Narxning
o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi
o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi.
5-jadval.
Narx va taklif miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Bir kg go‘sht narxi (so‘m)
1 oy davomida go‘shtga
bo‘lgan yakka taklif
miqdori (kg)
1 oy davomida go‘shtga
bo‘lgan bozor taklifi
miqdori (tn)
80000
16
16
60000
8
8
40000
5
5
20000
3
3
10000
2
2
Iste’molchi uchun narxning oshishi to‘siq rolini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi
uchun rag‘batlantirish vazifasini bajaradi.
72
Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni
ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni grafikda ifodalab,
taklif egri chizig‘ini
tasvirlash
mumkin (6-chizma).
R,so‘m
80000 S
70000
60000
50000
40000
30000
20000 S
10000
0
2,0 3,0 5,0 8,0 1,0 16,0 Q, tonna
6-chizma. Taklif egri chizig‘i.
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga
narxdan tashqari bir qator omillar
ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
1) resurslarning narxi;
2) ishlab chiqarish texnologiyasi;
3) soliq va subsidiyalar;
4) boshqa tovarlarning narxi;
5) narx o‘zgarishining kutilishi;
6) bozordagi sotuvchilar soni.
Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining
o‘zgarishini taqozo qiladi.
Taklifga ta’sir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.
1.
Resurslarning narxi.
Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida
mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab
chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga
narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi.
Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pasayishi bug‘doy taklifini oshiradi,
yomg‘irlatib sug‘orish xarajatlarining oshishi makkajo‘xori doni taklifini
qisqartiradi.
73
2.
Dostları ilə paylaş: |