g) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish tartibida umrbod
ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham
jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydilar.
(50-moddaning yettinchi qismi “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-
sonli
Qonuni
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga
hamda qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-
koloniyalarda;
b) og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, yangi sodir etgan o‘ta og‘ir
jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek o‘ta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan
jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi.
(50-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan qismiga, lekin
besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga:
a) o‘ta xavfli retsidivistlarga;
b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga
hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir
etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish
tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan,
shuningdek
qonunchilikka
muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan
shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
(50-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada o‘tashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini
ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning o‘talmagan qismi muddatiga umumiy
tartibli koloniyaga o‘tkazadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining
IV bo‘limi
(“Ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazoni ijro etish”).
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
26 —
30-bandlari
.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-sonli
Qonuniga
asosan
sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
LexUZ sharhi
Sud amaliyotiga karang
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: