122
tomondan, tadqiqotning asosiy maqsadi (tasodifiy topilmalar) dan
tashqari normal qiymatlardan og‘ishlar qayd etilishi va shifokorning
e’tiboriga yetkazilishi kerak.
Eyakulyatsiyani o‘rganishning quyidagi turlari amalga oshirilishi
mumkin: klinik, biokimyoviy, bakteriologik, immunologik.
Bemorni spermogrammaga yuborishda shifokor ishonchli
natijaga erishish uchun tadqiqotdan oldin qanday tayyorgarlik
shartlari bajarilishi kerakligini batafsil tushuntirishi kerak:
•
spirtli ichimliklarni har qanday miqdorda 6–7 va eng
yaxshisi 10 kun davomida ichmaslik;
•
2–4 kun davomida eyakulyatsiyadan saqlanish;
•
og‘ir jismoniy zo‘riqishlarni, ziddiyatli vaziyatlarni istisno qilish;
•
kechqurun yaxshi dam olish tavsiya etiladi;
•
2,5 oy ichida toksik omillarni, gipertermiyani istisno
qilishga harakat qilsh;
•
siydik yo‘llari va prostata-vesikulyar kompleksning
yallig‘lanish kasalliklari mavjud bo‘lganda, tekshiruvdan oldin
sanitariya-gigiyena tadbirlarini o‘tkazish va kamida ikki hafta
kutish tavsiya etiladi;
•
eyakulyatsiyani qabul qilishdan oldin siydik chiqarish,
keyin qo‘llarni yuvish va jinsiy a’zolarni sovun bilan yuvish;
•
sperma namunalarini shisha yoki plastmassa toza
(bakteriologik tadqiqot uchun steril), keng bo‘yinli idishda to‘plash.
Dostları ilə paylaş: