105
va elastik bo‘ladi. To‘g‘ri o‘tirmaslik, tekis qilib solinmagan o‘rinda yotish
natijasida bolaning umurtqa suyaklari qiyshayib o‘sishi mumkin. Bosh
suyagining tutashmagan joyi,
ya’ni kalla liqildoqlari bitib ketib, ensa va tepa
qismlari o‘sadi. Bolaning dastlabki sut tishlari chiqib, jag‘i avvalgiga nisbatan
aktiv ishlay boshlaydi.
Bir yoshga to‘lgan bolaning harakatchanligi ortib borgan sa
ri uning
ichki organlari
faoliyatida ham muhim o‘zgarishlar yuzaga keladi. Ma’lumki,
har qanday harakat qon aylanishi bilan nafas olishning aktiv ishlashini
taqozo qiladi. Bola bir yoshga to‘lgach, bemalol yurib, har xil harakatlarni
qiladigan bo‘lgach uning yurak vazni hamda o‘pk
asining hajmi anchagina
kattalashadi, yurak muskullari ham birmuncha mustahkamlanib qon bosimi
bir qadar oshadi. Bu esa qon tomirlari urishining sekinlashis higa olib keladi.
Masalan, chaqaloq bolaning qon tomiri daqiqaga 120-130 marta ursa,
bog‘chagacha t
arbiya yoshida bolaning yuragi 110-
120 marta uradigan bo‘lib
qoladi. Ilk yosh davridagi bola organizmi juda ko‘p ozuqa moddalarni talab
qiladi. Yoshidan oshgan bola turli xil ozuqa moddalarni asosan ovqatdan
oladi. Bola yoshidan oshgach, ko‘krakdan ajratil
adi. Ana shu davrdan boshlab
uni kattalar iste’mol qiladigan ovqatlarga sekin
-
asta o‘rgatila boshlanadi.
Bolaning faqat ona sutini iste’mol qilishdan boshqa ovqatlarni ham iste’mol
qilish
ga o‘tishi uning ovqat hazm qilish organlarida o‘zgarish yasaydi.
Bo
lalarning jismoniy jihatdan normal va sog‘lom o‘sishlari uchun oilada
ham MTTda ham ularning qat’iy rejim bilan sifatli ovqatlantirishga jiddiy
e’tibor bilan qarash kerak. Ilk yoshdagi bola ovqatlanishida yuzaga keladigan
bu o‘zgarishlar bolaning qon tarkibini ham o‘zgartiradi. Ovqatning turi
ortgan sari qondagi eng muhim elementlar bo‘lmish gemoglobin va
eritrotsitlar miqdori ortadi. Lekin shunday bo‘lsa ham bu yoshdagi bolada
organizmni yuqumli kasalliklardan muhofaza qilib turadigan oq qon
tanachalari (leykotsitlar)
еtarli miqdorda bo‘lmaydi va ular turli yuqumli
kasalliklarga tez chalinadigan bo‘ladi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bola
jismoniy jihatdan tez o‘sishda davom etsa ham, u hali tashqi muhit
o‘zgarishlariga yaxshi moslasha olmagan bo‘ladi. Shunin
g uchun muhitning
salgina o‘zgarishi bolaga darhol ta’sir qiladi. Bola yangi muhit sharoitida tez
toliqadi. Bolaning psixik jihatdan sog‘lom o‘sishi uchun uning organizmini
mustahkamlaydigan tadbirlarga, ya’ni qat’iy kun tartibi, gigiyena qoidalari va
organizmni sistemali tarzda jismoniy jihatdan chiniqtirishga rioya qilish
kerak.
Dostları ilə paylaş: