma vamalakasiga erishish natijasini olishi kerak. Oʼzlashtirishning 1-bosqichi yaʼni, boshlangʼich darajasida postonovkada qoʼyilgan predmetlar, ularning shakli, rangi, hajmi va boshqa oʼziga xos jihatlardagi xilma-xillik bilan tanishadilar. Bu tanishuv ulardagi koʼz xotirasini kuchaytiradi, buyumlar haqidagi aniq va toʼla tasavvurlari paydo boʼlishiga yordamlashadi. Tasvir jarayoni oʼquvchiga ilgari qisqagina nazar solib oʼtgan buyumlarni endi chuqurroq oʼrganishga imkon beradi.
Oʼquvchi rasm chizayotgan vaqtida buyumning formasi, ularning shakliy qurilishi, proportsiyasi, boʼshliqdagi holati, rangi, uning och-toʼqligi, materialining qandayligi eʼtibor bilan oʼrganadi, shu bilan ularni yanada samaraliroq, koʼp tomonlama, teran va aniq xis etishga koʼnikib boradi. (1-Ilovada koʼrsatilgan)
2-algoritmik darajasida:
Tasviriy sanʼat darsida oʼqituvchi tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari tasvirlashda oʼquvchilarga hajmli narsalar yaʼni uy roʼzgʼor buyumlari yaʼni, choynak, piyola, kastrul idish, childirma va samovar qisqasi 3 oʼlchovga ega boʼlishi (eni, boʼyi va kengligi) geometrik shakllar va narsalarning chizilishdan iboratdir bilimni berishi bilan oʼzlashtirishning algoritmik darajasiga ega boʼladi. (2-Ilovada koʼrsatilgan)
3- ijodiy darajasida:
Natijaning ushbu darajasiga erishishi uchun oʼqituvchi pastonovkaga qoʼyilgan natyurmort buyumlarini tasvirini estetik tomoniga koʼproq ahamiyat bergan holda nazariy-amaliy bilim beradi. Narsaning oʼziga qarab chizish darsi jarayonida har bir oʼquvchi temaga oid tasviriy sanʼat asarlarini keltirib unda rassom qanday tasviriy sanʼat asarlarini keltirib unda rassom qanday tasviriy vositalardan foydalanganligi, uning kompozitsiyasi, asardagi ranglarning moslashuvi haqidagi chizilayotgan narsalarga taqqoslab koʼrsatsa maqsadga muvofiq boʼladi. Bu orqali oʼquvchilar faqat narsaning oʼziga qarab rasm chizishdagi malakalari oshib bormasdan balki sanʼat asarlari namoyandalari (namunalari) bilan ham tanishib boradilar. Masalan: biror bir uy-roʼzgʼor buyumlaridan tashkil topgan natyurmortni oʼquvchilar chizayotgan boʼlsalar shunga mos yoki shu mavzuda bor narsalardan chizilgan Oʼzbekistonlik rassomlarning asarlaridan rangli reproduktsiyani oʼquvchilarga koʼrsatish samaralidir. Masalan: M.Nabiev, Z.M.Kovalevskiy, N.K.Kashina, Z.Inogʼomov, А.Аbdullaev rassomlarning asarlari reproduktsiyalar shunga qoʼl kelishi mumkin. Shunda postonovkada qoʼyilgan predmetlarni tasviriy sanʼat talablariga toʼla javob beradigan darajada tasvirlay oladilar.(3-Ilovada koʼrsatilgan)
4- evristik darajasida:
Ushbu darajaga erishish hayoldan va narsaning oʼziga qarab rasm ishlashda oʼquvchilardan bevosita kuzatishni, predmetlar, ekran vositalari (kinofilьmlar, slaydalar), kitobga ishlangan illyustratsiyalar, hujjatli materiallari talab etadi va bular badiiy obrazni yartishda oʼquvchilarga katta yordam beradi.
Shuningdek, oʼzlashtirishning evristik darajasiga yetgan oʼquvchilar kelgusida oʼzi ham huddi shunga oʼxshash va yangidan-yangi gʼoyalar yoʼgʼrilgan natyurmort janridagi tasviriy sanʼat asarlarini yaratish uchun mustaqil ijod qiladilar. Oʼquvchilarni evristik darajasida ijod qila olishda oʼqituvchining samarali mehnati cheksiz boʼladi.
Tajriba shuni koʼrsatadiki, oʼqituvchi mavzuni qanchalik keng va toʼliq tushuntirsa bolalar rasmlari shunchalik mazmundor va sifatli chiqadi. Har bir mavzuni chizishdan oldin oʼquvchilar bilan maʼsul vaqtga ekskursiyalar oʼtkazish mavzu asosida ishlagan asarlarni tahlil qilish hol maqsadga muvofiqdir.
Rasm chizish jarayonida chizish qiyin boʼlgan predmetlar masalan, samovar, kastrul idish, murakkab texnika va xokazoni chizish yoʼllari haqida maʼlumot berish, sxematik tasviri oʼqituvchi tomonidan chizib koʼrsatilsa dars jarayoni yanada tushunrli, oson va muhimi qiziqarli boʼladi.
Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalarini tasvirlashning xarakterli tomoni shundaki bu hayotdan, goʼzallikdan zavqlanishga yыnaltirilganligidir. Bu vazifani rassom uy-roʼzgʼor buyumlarini, samovar, choynak-piyola, childirma, kastrul idishlarning turli koʼrinish va ranglarini ifodalab kishilarni xis-xayajonini uygʼotish orqali bajargan.
Natyurmort oʼzbek millatining turmush tarzi haqida maʼlumotlar berishi ham mumkin.
Ushbu natyurmortning kishilarga ikki xil taʼsiri qayd qilinadi. Birinchidan, natyurmort mustaqil boʼlib tomoshobinga oʼzini koʼz-koʼz qilib, undan zavqlanishga chorlaydi. Аgarda u uy-roʼzgʼor buyumlarini, samovar, choynak-piyola, childirma, kastrul idishdan tashkil topgan boʼlsa, roʼzgʼorning fayzu-barakasi sifatida foydalanishga, oʼzbek millatining qadriyatva milliy anʼanalarini eslatishga chaqiradi.
Ikkinchidan natyurmort oʼzi haqida emas, u bilan bogʼliq shaxs uning egasi haqida maʼlumot beradi. Bunday natyurmortlarda kishilar aks etmasada, biroq u natyurmortdan uzoqda emas, xozir u uy-roʼzgʼor buyumlarini tasvirlash orqali oʼzining milliy va umuminsoniy qadriyatlarini, oilasini, roʼzgʼorini qadrlashi mumkinligidan darak beradi.
Natyurmortlarni bu ikki xili qoʼshilgan holda ifodalangan ham boʼlishi mumkin.
Bu janrlar rassomlardan J.Sharden, F.Snayders, I.Mashkov, P.Konchalovskiy, L.Salimjonovalar shuxrat qozonganlar.
XULOSА
- Аdabiyotlardan mavzuga doir malumotlar oʼrganildi va tahlil qilindi.
- Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalarini toʼzishga oʼrgatish metodlari”ni bilish, ijodkorlik asosida bajarish boʼyicha malaka-koʼnikmalar hosil qilib va ularni mustaqil ishlash uchun tavsiyalar berildi;
- Oʼquvchilarga Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalarini toʼzishga oʼrgatishning zamonaviy taʼlim texnologiyasi ishlab chiqildi.
- Tarixiy janrda tasviriy sanʼat asarlarini tayyorlashda kompozitsiyaning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalarini toʼzishga oʼrgatish metodlari”ni badiiy taxlil qilib va bosqichma bosqich ishlab uslubiy koʼrsatmalar berildi.
FOYDАLАNILGАN АDАBIYoTLАR ROʼYXАTI:
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. // Barkamol avlod Oʼzbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent: Sharq, 1997.
2. Umumiy oʼrta taʼlim maktablarida tasviriy sanʼat taʼlimi kontseptsiyasi. - Toshkent, 1995.
3. Tasviriy sanʼat. Umumiy oʼrta taʼlimning davlat taʼlim standarti va oʼquv dasturi. - Toshkent: Sharq, 1999.
4. Аzimova B. Natyurmort tuzish va tasvirlash metodikasi. - Toshkent: Oʼqituvchi,1984.
5. Аlьberti L.B. Tri kniga o jivopisi. - Moskva, 1933.
6. Bakushinskiy А.V. Xudojestvennoe tvorchestvo i vospitanie. Issledovanie i statьi. - Moskva: Sov. xudojnik, 1981.
7. Bashilov Ya. Kondaxchan Ye. Detskiy rusunok. -Moskva - Leningrad: Iskustvo, 1940.
8. Beyer V.I. Voskresenskiy А.K. Risovanie na nachalьnoy
stupeni obucheniya v svyazi s lepkoyu i chercheniem. - Spb. 1912.
9. Boymetov B., Tolipov N. Maktabda tasviriy sanʼat toʼgaragi. Toshkent, 1995.
10. Yu.Bulatov S. Аmaliy sanʼat qisqacha lugʼati.-Toshkent: HBM, 1992.
11. Bulatov S. Oʼzbek xalq amaliy bezak sanʼati.-Toshkent:
12. Mehnat, 1994. 12.Gishshus G.А. Ocherki teorii risovaniya kak obshego uchebnogo predmeta. - Spb., 1844.
13. Izvestie Turk SIKa. 1920.4 yanvar.
14.KomenskiyYa А Velikaya didaktika. Izbr.ped. soch. - Moskva: Uchpedgiz, 1955.
15.Kondaxchan Ye. Metodika prepodavaniya risunka v sredney shkole.- Moskva: Iskustvo, 1951.
16.Kuzin V.S. Psixologiya.-Moskva: Vьyushaya shkola, 1982.
17. P.Kuzin V. S. Osnovnaya obucheniya izobrazitelьnomu iskustvu v shkole Moskva: Prosveshenie, 1977.
18.Leonardo da Vinchi. Kniga o jivopisi.-Moskva: Izogaz, 1934. 19.Nabiev M. Rangshunoslik. - Toshkent; Oʼqituvchi, 1995.
20.Nikonorova N.M. Naglyadnne posobiya i oborudovaniya dlya zanyatiy izobrazitelьnьsh isskustvom. - Moskva: Prosvevdenie, 1975.
21.Oydinov N. Rassom-oʼqituvchilar tayyorlash muammolari. - Toshkent; Oʼqituvchi,1997.
22.Oripov B. Tasviriy sanьat darslari samaradorligini oshirish omillari. - Toshkent: Oʼqituvchi, 1978.
23.Pavlinov P.Ya. Graficheskaya gramota. - Moskva: Uchpedgiz, 1933.
24.Radlov N. Risovanie s naturь!. - Leningrad, 1935.
25.Radlov N. Sbornik zadaniy po risovaniyu. -Moskva – Leningrad: Iskustvo,1938.
26.Rasm solish. Boshlangʼich sinf programmalari.-Toshkent: Oʼquvpeddavrnashr, 1953.
27.Rasm. Boshlantich sinf programmalari. - Toshkent: Oʼquv-peddavrnashr, 1956.
28.Rostovtsev N.N. Metodika prepodovaniya izobrazitelьnogo iskustva v shkole. - Moskva: Prosveodenie, 1974.
29.Russo J.J. Emil ili o vospitanii. Izb. ped. soch. v 3-x tomax. - Moskva:1961.
Z0. SapojnikovА. Kurs risovaniya. - SPb, 1875. 31.Sprovochnaya kniga shkoln Sotsvosa: Sbornshs osnovnьgx sirkulyarov Narkomprosa po shkolam sotsvosa. Vьsh. 1.-Samarkand, 1929.
32.Tasviriy sanʼat. Oʼrta maktab programmalari (1-3 va 4-6 sinflar). - Toshkent: Oʼqituvchi, 1968.
33.Umarov А. Аhmedov M. Tasviriy sanʼat atamalarining izohi lugati. - Toshkent: OʼzTSMU, 1998.
ILLYuSTRАTsIYaLАR:
Dostları ilə paylaş: |