202
qo‘shimchalarini almashtirib yuboradilar. O‘rta
va katta guruh bolalari
fe’lning zamonga qarab o‘zgarib borishini to‘g‘ri ishlatadigan bo‘ladilar.
Nutq faqat boshqa odamlar bilan amalga oshiriladigan aloqa
vositagina bo‘lib qolmay, balki u bolalar uchun xulq
-atvorni boshqarish
vositasi hamdir. Turli yoshdagi bog‘cha bolalari o‘z xulq
-
atvorlarini, ya’ni
ma’lum ijtimoiy sharoitda o‘zlarini qa
nday tutishlarini tafakkur orqali
o‘ylab idora qiladilar. Bunda nutq birinchi darajali ahamiyatga egadir.
Odatda kichik yoshdagi bog‘cha bolalarining nutqlari ikkinchi bir odamga
emas, balki o‘zlariga qaratilgan bo‘ladi. Masalan: «Anvar uxlaydi»,
«Anvarning qorni ochdi» deb gapiradilar. Bolalarning ana shunday o‘zlariga
qaratilgan nutqi egostentrik nutq deb yuritiladi. Katta yoshli bog‘cha
bolalarida egostentrik, ya’ni o‘z
-
o‘ziga qaratilgan
nutq tugallanib normal
holga keladi.
Shunday qilib, asosiy aloqa v
ositasi bo‘lgan nutq bola psixika
sining
taraqqiyotida benihoya katta rol o‘ynaydi. Bog‘chada va oilada to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yilgan ta’lim
-
tarbiya va xususan, bog‘chada ona tilidan o‘tkaziladigan
maxsus mashg‘ulotlar tufayli bola nutqini normal o‘stirish mumk
in. Bola
bog‘cha yoshining oxirgi bosqichiga kelganda og‘zaki nutqning hamma
turlaridan erkin foydalana oladigan bo‘ladi. Bola nutqining bundan keyingi
taraqqiyoti maktabda, o‘qish jarayonida amalga oshiriladi.
12.3.4.
Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan tala
blar
Tarbiyachining nutqi nutq talablariga rioya qilingan holda bo‘lishi
kerak. Ya’ni nutqning tushunarliligi,
soddaligi, ta’sirchanligi, boyligi,
ravonligi, sofligi, ifodaliligi, mazmundorligi, aniqligi, chiroyliligi, to‘g‘riligi
bilan ajralib turishi ke
rak. Ba’zi tarbiyachilarning nutqi juda ta’sirchan
bo‘ladi. Bunday tarbiyachilar nutqi his
-
tuyg‘u bilan sug‘orilgan bo‘lib, ular
o‘zlari gapirayotgan gaplardan o‘zlari ta’sirlanadilar,
ana shundagina
bolalarga ham muayyan kayfiyatni «yuqtiradilar». O‘tkazmoqchi bo‘lgan
mashg‘ulotiga tarbiyachining o‘zi qiziqishi va uning o‘zida ham samimiy his
-
tuyg‘u hosil bo‘lishi shart. Tajribali bir pedagog yosh tarbiyachilarga
shunday deydi: «Bolalarga hikoyani shunday so‘zlab beringki, go‘yo o‘sha
voqealarda o‘zingiz ham qatnashgandek bo‘ling...». Lekin hamma
tarbiyachilar ham obrazga kirib hikoya yoki ertakni aytib bera olmaydilar.
Ba’zi tarbiyachilarda esa nutq ancha ohista, ta’sirsiz, kam ifodali, qat’iy
izchillikka rioya qilingan holda, dalilli va mantiqiy bo‘ladi.
Bunday nutq bi-
roz zerikarli bo‘lib bolalarni mashg‘ulotga diqqatini jamlab oli
shi qiyinroq
kechadi. Bunday nutq yo‘naltirilgan yoki boshqacha aytganda undalma
nutqdan iboratdir.
Yana shunday
tarbiyachilar ham borki, ularning nutqi emotsional
203
ham, mulohazali ham emas, ammo bolalar ular nutqini yaxshi
o‘zlashtiradilar. Bunday nutqlarda zo‘r ishonch kuchi yangraydi,
gapirilayotgan gapga chuqur ishonch paydo qiluvchi kishining irodasi
borligi sezilib turadi, o‘z bolalarida ixtiyorsiz ishonch hosil qiladi. Ta
rbiyachi
fikrlarining haqchanligiga, bolalarni ishontirishga qattiq kirishganligi o‘z
-
o‘zidan ko‘rinib turadi. Ularning to‘g‘riligi va muhimligiga ishonch ixtiyorsiz
ra
vishda bolalarga o‘tadi. Bu katta ishonch va ta’sir kuchiga ega bo‘lgan
irodali nutq deyiladi. Lekin bunday
nutq avtoritar Xarakter
ga ega bo‘lib
bolalardagi mustaqil fikrlashni cheklab qo‘yadi.
Zarur iboralarni tez tanlay olish: so‘z boyligiga,
fikrlash jarayonining
tezligiga, gapirilayotgan mavzuni yaxshi bilgan bo‘lishiga,
topqirligiga,
kishining shu paytgacha umumiy holatiga va boshqa ko‘pgina sabablarga
bog‘liqdir. O‘z nutqini qulay va to‘g‘ri tuza bilishda badiiy adabiyotni o‘qib
turish katta ahamiyatga ega. Kitob o‘qiganda shaxsda lug‘at boyligi
ko‘payadi, fikrining obr
azliligi ortadi, nutq ravshan, chiroyli va adabiy
bo‘ladi. Nutqda murakkab jumlalar va notanish qiyin so‘zlar bo‘lmasa, u
ham ravshan, ham tushunarli bo‘ladi. Murakkab bo‘lmagan qisqa jumlalar
bayon etiladigan ma’lumotni tez tushunib olishga yordam beradi.
Amm
o fikrni bayon etishda juda ezmalanish ham bo‘lmaydi. Nutqning
juda
qisqaligi, mavzuning haddan tashqari ko‘pligi, hodisalarni ko‘p
keltirish bolalarning tushunmay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bayon
etish aniq, ifodalar ravshan, xulosa va umumlasht
irishlar aniq bo‘lsa,
tarbiyachining bayoni tushunarli hamda tez esda qoladigan bo‘ladi.
Tarbiyachi nutqining sodda bo‘lishini uni mazmunga aylantirib
yubormasligi kerak. U
еtarli mazmunga ega bo‘lishi kerak. Uning
murakkablashib ketishidan, bolalarning charchab qolishidan qochish kerak.
Tarbiyachi nutqining tashqi shakli: tarbiyachi
ovozining yoqimliligi
(uning bo‘yoqliligi va kuchi), ravonligi, ohangdor bo‘lishi katta ahamiyatga
ega. Nutqning bu tomonini yaxshilash ustida ishlash har bir pedagog uchun
juda muhimdir. Tarbiyachining ovoz tembri juda past va juda yuqori ham
bo‘lmasligi kerak. U bir tekis baland ovoz bilan gapirganda fikrni bo‘rttirib
ko‘rsatish uchun ovozini goh baland, goh past qilib gapirish imkoniyatidan
mahrum bo‘ladi. Bundan tashqari, ta
rbiyachining baland ovozi bolalarni
asabiylashtiradi, shu bilan birga tarbiyachi sinfdagi shovqinni ham eshita
olmaydi. Juda past ovoz bilan gapirilgan nutq ham bolalarga yaxshi
eshitilmaydi. Eng yaxshi pedagoglarning tajribasi mavzuni o‘tishda
bolalarning
bilim darajasiga, yoshiga, o‘tiladigan o‘quv materialining
mazmuniga, tarbiyachi tomonidan qo‘yiladigan
vazifaga, ishning boshqa
sharoitlariga qarab nutqning biror shaklidan maqsadga muvofiq
foydalanish lozimligini ko‘rsatadi.
Tarbiyachining vazifasi o‘quvchilarga faqat ta’lim berish bi
lan
204
chegaralanib qolmay, balki ularni har bir hikoya ustida o‘ylashga, uni
emotsional his qilishga o‘rgatishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: