106
1025 g dan 1112 g ga ortadi. Bu davrda bola miyasi vaznining ortishi bilan
birga miyaning ichki qismlarida ham jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Miya
po‘stidagi nerv hujayralarining (neyronlarning) tuzilishi murakkablashadi,
ya’ni neyronlarning shoxsimon o‘simtalari tobora orta boradi. Bosh miya
po‘stidagi nerv hujayralarining t
akomillashuvi turli assotsiatsiyalarning
(muvaqqat aloqalarning, shartli reflekslarning) yuzaga kelishini
osonlashtiradi va tezlashtiradi.
Ilk yosh davridagi bola nerv sistemasining rivojlanishida ham nerv
tolalarining miyelinizatsiyalanishi davom etadi. Bu davrda asosan bosh miya
yarimsharlaridagi nerv hujayralarini bir-
biri bilan bog‘lovchi nerv tolalari
miyelin pardasi bilan qoplanib, bir-biridan ajratiladi. Bola psixikasining
rivojlanishida buning ahamiyati g‘oyat kattadir. Chunki shu munosabat bilan,
y
a’ni miyelinizatsiya orqali nerv tolalarining bir
-biridan ajratilishi bilan turli
taasurotlar (qo‘zg‘alishlar) nerv sistemasida tezroq tarqaladi va ravshanroq
aks ettiriladi. Nerv hujayralarini bir-
biri bilan bog‘laydigan juda ham nozik
nerv tolalarining miyelin pardasi bilan qoplanib, bir-biridan ajratilishi butun
nerv siste
masining tobora uyg‘un va puxta ishlashiga yordam beradi. Bu miya
po‘sti nerv sistemasidagi barcha quyi boblar faoliyatini asta
-
sekin o‘ziga
bo‘ysundira boradi. Shu tariqa bolaning bu
tun hayotida oliy nerv
faoliyatining roli orta boradi.
Dostları ilə paylaş: