Творческая работа по контролю созданию условий для преподавания естествознания в общеобразовательных школах республики, по обеспечению учащихся новыми знаниями, а также формирование умений на основе


THE IMPORTANCE OF USING NEW INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN



Yüklə 323,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix10.03.2023
ölçüsü323,42 Kb.
#87157
növüТворческая работа
1   2   3
biologiya-fanini-o-qitishda-yangi-innovatsion-texnologiyalardan-foydalanishning-ahamiyati

 
THE IMPORTANCE OF USING NEW INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN 
TEACHING BIOLOGY 
 
Abstract: The article describes work in small school groups, visualization, 
independent creative work to control and create conditions for teaching natural science in 
secondary schools of the republic, to provide students with new knowledge and the 
formation of skills based on new knowledge, considers the use of non-traditional teaching 
methods, such as game exercises and role-playing games. 
Keywords: school, game lessons, student personality, biology, information technology, 
skills. 


Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
Chirchik, Uzbekistan 555 International Conference 
Bugungi kunda mamlakatimizda boshqa fanlarga berilayotgani kabi tabiiy 
fanlarga ham e’tibor juda yuqori. Respublika umumta’lim maktablarida tabiiy 
fanlarni o‘qitilishini nazorat qilish va shart-sharoitlar yaratish juda muhim 
hisoblanadi. 
Hozirgi kunda o‘quvchilar, talabalar, tinglovchilar aqliy ta’limini 
rivojlantirish uchun ta’lim va tarbiya birligiga beriladigan bilimning ilmiy 
bo‘lishi, bilimning sistemali va izchil bo‘lishi barobarida zamonaviy pedagogik va 
axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga erishilmoqda [1]. 
Har bir dars o‘quvchi uchun yangi axborot hioblanadi. Ayniqsa, yangi o‘quv 
materiali orqali o‘quvchilarni bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy ta’lim 
sifatini ta’minlovchi omildir. O‘quvchilarga yangi bilimlarni berish va olingan 
yangi bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirish uchun kichik guruhlarda 
ishlash, vizuallashtirish, mustaqil ijodiy ishlash, o‘yin mashqlari va rolli o‘yinlar 
kabi noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Mana 
shularni hisobga olgan holda, ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish borasida 
bugungi kunda juda ko’plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda [2]. 
O‘quv jarayonining markazida o‘quvchi shaxsi va qadri, ma’naviyati turar 
ekan, har bir o‘qituvchi bu jarayonni samarali va qiziqarli qilib tashkil qila olishi 
kerak. Shuni e’tiborda tutish kerakki, shaxsga qaratilgan ta’lim, o‘quvchining 
o‘quv-biluv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, uning qiziqish, xohish, 
talab-istaklarini ro‘yobga chiqaruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi. O‘quvchi 
shaxsiga qaratilgan ta’lim, o‘quvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijodiy 
fikrlashga o‘rgatish, mustaqillligi va erkinligini ta’min etish, qiziqishlari asosida 
ish yuritish, ichki imkoniyatlarini ishga solish, o‘z qiziqishlari orqali qo‘shimcha 
ta’lim olishga yo‘llash, o‘z-o‘zini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi [1;3]. 
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish 
maqsadida darslarda turli o‘yinlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. 
O’yinlar vositasida darslarni tashkil etish o’quvchilar biologik qonuniyatlar, 
hodisalar va hayotiy jarayonlarni o‘rganish faoliyatini rivojlantiruvchi usullardan 
biridir. O‘yinlar o‘quvchilarning erkin fikrlash, mustaqil xulosa chiqarish, 
muammoli vaziyatlardan chiqa olish qobiliyatini oshiradi, tez javob topish 
ko’nikmasini rivojlantiradi, ziyrakligini orttiradi. O‘yin darslari o’qitishning faol 
shakllaridan biridir. O‘yin darslarining asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘quv 
jarayoniga qiziqishlarini orttirish va bu bilan o‘qish samaradorligini oshirishdir [3]. 
O‘yin darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga qiziqishlarni 
oshirish va bu bilan o‘qish samaradorligini oshirishdir. Tashqaridan qaraganda 
o‘yin yengil, betashvish ko‘rinishda, aslida boladan maksimum energiya berilishini 



Yüklə 323,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin