Umumiy qoidalar


XVI bob. Javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish


səhifə56/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

XVI bob. Javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish
87-modda. Majburlov choralarini qo‘llagan holda javobgarlikdan yoki jazodan
ozod qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga yetmagan
shaxs, agar sodir etgan qilmishining xususiyatlari, aybdorning shaxsi va ishning boshqa
holatlarini e’tiborga olib, uni jazo qo‘llamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga
kelinsa, javobgarlikdan ozod qilinib, ish voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo
komissiyada ko‘rishga topshirilishi mumkin.
(87-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qarori
bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar to‘g‘risida”gi
nizom
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash
nazarda tutilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan yoki ijtimoiy
xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga yetmagan shaxsni, mazkur
moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, sud jazodan ozod
qilish va unga nisbatan majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishi
shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
564-moddasi
.
(87-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2005-yil 30-
sentabrdagi O‘RQ-10-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 39-son, 294-modda)
Voyaga yetmagan shaxs rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolgan
bo‘lsa va sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘la ravishda anglab yetmasa, sud jazo
o‘rniga majburlov chorasi qo‘llash maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqishi shart.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-
yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori
.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin