Umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan



Yüklə 433,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix07.05.2023
ölçüsü433,83 Kb.
#109194
1   2   3   4   5   6   7
Farida pedagogika

Tarbiyada 
milliy 
va 
umuminsoniy 
qadriyatlarning 
ustuvorligi 
qoidasi. O’quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, 
madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo’lgan talablarini shakllantirish 
malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda 
muhim. Xalqimizning ko’p asrlik qadriyatlarini ulkan boy va madaniy merosini 
chuqur bilmasdan, milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur tuyg’usini qaror toptirish 
mumkin emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita 
bo’lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o’kuvchilar go’zal 
axloq, baxt, insof, poklik, mehr - shavqat, ota - onani hurmat qilish qoidalari 
haqida keng tasavvurga ega bo’ladilar. Insoniylik - o’z tarkibiga insonning eng 
yaxshi axloqiy xususiyatlarini, do’stlik, ota - onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik
diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Shu sababli insondagi eng yaxshi 
fazilatlar avloddan - avlodga ko’chib kelgan. 
Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning uyg’unligi va 
uzluksizlik qoidasi. Tarbiya ishida izchillik juda muhim. Tarbiyachi avvaliga 
bolalardan biror narsani talab qilib, so’ngra o’zi bu talabni unutib qo’ysa, bu hol 
tarbiyaga yomon ta’sir qiladi. O’qituvchi subutli, o’z lafziga sobit bo’lmog’i kerak. 
O’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda izchillikka rioya qilish va bir xil talab 
qo’yish muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biridir. Tarbiya uzoq 
davom etadigan jarayon, unda ota - ona, o’qituvchi, jamoatchilik qatnashadilar. 
Shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo’lishiga rioya qilish kerak. 
Bu qoida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo’g’inlarni (oila, maktab, 
o’quvchilar jamoasi, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, keng 
jamoatchilikni) birgalikda ish ko’rinishlarini nazarda tutadi. Chunki tizimlilik faqat 
yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak. 
Bola o’qishni, tarbiya olishni ulg’ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni 
xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday 
pedagogik jarayonda tarbiyalash lozimligini bilishi kerak, shu bilan birga bola 
o’zini o’zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmasligi lozim
.

Yüklə 433,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin