Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə2/12
tarix11.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#128649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
fosfor

II. Asosiy qisim
2.1. Mikrobiologiyaning rivojlanish tarixi
Mikroorganizmlar kashf qilinmasdan avvalroq ham, inson qatiq, vino tayyorlashda, non pishirishda mikrobiologiya jarayonlaridan keng foydalanib kelgan. Odamzot har xil kasalliklar bilan to‘qnash kelgan, o‘latlarni boshidan kechirgan. Muqaddas kitoblarda ham bu haqida aytib o‘tilgan bo‘lib, kasallik oqibatida o‘lganlarni yoqib yuborishni, yuvinishni va tozalikga rioya qilishni tavsiya qilingan. Qadim zamonlardayoq shifokorlar va tabiatshunoslar ko‘pgina yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini izlay boshlaganlar. Masalan, bizning eramizdan oldin yashagan qadimgi dunyo vrachi Gippokrat (460 - 377 yillarda), Lukresiy (95 - 55 yillarda) va o‘sha davrning boshqa yirik olimlarining ishlarida turli-tuman yuqumli kasalliklarning sababchisi tirik tabiatga xos ekanligi ko‘rsatilgan edi.
15 asrgacha kasalliklarning sabablari kasal tug‘diruvchi «miazmalar» (havoda tarqalgan ayrim bug‘simon moddalar) deb hisoblashgan. Keyinchalik italiyalik vrach Frakastro (1478-1553 yillar) bir indvidumdan ikkinchisiga o‘tadigan «kontagiy»lar mavjudligi haqidagi nazariyani ilgari suradi.
Osiyo xalqlari chechak, lepra (moxov) va boshqa kasalliklar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega edi. Abu Ali ibn Sino (980-1037 ) bu kasalliklarning sababchilari tirik mavjudotlar ekanligini va ular suv va havo orqali tarqalishini aytgan edi.
17 asrning 40 yillarida rimlik professor A. Kirxer (1601-1680) kattalashtiruvchi qurilma orqali har xil ob’ektlarni kuzatadi va o‘ta mayda «chuvalchanglarni ko‘radi». Bu mikroorganizmlar edi. Ammo bu tajribalar tasodifiy kashfiyotlar edi.
Mikroorganizmlarning ochilishi birinchi mikroskopni kashf etilishi bilan bog‘liqdir. Birinchilar qatori Gans va Zaxariy Yansen, so‘ngra G. Galiley va K. Drebbel tomonidan eng sodda mikroskoplar yaratildi va yanada takomillashtirildi.
Mikroorganizmlar haqida yanada ko‘proq ma’lumotlar to‘plagan shaxs mikrobiologiya tarixining «morfologiya» davrini boshlab bergan gollandiyalik Antoni van Levenguk (1632-1723) bo‘ldi (1- rasm).
Levenguk shishadan ziynat buyumlar yasaydigan korxonada ishlar edi. U shisha linzalar yasab, ulardan mayda narsalarni kattalashtirib ko‘radigan asbob – sodda mikroskop yasaydi. U o‘z mikroskopida ko‘lmak suv tomchilarini, tish kiridan tayyorlangan preparatlarni, turli xil organik moddali suvlar (qaynatmalar) ni tekshirib, ular ichida har tomonga qarab harakatlanuvchi tirik mavjudotlarni kuzatadi va ularning rasmlarini chizadi. U shu ko‘rgan mavjudotlariga “tirik hayvonchalar” – «Animalkula viva» deb nom beradi. O‘z izlanishlari natijalarini u Londondagi qirollik ilmiy jamiyatiga bildiradi. 1677 yili mazkur ilmiy jamiyat Levenguk ishlarini qaytadan tekshirib ko‘radi va uning natijalari xaqiqat ekanligini tan oladi.
Keyinchalik u o‘z ilmiy izlanishlarini «Anton Levenguk kashf etgan tabiat sirlari» degan kitobida (1695) ta’riflab beradi. Ularni yumaloq, har xil uzunlikdagi tayoqchasimon, bukilgan shaklli mayda mavjudotlar ekanligini tasvirlab beradi.
Rossiyada birinchi mikroskop XVIII asrning 30 - yillarida Ivan Belyaev va Ivan Kulibinlar tomonidan kashf etilgan.
Rus olimi, harbiy vrach D. S. Samoylovich (1744-1805) mikroskopik tekshirishlar yordamida toun (chuma) kasalliginiig qo‘zg‘atuvchisini tekshirib, odamlarni bu kasallikka qarshi emlash usulini taklif etgan. Uning bu kashfiyoti boshqa yuqumli kasalliklarning sababchisini o‘rganish uchun asos bo‘ldi. Angliyalik vrach E. Djenner (1749 - 1823) 1798 yilda chechakka qarshi emlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib bergan edi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ancha takomillashtirilgan mikroskoplar yaratildi. Bu esa mikroorganizmlarning faqat morfologik tuzilishini emas, balki fiziologiyasini ham o‘rganishga imkon berdi. Mikroskopning ixtiro etilishidan boshlab mikroorganizmlar to‘g‘risida qilingan ishlar mikrobiologiya tarixida 1 davr «Mikrobiologiya rivojlanishining morfologiya davri» deb yuritiladi.
Shved olimi K. Linney (1707-1778) hamma tirik mavjudotlarni bir sistemaga solgan bo‘lsa ham, mikroorganizmlarni bir «xaos» (tartibsiz, tartibga solib bo‘lmaydigan) guruhga kiritadi.
Mikroorganizmlarning birinchi sistematikasi daniyalik Myullerga (1786) taalluqlidir. U suv va tuproqdagi «animalkullar» ni sistemaga soladi va ularning «infuzoriyalar» deb atadi. Sekin-asta mikroorganizmlarni o‘rganish ko‘lami kengaya boshladi.
Keyinchalik M. M. Terexovskiy (1740 – 1810) ham mikroorganizmlar ustida ishlab «Sarstvo tmы infuzoriy Linneya» degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi (1770). U har xil qaynatmalardagi mikroorganizmlarni o‘rgandi. Temperatura, elektr toki va zaxar ta’sirida mikroorganizmlarning halok bo‘lishini aniqladi. 1835 yil Erenburg «Infuzoriyalar mukammal organizmlardir» degan mavzuda ilmiy asar yozdi va hamma tuban jonzotlarni 22 ta sinfga bo‘ldi va unga infuzoriyalar atlasini kiritib, ularga tavsiflar berdi. Mikroorganizmlarni binar nomenklaturada atadi va barcha bakteriyalarni 3 sinfga bo‘ldi.
XIX asr o‘rtalarida P. F. Goryainov tomonidan yozilgan «Zoologiya» asarida mikroorganizmlarga ayrim bo‘lim ajratildi va u «Infuzoriyalar bo‘limi» deb ataldi. Shu vaqtlar F. Kon (1828-1898) va K. Negelilar (1817 - 1891) bakterilardan ba’zilarining tabiatini o‘rgana boshladilar.
Mikroorganizmlarni o‘rganishning ikkinchi davri - «fiziologiya davri» - buyuk fransuz olimi Lui Paster (1822-1895) ishlaridan boshlandi. U ko‘pgina bijg‘ish jarayonlarining, ya’ni spirtli, sut kislotali, sirka kislotali bijg‘ish hamda boshqa tur bijg‘ishlarning biologik mohiyatini aniqladi (2- rasm).
Har bir bijg‘ish jarayonining o‘z mikroorganizmlari borligini tajribalar bilan isbotladi. U yana chirish jarayonlarining ham alohida mikroorganizmlar ta’sirida borishini ko‘rsatdi. Lui Paster kuydirgi, quturish, saramas, pasterellyoz, gazli gangrena, tut ipak qurtining (pebrina) kasalligini, vino va pivoning buzilishini o‘rgandi va ularga qarshi kurash choralarini aniqlab berdi. Kislorodsiz muhitda yashaydigan anaerob bakteriyalarni aniqladi. Laboratoriya amaliyotiga sterillash (mikroblarni nobud qilish) va pasterlash usullarini kiritdi. Aristotel va Vergiliylarning «O‘z - o‘zidan tug‘ilish» nazariyalarining asossizligini ko‘rsatdi. Oziqa muhit yaxshilab sterillansa, unda hech qanday mikroorganizmning paydo bo‘lmasligini asoslab berdi. Paster tovuqlar xolerasini o‘rganish jarayonida sog‘lom tovuqqa kuchsizlantirilgan bakteriya kulturasi yuborilganda tovuqlarning kasallikga chalinmasligini kuzatdi. Xuddi shu ishni u kuydirgi kasalligi bilan kasallangan mollarda ham qaytardi va ijobiy natijalar olishga muvaffaq bo‘ldi. Hayvonlarni kuchsizlantirilgan (42-43oS temperaturada o‘stirilgan) kuydirgi tayoqchalari bilan kasallantiradi. Kuchsizlantirilgan bakteriya kulturasi bilan emlaganda hayvonlarda kuydirgi bakteriyasiga qarshi immunitet hosil bo‘lishini aniqladi. Paster kuydirgi kasalligini o‘rganib «la’natlangan dalalar» sirini ochdi.
Pasterning qutirish kasalligini o‘rganish borasidagi ishlari ham o‘ta katta ahamiyatga molikdir. U qutirgan itlar so‘lagini mikroskop ostida tadqiq qilganda undagi mikroorganizmlarni ko‘rishga muyassar bo‘la olmadi. Ammo u kasallikni yuzaga keltiruvchi qutirishni «sababi» - hayvonning bosh va orqa miyasida joylashishini aniqladi. Kasallangan quyon miyasini sekin - asta quritib, «kuchsizlantirilgan kasal qo‘zgatuvchini» oldi va u bilan hayvonlarni emlab sog‘lom hayvonlarni kasallikdan saqlab qolish yo‘llarini topdi. Bunday emlashlar, antirabik - qutirishga qarshi emlashlar deyilib, juda keng ko‘lamda tarqaldi. Bu ishlar yangi fan - immunologiyaning paydo bo‘lishiga asos soldi. Lui Paster Fransiya meditsina akademiyasiga akademik, Sankt - Peterburg akademiyasiga muxbir a’zo va keyinchalik faxriy akademik qilib saylandi.
Parijda 1888 - yili Paster instituti ochildi. Unda, keyinchalik ko‘zga ko‘ringan mikrobiologlar ta’lim oldi. Mechnikov, Vinogradskiy, Gamaleya, Xavkin, Sklifasovskiy va boshqalar shular jumlasidandir.
XIX asrda ko‘p mamlakatlarda meditsina mikrobiologiyasi rivojlandi. Meditsina mikrobiologiyasining rivojlanishiga nemis olimi Robert Kox (1843 - 1910) ko‘p hissa qo‘shdi. U sof mikrob kulturasini ajratish uchun qattiq (quyuq) oziq muhitidan foydalanishni taklif etadi. Odam va qoramollarda sil kasalligini qo‘zgatuvchisini hamda vabo vibrionini ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi, mikroskopik metodlarni takomillashtirdi, immersion sistemani qo‘llashni va mikrofotografiyani amaliyotga kiritdi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin