3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat kodeksi
Page 50 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
yoki mehnati bilan to‘lash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash. Ushbu chora agar
yetkazilgan zarar belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n
baravaridan oshib
ketmagan bo‘lsa qo‘llaniladi. Boshqa hollarda yetkazilgan zarar fuqaroviy huquqiy tartibda
undiriladi;
(88-modda birinchi qismining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-
dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
v) voyaga yetmaganni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 15-moddasining
uchinchi qismi
va
34-bobi
(“Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan majburlov choralarini qo‘llash”).
Oldingi
tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan shaxslarni maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida bo‘lish muddati va
shartlari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
(88-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va
huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunining
5-bobi
(“Voyaga yetmaganni
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish tartibi”), O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 268-sonli “Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya
muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi
qarori
.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: