39
bittasini tanlaydi. Va uni bajariluvchi jarayon holatiga o‘tkazadi.
Tizimda paydo bo‘lgan yangi jarayon dastlab bajarilmaydigan jarayon
holatida joylashadi. Bu juda ham qo‘pol model bo‘lib bajarish uchun
jarayonlarni tanlashda u ma’lum vaqtga to‘xtashi va real holatda
bajarish uchun tayyor bo‘lmasligi bois kutish holatida bo‘lishi
mumkin. Bajarilmaydigan jarayon holatidan chiqib ketish uchun ikkita
yangi holatdan foydalaniladi: tayyorlilik va kutish (2.2- rasm).
2.2- rasm. Tayyorlilik va kutish holatlari
Tizimda paydo bo‘lgan har qanday jarayon tayyorlilik holatida
bo‘ladi. Operatsion tizim tayyor jarayonlardan birini tanlab
foydalanadigan algoritmni rejalashtiradi va uni bajarish holatiga
o‘tkazadi. Bajarish holatida jarayonni dasturiy kodini bevosita
bajarishga o‘tkaziladi. Bu jarayon holatidan chiqish uchun uchta sabab
bo‘lishi mumkin:
operatsion tizim uning mavjudligini tugatishi;
ayrim voqealar sodir bo‘lmasligi uchun u o‘z ishini davom
ettirmasligi mumkin va operatsion tizim uni kutish holatiga o‘tkazadi;
uni tayyorlilik holatiga qaytishda hisoblash tizimlarida
uzilishlarning paydo bo‘lishi natijasida (masalan, bajarilish uchun
ajratilgan vaqtni tugab qolishi sababli vaqtni uzilishi).
Jarayon kutish holatidan tayyorlilik holatiga o‘tgandan so‘ng u
qaytadan bajarish uchun tanlanishi mumkin.
2.3- rasmda yana ikkita jarayon holati kiritilgan: yangi (jarayon
tug‘ilishi) va tugatish (bajarishni tugallanishi).
Dostları ilə paylaş: