144
va konstruktorli o‘yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o‘zlarining idrok, xotira,
tasavvur, tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Sujetli-
rolli o‘yinlarda bolalar, asosan, o‘zlari har kuni ko‘rayotgan va kuzatayotgan
kattalarning xatti-harakatlarini aks ettiradilar. 4-
5 yoshli bolalarning o‘yini
asta-
sekinlik bilan jamoa shakliga ega bo‘lib boradi. Bolalarning in
dividual
xususiyatlarini, ularning jamoa o‘yinlari davomida kuzatish qulaydir.
O
‘z
o‘yinlarida bolalar kattalarning predmetlarga munosabatinigina emas, balki
ko‘proq ularning o‘zaro munosabatlarini ham aks ettiradilar va ularga taqlid
qiladilar.
Shuningdek, jamoa o‘yinlarida bolalar bir guruh odamlarning
murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poyezd» o‘yinini
olaylik. Bun
da mashinist, parovozga ko‘mir yoquvchi, provodniklar,
kontrolyor, kassir, stansiya xodimlari va yo‘lovchil
ar boladi. Bolalarning
mana shu kabi jamoa o'yinlari artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. Chunki,
jamoa o‘yinidagi har bir bola o‘z rolini yaxshi ado etishga intilishi bilan
birga, o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka
tirishadi. Bu esa
, har bir boladan o‘zining bu
tun qobiliyatini ishga solishni
talab etadi. Ma’lum rollarga bolingan jamoa o‘yini, bolalardan qat’iy
qoidalarga bo'ysunishini va ayrim vazifalami talab doirasida bajarishni
taqozo etadi. Shuning uchun bolalarning bunday jamoa
o‘yinlari psixologik
jihatdan kat
ta ahamiyatga ega. Chunki, bunday o‘yinlar bolalarda
irodaviylik, xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tartib
-
intizomga bo‘ysungan
va shu kabi boshqa ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi.
Katta bog‘cha yoshida
sujetli-
rolli o‘yinlar esa o‘z mavzusining boyligi
va xilma-
xilligi bilan farqlanadi. Bu o‘yinlar jara
yonida bolalarda sardorlik
xususiyati yuzaga kela boshlaydi, ularda tashkilotchilik ko‘nikma va
malakalari rivojlana boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bola
lar shug‘ullanadigan
ijodiy faoliyatlar
orasida tasviriy san’atning ham ahamiyati juda kattadir. Bolaning tasavvur
etish Xarakter
iga ko’ra, uning atrof hayotni qanday idrok etishi, xotira,
tasavvur va tafakkur xususiyatlariga baho berish mumkin. Katta bog‘
cha
yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari, ruhiy
holatlari, orzu, umid va ehtiyojlarini ham aks ettiradi.
Bu yoshdagi bolalar rasm chizishga nihoyatda qiziqadilar. Rasm
chizish bolalar uchun o‘yin faoliyatining o‘ziga xos bir shakli
bolib
hisoblanadi. Bola avvalo ko‘rayotgan narsalarini, keyinchalik esa o‘zi
biladigan, xotirasidagi va o‘zi o'ylab topgan narsalarni chizadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar
uchun musobaqa juda katta
ahamiyatga ega bolib, aynan shunday o‘yinlarda muv
affaqiyatga erishishga
harakat qilish xususiyati shakllanadi va mustahkamlanadi. Bu yoshdagi
bolalarning eng yaxshi daqiqalari
musobaqa o‘yinlaridagi yutish va
muvaffaqiyatlaridir. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun
145
musobaqalar juda katta ahamiyatga
ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda
muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanadi va mustahkamlanadi.
Katta bog‘cha yoshida konstruktorlik o‘yinlari asta
-sekinlik bilan
mehnat faoliyatiga aylanib boradi, o‘yinda bola sodda mehnat ko‘nikma va
malakalarini
egallay boshlaydi, predmetlarning xossalarini anglay
boshlaydi, amaliy tafakkur namunalari rivojlana boradi.
3-7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi
bo‘lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar
ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga
o‘rganadilar.
O
‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning
faol shakli bolgan ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy
tajribani o‘zlashtirishga kiri
sha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallashi
uchun odam, avvalo,
еtarli darajada nutqni egallagan bolishi, ma’lum
malakalar, uquvlar va sodda tushunchalarga ega bolishi kerak boladi.
Bularga bola yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, o‘yin
faoliyati orqal
i
erishadi.
Bola bu davrda o‘yin faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar bi
lan,
ya’ni mahsuldor faoliyat, mehnat faoliyati va o‘qish faoliya
ti bilan ham
shug‘ullanadi. Mahsuldor faoliyat turlari (rasm chizish, plastilindan narsa
yasash, qurish, yasash va b.) predmetlarning muhim xususiyatlarini
mavhumlashtirishga olib keladigan, borliqni o‘ziga
xos shaklda
modellashtirish sifatida qaraladi. Mahsuldor faoliyat turlarida ijodiy amalga
oshadigan ma’lum mazmun mav
jud.
I.Shapovalenkoning ta’kidlashicha, pre
dmetli faoliyat doirasida
vujudga keladigan tasviriy faoliyat maktabgacha yosh davrida o‘yin shaklida
rivojlanadi. Natija, mahsulot, rasm uzoq vaqt ikkinchi darajasi hisoblanadi,
borliqni qog‘oz ustida modellashtiradigan o‘yin sifatida rasm chizish
jarayo
nining o‘zi muhim hisoblanadi.
Qurish-yasash ishlari faoliyatni maxsus tashkil etishni talab qiladi,
chunki unda qism munosabatlarini tushunish va idrok aniqligi zarur. Unda
tayanch detallarni ajratish, namunani, qurish usullarini o‘zlashtirish kabi
vazifalar paydo boladi. Qurish- yasash jarayonida muhim qobiliyatlardan
biri faoliyatni rejalashtirish qobiliyati shakllanadi.
O
‘qish va mehnat faoliyati elementlarining rivojlanishi.
O
‘qish
faoliyatining yangi bilimlarni o‘zlashtirish kabi maxsus maqsadi mavjud.
O
‘qish ko‘nikmasi o‘quv vazifalarini amaliy hayotiy vaziyatlardan ajratish va
uni qabul qilishni nazarda tutadi. Maktabgacha yosh davrida o‘qishning
motivatsion asoslarini - bilishga qiziqish (qiziquvchanlikni)
rivojlantirish
muhim hisoblanadi. Didaktik o‘yinlar bilish, o‘quv faoliyatini
shakllantiradigan o‘yinning maxsus shaklidir.
146
Mehnat va o‘quv topshiriqlari tufayli bajarilgan mahsuldor faoliyat
turlarida maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi uchun katta
imkoniyatlar yaratadi: natijaga erishish, xulq-atvorni boshqarish va
rejalashtirish, o‘z
-
o‘zini baholash, yangi motivlar, mehnatsevarlik kabilarni
shakllantiradi.
30
Dostları ilə paylaş: