Infeksion kasalliklarning yanada tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik uchun shunday kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlar yoki shunday kasallik bor deb gumon qilingan kishilar kasalxonada yoki uyida ajratib qoʻyiladi



Yüklə 46,49 Kb.
tarix10.12.2022
ölçüsü46,49 Kb.
#73560

Infeksion kasalliklarning yanada tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik uchun shunday kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlar yoki shunday kasallik bor deb gumon qilingan kishilar kasalxonada yoki uyida ajratib qoʻyiladi. Toun (chuma), vabo (xolera), toshmali terlama (toshmali tif), ich terlama (qorin tifi), paratif, dizenteriya, virusli gepatit, difteriya va b. kasalliklar topilgan yoki gumon qilingan kishilarni maxsus sanitariya transportida kasalxonaga olib borib yotqizish shart.

  • Gripp, qizamiq, koʻkyutal va b. baʼzi Infeksion kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni alohida xonaga yotqizish, tegishlicha parvarish qilish va dezinfeksiya oʻtkazib turish sharti bilan uyida ajratib qoʻyish mumkin.
  • Sanatoriylar, dam olish uylari, bolalarni sogʻlomlashtirish muassasalari, bolalar bogʻchalari va yaslilarda, shuningdek, kasalxonalarning terapiya, xirurgiya, pediatriya va b. (infeksion boʻlimidan tashqari) boʻlimlarida izolyator jihozlanadi. Ayniqsa, xavfli infeksiyalar (toun, vabo) bilan ogʻrigan bemorlarga yaqin yurgan kishilarni oʻsha kasalliklarning inkubatsion davriga teng keluvchi muddat bilan ajratib qoʻyish shart. Boshqa infeksion kasalliklarda bemorlar turli muddat bilan ajratib qoʻyiladi (jadval).[1]

Infeksion kasalliklar — patogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlar va h. k.)ning kishi, hayvon va oʻsimlik organizmiga kirib koʻpayib, zararli taʼsir koʻrsatishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, qizamiq) bemorga yaqin yurilganda yuqadi, ularga „yuqumli kasalliklar“ termini juda mos keladi. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, bezgak) bemorga yaqin yurilganda („kontakt“ yoʻli bilan) yuqmaydi, demak, ularga „yuqumli kasalliklar“ termini unchalik toʻgʻri kelmaydi.


Yüklə 46,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin