tomonida bitta qon chiqadigan teshikchalari-ostiyalari bor. Yurak
qisqarganda qon vazifasini bajaradigan gemolimfa suyuqligi uning
oldingi teshikchasidan chiqib, bosh tomonga yo‘naladi. Undan qaytib
qorin tomondagi tana bo‘shlig‘ida keladi. Shu yerda oyoqlarda
oksidlanib, ostiyalar orqali yurakka o‘tadi.
Dafniyalar ayrim jinsli, erkaklari urg‘ochilariga nisbatan kichikroq
bo'ladi. Urg‘ochilarining yelka tomonida-chig‘anoqning ostida tuxum
kamerasi joylashgan. Tuxum kamerasi tuxumdon bilan bevosita
bogiangan bo'ladi. Kameraga tushgan urug'lanmagan tuxumlar to
ulardan
kichik dafniyalar
paydo
bo'lgunga
qadar rivojlanadi.
Urug'langan yoki qishlab qoluvchi tuxumlar esa dafniyalar o'lgandan
keyin uning chig‘anog‘i ostida egarcha-efippiylar hosil qiladi. Efippiylar
qishlab qoluvchi tuxumlarni tashqi muhit ta'siridan saqlaydi va shamol
yordamida boshqa suv havzalariga tarqalishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: