Umid nihollari



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə2/6
tarix24.01.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#80520
1   2   3   4   5   6
VOLEYBOL UMUMTA\'LIM MAKTABLARIDA “UMID NIHOLLARI” SPORT O\'YINLARI TASHKIL ETISH VA O\'TKAZISH. KURS ISHI MAVJUDA

Kurs ishining maqsadi. Umumta’lim maktablarida voleybol sport seksiya mashg‘ulotlarida xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanish orqali bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashning samarador usullari, shakllari, yo‘llarini aniqlash.
Kurs ishining vazifalari: Xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanish orqali 9-12 yoshli o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini oshirish yo‘llarini aniqlash, rivojlantirish, xalq harakatli o‘yinlarini rolini oshirishning samarador shaklini topish, xalq o‘yinlarining tarbiyaviy imkoniyatlarini nazariy jihatdan asoslash, aniqlash tashkil etadi.
Kurs ishining obyekti: Jismoniy madaniyatning xalq an’analari bilan bog‘liqligini ko‘rsatib berish, xalq harakatli o‘yinlarining va Respublika ijtimoiy hayotining turli tomonlari bilan bog‘liqligini oydinlashtirish;
Kurs ishining predmeti: Xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanish orqali umumta’lim maktablarining voleybol sport seksiyasida shug‘ullanuvchi 9-12 yoshli o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlab, rivojlanish jarayonini kuzatish orqali ma’lum xulosalar chiqarish;
Kurs ishining tashkiliy tuzilmasi. Kurs ishi quyidagi qismlar: Kirish, asosiy qism tarkibidagi 2 ta bob, 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.


I.BOB. Voleybolning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi.

    1. Voleybol o`yinining dastlabki qoidalari.

Voleybol 1895 yilda Amerika qo‘shma shtatlarining Massachusets shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo‘yicha rahbari pastor Vilyam Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o‘yinini oddiy, ko‘p mablag‘ sarflamasdan tashkil etishni ko‘zda tutib yangi o‘yinning qoidalarini ishlab chiqdi. Oʻyin nomini avvaliga mintonett deb nomladi.
1896 yilda Springfild shahridagi kollej direktori doktor Alfred Xalsted bu o‘yinga “voleybol” deb nom berdi. “Voleybol” inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “parvoz qiluvchi to‘p” degan ma’noni bildiradi.
1897 yilda tadbiq etilgan ba’zi bir o‘yin qoidalari quyidagicha edi:
1. Maydoncha chegaralari 7,6 x 15,1 m
2. To‘rning o‘lchamlari 0,65 x 8,2 m, balandligi 198 sm
3. To‘pning vazni 340 g, aylanasi 63,5 – 68,5 sm
4. O‘yinchilarning soni chegaralanmaydi va hokazo.
1895-1920 yillar voleybol o‘yini rivojlanishining birinchi bosqichi bo‘lib hisoblanadi. O‘yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagicha:
1900 yil – Kanada, 1908 yil – Kuba, 1909 yil – Puerto-riko, 1910 yil – Peru, 1917 yil – Braziliya, Urugvay, Meksika, Osiyoda 1900-1913 yillar – YAponiya, Kitay, Filippinda, 1914 yil – Angliya, 1917 yil – Fransiya.
Voleybol o‘yinining sobiq ittifoqda vujudga kelishi va rivojlanish tarixi
Voleybol sobiq ittifoqda 1920-1921 yillarda o‘rta Volga (Qozon, Nijniy Novgorod) nohiyalarida tarqala boshladi. 1922 yildan boshlab voleybol Vseobuch (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi. Moskvada voleybol bilan muntazam shug‘ullanishga san’at va teatr vakillari kirishdilar. 1923 yilda tashkil etilgan «Dinamo» jamiyati sportning boshqa turlari bilan bir qatorda voleybolni ham targ‘ib qila boshladi. Xuddi shu yillarda voleybol Uzoq SHarqda – Xabarovsk va Vladivostokda paydo bo‘ldi. 1925 yildan esa Ukrainada ham rivojlana boshladi. SSJIda jismoniy tarbiya va sportning keyingi taraqqiyoti uchun RKP/b/ MK 1925 yil 13 iyul qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda ommani tarbiyalashning samarali usullaridan biri bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish zarurligi uqtirib o‘tildi. Markaziy qo‘mita qarori voleybolning tobora taraqqiy etib borishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Sovet voleybolchilari o‘z oldilariga mamlakatda voleybolni ommalashtirish, tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, texnika va taktikani mukammallashtirish, o‘yinchilarni har tomonlama jismoniy tayyorgarligini yuksaltirish kabi qator vazifalarni qo‘ydilar. Voleybol hamma erda tarqala boshladi. SHu bilan bog‘liq ravishda musobaqalarning yagona qoidalarini ishlab chiqish zarurati tug‘ildi. 1925 yilning yanvarida Moskva jismoniy tarbiya kengashi voleybol bo‘yicha musobaqalarning birinchi rasmiy qoidalrini tuzib tasdiqladi.

To‘rning balandligi – ayollar uchun 2 m 20 sm va erkaklar uchun – 2 m 40 sm qilib belgilandi. Ayollar jamoalarida o‘yin 15 x 7,5 o‘lchamli maydonchada o‘tkaziladigan bo‘ldi. 1926 yilda Moskvada yangi qoidalar asosida birinchi musobaqalar o‘tkazildi. 1927 yildan voleybol bo‘yicha Moskva birinchiligi muntazam ravishda o‘tkazila boshladi. «Sobiq Ittifoqida» birinchi bosmadan chiqarilgan voleybol bo‘yicha maxsus adabiyot 1926 yilda 9 paydo bo‘ldi va u «Voleybol va mushtlar jangi» deb nom olgan edi. Uning mualliflari S.V.Sisoev va A.A. Marku…edi. 1926 yilda yana bir qator muhim voqealar bo‘lib o‘tdi, ya’ni voleybol Butunittifoq jismoniy tarbiya kengashining o‘yinlar sho‘‘basi voleybol bo‘yichamusobaqalarning yagona qoidalarini tasdiqladi. Xarkovda moskvalik va xarkovlik voleybolchilarning shaharlararo uchrashuvi o‘tkazildi. SHu yillarda voleybol faqatgina Moskvada emas, balki Ukrainada, shimoliy Kavkazda, Kavkazortida, Uzoq SHarq va O‘rta Volga o‘lkalarida ham keng tarqaldi. «SSJI» voleybolda taalluqli muhim voqealardan biri 1928 yilning avgustida birinchi Butunittifoq spartakiadasi vaqtida o‘tkazilgan Ittifoq birinchiligi bo‘ldi. Unga Moskva, USSJ, SHimoliy Kavkaz, Kavkazorti Federatsiyasi va Uzoq SHarK o‘lkasining erkaklar va ayollari qatnashadilar. Musobaqalar chiqib ketish tartibida o‘tkazildi. Moskva ayollar jamoasi va Ukrainaning erkaklar jamoasi g‘olib chiqdilar. Birinchi Butun ittifoq spartakidasida voleybolchilarning uchrashuvlari musobaqa qoidalarining alohida bandlarini yagona tartibda izohlash uchun imkon berdi. Shuni aytib o‘tish kerakki, bu erda ayollar jamoalari birinchi bor normal o‘lchovli maydonchalarda (18/9 m) o‘ynaydilar. Sovet Ittifoqining turli m intaqalarida voleybol taraqqiyotida xilma-xil yo‘nalishlar yuzaga kela boshladi. Ukrainaliklar jamoali o‘yin taktikasini va fidokorona himoyani namoyish etdilar, moskvaliklar kuchli hujumchi ekanliklari bilan ko‘zga tashlandilar, Uzoq SHarqliklar esa past uzatilgan to‘p bilan hujum qilishdek ajoyib yangilik olib keldilar. SHuni ta’kidlash kerakki, terma jamoalarning Butunittifoq spartakiadasiga tayyorlanishi voleybolning joylarda ommaviy ravishda rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Butunittifoq spartakiadasi arafasida o‘tkazilgan Ukraina birinchiligida jumhuriyatning viloyat shaharlaridan 21 jamoa ishtirok etdi. Kavkazortining eng kuchli jamoasini aniqlash uchun Boku, Tiflis va Erevan shaharlarining jamoalararo uchrashuvlari o‘tkazildi. Xuddi o‘sha 1928 yilda Moskvada doimiy hakamlar uyushmasi tashkil etildi. Voleybol taraqqiyotida maktab o‘quvchilarining spartakiadasi ham (1929) katta ahamiyatga ega edi. Bu spartakia qatnashchilaridan ko‘pchiligi keyinchalik voleybol ustalari bo‘lib etishdilar.
Tarixni, ajdodlarimiz merosini bilmay turib bugungi kunga baho berish, kelajak loyihasini chizish va istiqlol binosini qurishga kirishish boshi berk ko'chaga kirib qolish ehtimolidan holi emas. Shuning uchun har bir sohani joylarda vujudga kelishi va rivojlanish tarixini o'rganmay shu sohani bugungi va ertangi istiqbolini ta'minlash mllshkul muammodir. Voleybol jismoniy tarbiya va sport tizimining yirik va mustaqil irmoqlaridan biri hisoblanib, O'zbekiston, uning viloyatlari va tumanlarida o'ziga xos rivojlanish tarixiga ega. Voleybol O'zbekistonda eng ommalashgan sport turlari qatoriga kirsa-da, respublikamizning barcha mintaqalarida u turli darajada «obro'-e'tibom qozonib kelgan. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, vodiy shahar va qishloqlarida voleybol boshqa viloyat tumanlaridagiga nisbatan samaraliroq «hurmat»ga sazovor bo'lgan. Bunday vaziyatning sabablari deyarli shu viloyatlar tarixiy-ijtimoiy negizlari bilan bog'liq deb taxmin qilinsa-da, 15 lekin masala chuqur izlanishni, mavzuga oid tarixiy ma'iumotiami ilmiy asosda o'rganishni taqozo etadi. Voleybol O'zbekistonda qachon, qayerda va qanday vaziyatda vujudga kelgani haqida aniq ma'lumot yo'q. Lekin ayrim taxminlarga qaraganda 1921-24-yillarda voleybol o'yini Qo'qon, Toshkent va Farg' onada vujudga kela bosh lagan. 0' sha davrning sport veterani K.Lebedevning hikoyasiga binoan 1924-25-yillarda ko'pgina yoshlarni doira shaklida joylashib bir-birlariga to'p uzatish o'yinlari tarqala boshladi. Qiziq, mazkur davrda voleybol bo'yicha qabul qilingan halqaro musobaqa qoidalari ancha takomillashgan bo'lib, maydoncha 9x18 m, to'p bilan faqat lIch marta o'ynash mumkinligi, o'yinchilar tarkibi bir jamoada 6 kishidan iborat bo'lishi, to'mi balandligi 243 5m (erkaklar uchlln), hisob 15 ochkoga yetganda o'yinning bir bo'Jimi yakunlanishi, to'pni o'yinga kiritish - xullas. barcha o'yin qoidalari zamonaviy voleybol o'yini qoidalariga o'xshash edi. Shunga qaramay O'zbekistonda voleybol qoidalari 1924-25-yillarda hali ancha sodda bo'igan. O'sha davming sport ixlosmandi V.I.Perevoznikovning aytishicha, 1926-yilda Toshkent shahridagi Chemishevskiy nomli maktab o'qituvchisi Moskvadar. musobaqa qoidalari, voleybol to'ri va to'pini birinchi bor keltirgan. 1927-yilning 26-aprelida esa aynan shu maktabning voleybol to' garagi jamoasi birinchi rasmiy mllsobaqa tashkil etib, unda u yuksak mahorat ko'rsatdi va musobaqa g'olibi bo'ldi. Mazkur musobaqa voleybolni ommaviylashishi va shakllanishida katta burilish kashf etdi. 1927-yilning yoz oylaridan birida voleybol bo'yicha Toshkent shahar birinchiligi o'tkazilib, unda 9 ta voleybo\ jamoasi ishtirok etdi. Chernishevskiy nomli maktab voleybol jamoasi bu musobaqada ham g'oliblikni qo'ldan bennadi. Voleybolni keng ommaviylasha borishiga KIM stadionida o'tkazilib keJingan musobaqalar katta ta'sir ko'rsatdi. I 927-yiJda Toshkentda 6 ta voleybol maydonchasi mavjud bO'Jib, ular Chernishevskiy va KIM nomli maktablarda, Mexanika texnikumida (2 ta), «Metallist» sport to'garagi qoshida va Protintern yozgi sport kJubidajoyJashgan edi. 1928-yilda Toshkentda kllzgi volcybol Illllsobaqa\ari bo'lib o'tdi, unda 1018 erkaklar va 4 ta ayollar jamoalari qatnashgan ed.i. 1929-yildan boshlab voleybol bo'yicha Toshkent shahar birinchiligi muntazam o'tkazila boshladi. 1930-yillarda «Dinamo» ko'ngi IIi sport jamiyatida voleybol jamoalari tuzildi. Ilk bor tuziJgan «Dinamo» voJeyboJ jamoasining 16 birinchi murabbiysi B.A.Vorollsov O'zbekistonda voleybolning rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shdi. Shu bilan bir qatorda malakali mutaxassislami yetishmasligi, ayniqsa mahalliy millatga mansub yo'riqchi. murabbiy va tashkilotchilarni sanoqli bo'lganligi voleybolning uzoq viloyat va qishloqlarda quloch yozishiga xalaqit berib keldi. Mehnatkashlarni, ayniqsa ayollarni jismoniy tarbiya va sportga, jumladan, voleybolga jalb qilish maqsadida Toshkent shahar Kengashi Toshkent mavze qo'mitasi bilan birgalikda 1929-yil 25-apreldan 15- maygacha Respublika miqyosida amaliy haftalik tashkil qilgan edi. Mazkur tadbir sezilarli natijalar berdi. lumladan, joylarda jismoniy "tarbiya va sport, aksariyat voleybol bilan shug'ullanuvchilar soni keskin ortib borishi ko'zga tashlandi. Ko'pgina joylarda voleybol maydonchalari va boshqa sport inshootlari barpo etilishi avj olib bordi. O'quv-trenirovka ishlariga va mutaxassislarning malakasini oshirishga, alohida ahamiyat berildi. 1929-yil 30-sentabrda Samarqandda mahalliy millatga mansub bo'lgan yoshlardan ibOl"at jismoniy tarbiya va sport bO'yicha YO'riqchi-tashkilotchilar tayyorlandi. 1933-yilda O'zbekiston Spartakiadasi o'tkazildi. Erkaklar o'rtasida I «Oinamo» va ayollar bahsida «O'ztrans» jamoalari birinchi o'rinni egalladi. 1934-yil o'zbek voleyboli uchun muhim burilish yili bo'lib qoldi.) jumladan, o'zbek voleybo\Chilari birinchi bor Moskvada mamlakat birinchiligida ishtirok etdi. Shu yili voleybol birinchi bor O'rta Osiyo va Qozog'iston Spaltakiadasi dasturidan o'rin oldi. 1936-yilda Toshkentda «lismoniy tarbiya turkumi» va «Fizkultura UYI» ochilishi voleybolning yanada ommaviylashishida katta ahamiyat kashf etdi. Bundan tashqari, Toshkent moliya-iqtisod institutida voleybol bO'yicha mashg'ulot va musobaqalar o'tkazishga mo'ljallangan katta sport zali ochildi. Samarqandda shahar ma'muriyati va shahar tizkultura Kengashi Qaroriga binoan 60 kishiga mo'ljallangan voleybol sport maktabi ochildi. Shuni ham ta'kidlash o'rinliki, o'zbek voleybolini ilk bor ravnaq topishida A.Saakov, G.L.Keshishev, V.X.Slmurov, V.F.Shveduks, A.A.Bogachenko, B.A. Voronsov kabi murabbiylarning xizmati alohida ahamiyatga ega. 1938-yilga kelib O'zbekistonda kuchli jamoalaming soni 72 taga yetdi. Bular SAGU «Oinamo»,_ 000, Qurilish texQikumi. l(Lokomotiv», 17 O'zTRANS, SazPI (Toshkent), Farg'ona, Xorazm, Buxoro, Qoraqalpog'iston. Samarqand, Qo'qon va boshqajamoalardir.



Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin