Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish maqsadi va vazifalari


informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitishning maqsad va vazifalari



Yüklə 27,23 Kb.
səhifə2/6
tarix31.05.2022
ölçüsü27,23 Kb.
#60168
1   2   3   4   5   6
umumiy-orta-talim-maktablarida-informatika-va-axborot-texnologiyalari-kurslarini

informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitishning maqsad va vazifalari

  • Informatika» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy ta’lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo’shadigan o’ziga hos xissasi bilan aniqlanadi.

  • O’quvchilarda informatika xaqidagi bilimni shakllantirish va ular tafakkurini rivojlantirish.

  • Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa barcha o’quv predmetlarini o’qitish jarayonida ishtirok etadi.

  • Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.

  • o’quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta’lim olishni davom ettirishga tayyorlash.

Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog’liq holda amalga oshirilishi lozim. o’quvchilar informatika asoslarini mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarashni yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o’rgatish bilangina, o’quvchilarning informatikani fan sifatida uning o’ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin. Bundan tashqari, informatikani o’qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to’g’ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to’g’ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o’quvchilar har bir masalani yechishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o’zlarini yo’qotib qo’ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko’rsata oladilar.


Informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitishning metodik tizimi haqida tushuncha
O’quv-metodik ta’minot sohasida informatika o’qitish metodikasi o’z oldiga o’quvchilar uchun qiziqarli darsliklar va o’quv qo’llanmalarini, o’qituvchilar uchun esa uslubiy ishlanmalarni yaratishni maqsad qilib qo’yadi.
O’quv-metodik ta’minot o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalarni o’z ichiga oladi. Bunda asosiy o’rin darslik va o’quv qo’llanmalariga ajratilgan. Qolgan o’quv-metodik ta’minot asosiy darslik bilan yaqindan bog’langan bo’lib, darslikdagi g’oyalarni tushuntirish va rivojlantirishga xizmat qilishi lozim.
O’quv-metodik ta’minot tarkibiga davriy nashrlardagi, oliy va o’rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi vazirliklari nashrlaridagi uslubiy materiallarni va me’yoriy hujjatlarni kiritish mumkin.
O’quv-metodik ta’minotning hozirgi davrdagi muhim bir bo’lagi bu, elektron o’quv- metodik materiallardir.



Yüklə 27,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin