57-modda. Yengilroq jazo tayinlash Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi
holatlarni e’tiborga olib, alohida hollarda ushbu Kodeks
Maxsus qismining
moddasida
nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham
kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlashi
mumkin.
Sud shu asoslarni e’tiborga olib, ushbu Kodeks
Maxsus qismining
moddasida
qo‘llanilishi shart deb ko‘rsatilgan qo‘shimcha jazoni tayinlamasligi ham mumkin.
Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, ya’ni aybdorning shaxsi,
aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyatni sodir
qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy
kamaytiruvchi holatlar deb topilishi mumkin.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 37 — 39 , 42-bandlari . Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. 57 -modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganida jazo tayinlash (57 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-277-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda) Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining
“a”
va
“b”
bandlarida nazarda tutilgan
jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan va ushbu Kodeks 56-moddasining
birinchi
qismida
nazarda tutilgan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda jazo
muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda
tutilgan eng ko‘p jazoning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida
javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning
ikkinchi
qismi
) va terrorizm (155-moddaning
uchinchi qismi
) bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan
shaxslarga tatbiq etilmaydi.
(57 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 18-maydagi O‘RQ-245-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 147-modda) Oldingi tahrirga qarang.