Umumiy fitopatologiya va mikrobiologiya



Yüklə 434,24 Kb.
səhifə1/9
tarix07.06.2023
ölçüsü434,24 Kb.
#126459
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Urayimova Rayhona


O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH, TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO FAKULTETI
«O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH» KAFEDRASI
UMUMIY FITOPATOLOGIYA VA MIKROBIOLOGIYA ”
fanidan

KURS ISHI



Mavzu: Un-shudring kasalliklarini qo’zg’atuvchi zamburug’larning xarakteristikasi va sistematikasi.
Bajardi: “O‘simliklarni himoya qilish ” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 33-guruh talabasi Urayimova Rayhona Turug‘unboy qizi



Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana “____” __________ 2023 y




Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana “___” __________ 2023 y

Kurs ishi himoya qilingan sana “____” ___________ 2023 y






KOMISSIYA A’ZOLARI:
____________________________
(imzo)





ANDIJON – 2023 y

MUNDARIJA






Kirish

3

.

Adabiyotlar sharxi

6

II.

Asosiy qism

13

2.1.

Soxta un-shudring kasalligini ta’snifi

13

2.2.

Sohta un-shudring kasalligining sistematik o’rni

17

2.3.

Sohta un-shudring kasalligini qo’zg’atuvchi zamburug’ini sporasi

21

III.

EKSPERIMENTAL QISM

27

3.1.

Tadqiqotni maqsad va vazifasi

27

3.2.

Tadqiqot olib borish usullari (metod) va joylari

27

3.3.

Tadqiqot natijalari

27

III.

XULOSA.

28

IV.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI.

30


Kirish
Fitopatologiya – (fito….,pato… va logiya) – o’simlik kasalliklari,ularning oldini olish va tugatish usullari hamda tadbirlar haqidagi fan.Umumiy va xususiy Fitopatologiyga bo’linadi.Umumiy Fitopatologiya o’simlik kasalliklarining paydo bo’lishi sabablarini,kasallikni qo’zg’atuvchi organizmlar tuzilishi va ularning sistematikasini,rivojlanishi va tarqalishi qonuniyatlarini,kasallangan organizmlardagi anatomikfiziologik buzilishni,o’simlik karantini va immunitet masalalarini,o’simliklarni himoya qilish usul va tadbirlarni;xususiy yoki maxsus fitopatologiya ekinlar kasalliklarini o’rganadi va ularga qarshi kurash choralari tavsiya etadi.Fitopatologiya o’simlik anatomiyasi va fiziologiyasi,mikrobiologiya,mikologiya,genetika,seleksiya,o’simlikshunoslik,kimyo,fizika va boshqa fanlar yutuqlaridan foydalanadi.
Kasalliklarning o’simlikka zarur keltirish qadimdan ma’lum bo’lgan.18-asrning ikkinchi yarmida tajribalar asosida (Rossiyada A.T.Bolotov,Fransiyada A. Timet,Italiyada F.Fontana,Daniyada Ya. Fabritsius) qorakuya,zang,toshkuya va boshqa kasalliklarning yuqumliligi isbot qilindi,lekin ularni bartaraf etish yo’llari topilmadi.19-asrning ikkinchi yarmida nemis olimi A.De Bari,rus mikologiya va fitopatologi M.S.Voronin va ularning shogirdlari ko’pchilik o’simlik kasalliklarining sababchisi zamburug’ ekanligi isbotladilar.19-asrning oxirida fitopatologiya zamburug’lar,viruslar va boshqa parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklarni o’rganuvchi fan sifatida shakillandi.Bu davrga kelib uning asosiy yo’nalishlari:mikologiya,parazitologiya,ekologiya,immunologiya,kimyoviy toksikologiya,virusologiya,o’simliklarning bakterioz va nematode kasalliklari haqidagi ta’limoti shaklandi.
Tadqiqotchi olimlar qorakuya,zang,oqpalak(vilt) zamburug’lari turlari,kalmaraz,fitoftoroz va boshqa kasalliklar qo’rg’atuvchilarining patogenezi,epifitoetiologiyasining muhim qonuniyatlarini aniqladilar.Kasallik qo’zg’atuvchilariga qarshi kurashning samarali kimyoviy,biologic usullarini ishlab chiqdilar.Terapevtik ta’sir ko’rsatuvchi moddalar (ba’zi antibiotiklar va sitqdan ta’sir qiladigan fungidsidlar) ustida izanishlar olib borildi.Seleksioner va fitopatologlar zang,oq va kulrang cherish,vilt,ildiz chirishi kabi kasalliklarga chidamli bug’doy,kungaboqar va tamaki navlarini yaratdilar.Viltga chidamli kabi kasalliklarga chidamli bug’doy,kungaboqar va tamaki navlarini yaratadilar.Viltga chidamli g’o’za navlarini yetishtirish va viltga qarshi kurashning yangi usullari ustida kata ishlar olib borildi.
O’simliklarni kasalliklardan himoya qilish va fitopatologiyaning yangi masalalarini Ishlab chiqishda o’simlik immuniteti omillari vaqonuniyatlarinш o’rganish;o’simlik larni kasallikka chidamliligini aniqlash,fitopatologik ekspertiza va o’simlik kasalliklari diagnostikasining yangi usullari ishlab chiqish; zamburug’, bacterial,
Virusli va boshqakasalliklar patogenezini o’rganish;o’simlikning kimyoviy immunizatsiyasini o’rganish (bunda o’simliklarning kasalliklarga chidamlilik qobiliyati keying 2-4 avlodga o’tadi);osimliklarni himoya qilishning texnikaviy vositalari,kata hajmdagi himoya ishlarini rejalashtirish uchun zarur bolgan ko’p yillik ma’lumotlardan foydalanish usullarini ishlab chiqish va boshqa kata yordam beradi.Fitopatologiyada turli tadqiqot usullari,jumladan,mikologik virusologiya va bakteriologik tadqiqotlar,anatomiya,biokimyo va o’simliklar fiziologiuasi,kimyo va biofizik,biotexnologiya,umumiy agronomiya, meteorologiya va iqlim shunoslik, variantsion statistika usullari qo’llaniladi.
Zaburug’li kasalliklar (mikoz)-bu organizmning patogenlek holati bo’lib,inson va hayvon terisi va shilliq qavatlarida parazitlik qiluvchi mikroorganizmlarning (zamburug’larning) hayotiy faoliyati ta’sirida yuzaga keladi
.



Yüklə 434,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin