112
vazifalarni joylashtirish uchun) va ularni siqish uchun dasturlarni
o‘zgartiradi. Xotirani siqish operatsion tizim tomonidan xotira
maydonining
bo‘lingan
(fragmentatsiya)
qismlarini
tiklash
(defragmentatsiya) uchun amalga oshiriladi. Lekin bu oson ish emas.
Birinchidan, xotiradagi har bir dastur bir-biriga qo‘shni bo‘lishi uchun
ko‘chirilishi kerak, so‘ngra har bir manzil va har bir dasturdagi
manzilga bog‘lanish, dasturning xotirada yangi joylashishini hisobga
olgan holda sozlanishi kerak.
3.13- rasm. O‘zgaruvchan qismli sxemaga misol
Dastlabki 10 Kb xotirani egallaydigan, operatsion tizimni
xotirani siqishdan oldingi va keyingi uchta rasmi. 6-vazifa uchun 84
Kb kerak bo‘lsa, (a) tashqi bo‘linishdagi dastlabki xotira tuzilishi 96
Kbni tashkil qiladi. Siqishdan so‘ng (b) darhol tashqi bo‘linish
bartaraf etildi, bu esa 6-vazifa uchun joy yaratishga imkon berdi,
yuklangandan keyin (c) da ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: