Tuzilishi. Reja: 1


Hasharotlarning ichki tuzulishi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə7/8
tarix27.02.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#85835
1   2   3   4   5   6   7   8
Tuzilishi. Reja 1

Hasharotlarning ichki tuzulishi.
Muskullari. Hasharotlar tanasida 1,5 mingdan 2,4 minggacha yaxshi ixtisoslashgan asosan ko'ndalang targ'il tolali muskullar bo'ladi. Hasharotlarning ko'krak va oyoq skelet muskullari yaxshi rivojlangan. Skelet muskullari odatda kutikula skleritlarining ichki yuzasiga birikadi. Hasharotlarning ko'ndalang-targ'il muskullari unuirtqali hayvonlarnikidan boshqacharoq tuzilgan. Sarkoplazma va unda bir qator bo'lib joylashgan yadrolari hujayra markazida bo'lib, ularni fibrillalar (muskul tolalari) o'rab turadi. Umurtqali hayvonlaruing muskullarida esa fibrillalar hujayrada bir tekis tarqalgan, yadrolar juda sirtqi yupqa sarkoplazma qavatida joylashgan.
Muskullar, ayniqsa, qanotlarni harakatga keltiruvchi muskullar juda tez, ya'ni sekundiga 1000 martagacha qisqarish xususiyatiga ega. Bu xususiyat muskullaming bitta nerv impulsiga javoban bir necha marta qisqarishi tufayli amalga oshadi. Tez qisqarayotgan muskullarda moddalar almashinuvi jarayoni kuchayadi, muskullar ishlashi tufayli ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga hasharotning tana harorati ko'tariladi. Shu sababli uchib borayotgan hasharot tanasi harorati atrof muhit haroratiga nisbatan yuqori bo'ladi. Qanotlarning ozida hech qanday muskullar bo'lmaydi.(9- rasm.)

9-rasm. Hasharotlarning ichki luzilish sxemasi.
I - antenna, 2 - fasetkali ko'z, 3 - oddiy ko'z, 4 - miya, 5 - so'lak bezi, 6 - yurak 7 - tuxumdon, 8 - dum qili, 9 -jinsiy teshik, 10 - malpigi naychalari, 11 -o'rta ichak, 12 panja, 13— boldir, 14 -son, 15-o'ynog'ich, 16-chanoq, 17-qorin nerv zanjiri, 18- halqumosti gangliy, 19- ikkinchi ostki jag', 20- birinchi ostki jag', 21 –yuqori jag', 22 - yuqori lab.
Ularning uchishida ko'krak muskullari ayniqsa ко'krakni siquvchi dorzoventral muskullarning ahamiyati katta. Ko'krak bo'limi dorzoventral tomonga siqilganida qanoti ko'tariladi, ikki yondan siqilganida qanotlar tushiriladi.
Ovqat hazm qilish sistemasi. Hasharotlarning og'iz bo'shlig'i yuqori lab va boshqa og'iz organlari bilan о 'ralgan. Suyuq oziq bilan oziqlanadigan turlarda esa og'iz bo'shlig'i ingichka nayni hosil qiladi. Og'iz bo'shlig'ining keyingi tomonida pastki lablar asosiga 1-3 juft so'lak bezlarining yo'li ochiladi. So'lakdagi fermentlar oziq tarkibidagi tez hazm bo'ladigan kraxmal va shakarga ta'sir ko'rsatadi. Qon so'ruvchi hasharotlar so'lagi tarkibida qonni ivishiga qarshilik qiladigan moddalar- antiko-agulyantlar bo'ladi. Bundan tashqari so'lakdagi qichitqon moddalar terini qitiqlab, hasharot chaqqan joyga qonni oqib kelishini kuchaytiradi. Arilarning so'lak bezlari sekret nektar bilan aralashib asal hosil qiladi. Ishchi arilarning maxsus halqum bezlari "asalari suti" deb ataladigan oqsil modda ajratib chiqaradi. Bu modda bilan arilar ona ari rivojlanadigan qurtlarni boqishadi. Kapalaklarning qurtlarida so'lak bezlariinng bir jufti o'z funksiyasini o'zgartirib, ipak bezlariga aylanadi. Bu bezlar ishlab chiqargan suyuqlik havoda qotib ipak ipga aylanadi. Qurtlar bu ipdan pilla o'raydi. Og'iz bo'shlig'i va halqum kuchli muskullar orqali bosh qutisi devoriga yopishib turadi. Bu muskullarning qisqarishi tufayli oziq halqumga so'rib olinadi.
Hasharotlarning ichagi oldingi, o'rta va keyingi bo'limlardan iborat (9, 10- rasmlar). Oldingi ichak qisqa halqumdan boshlanadi. Halqum ingichka va uzun qizilo'ngach bilan tutashgan. Qizilo'ngachuing keyingi qismi kengayib jig'ildonga aylanadi. Jig'ildon oziq to'planadigan organ bo'lib, undan oziq oz-ozdan ichakning keyingi qismiga o'tib turadi. Ishchi asalarilar jig'ildoniga nektar yig'adi. Bu yerda nektar so'lak bezlari sekreti bilan aralashadi. Arilar bu suyuqlikni jig'ildondan kataklarga to'kadi. Kataklarda suyuqlik asalga aylanadi. Qattiq oziq bilan oziqlanadigan suvaraklar, to'g'riqanotlilar va yirtqich qo'ng'izlarda jig'ildondan keyin kavshovchi oshqozon joylashgan. Oshqozon devori kutikulasi ko'p sonli qattiq bo'rtmalar shaklidagi tichchalar hosil qiladi. Bu tishchalar yordamida oziq qaytadan maydalanadi.
Hasharotlaming o'rta ichagi ham oziqlanish usuliga va ovqat xiliga niuvofiq har xil tuzilgan. Suvaraklarda o'rta ichakning oldingi qismida sakkizta ko'r o'simtalar joylashgan. Qo'ng'izlarda esa bunday o'simtalar juda ham ко'p bo'ladi, arilarda bo'lmaydi. O'rta ichakda oziq hazm bo'ladi va so'riladi. Hasharotlaming jigari bo'Imaydi. Ko'r o'simtalari jigar singari ichakning bezli va so'ruvchi yuzasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Ichak devorida juda ko'p burmalar bor. Ovqat hazm qilish fermentlari oziq xiliga qarab har-xil bo'ladi. Ozig'i asosan oqsildan iborat bo'lganidan qon so'ruvchi hasharotlar ichagida proteolitik fermentlar, nektar bilan oziqlanadigan hasharotlarda esa uglevodlarga ta'sir qiluvchi fermentlar ko'proq bo' ladi. Bir talay fitofag (o'simlikxo'r) hasharotlar ichagida bakteriyalar va bir hujayrali organizmlar simbioz yashaydi. Ular hasharotlarga qattiq klechatkani hazm qilishga yordam beradi.
Hasharotlaming o'rta ichagi epiteliysi ichakdagi oziq atrofida juda yupqa parda peritrofik membrane hosil qiladi. Bu membrana fermentlarni oziq ichiga, ovqat hazm qilish mahsulotlarini ichak bo'shlig'iga o'tishni ta'minlaydi, oziqning hazm bo'lishiga yordam beradi. Bundan tashqari membrana ichak devorini yemirilishdan saqlaydi.
Ichakning keyingi bo'limi, ya'ni keyingi ichak ham ko'pincha ikki qismga: yo'g'on ichak va to'g'ri ichakka bo'linadi. To'g'ri ichak kengayib, kloaka deb ataladigan yopiq xaltasimon o'simtani hosil qiladi. Keyingi ichakda odatda hasharotlaming rektal bezlari joylashgan. Keyingi ichagi ham oldingi ichagi kabi ektodermadan kelib chiqqan. Keyingi ichakning funksiyalari to'g'risida keyinroq bayon qilinadi. Hasharotlar juda xilma-xil oziqlanish bilan boshqa umurtqasiz hayvonlardan ajralib turadi. Ular orasida faqat o'simlik bilan oziqlanadigan fito-faglari, boshqa tirik hayvonlar bilan oziqlanadigan yirtqich - zoofag-lari, hayvonlar murdasi va go'ngi bilan oziqlanadigan nekrofaglari va koprqfaglari, chiriyotgan o'simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanadigan saprofaglari, shuningdek har xil oziq yeyaveradiganpolifaglari bor. Keratofaglar hatto pat, soch, mum, shox kabi boshqa hayvonlar o'zlashtirolmaydigan oziqgaham moslashgan.
Nafas oJi.';h sistemasi. Ko'pchilik hasharotlaming yaxshi rivojlan-gan traxeyalar sistemasi bo'ladi. Faqat ayrim, asosan tuban tuzilgan hasharotlaming traxeyalari rivojlanmagan; ular tana qoplag'ichi orqali difluziya yo'li bilan nafas oladi. Nafas olish sistemasi tanasining ikki yon-ida joylashgan nafas olish teshiklari yoki stigmalardan boshlanadi. Stig malar 10 juft yoki undan kamroq boiadi. Ular o'rta va orqa ko'krak hamda 8 ta qorin bo'g'imlarida joylashgan. Stigmalar ochib va yopib tu-ruvchi maxsus moslama bilan ta'minlangan. Stigmalarning teshigi tana-da ko'ndalang joylashgan yo'g'on va ko'ndalang traxeya naylariga ochi-ladi. Bu naylar tana bo'ylab o'tuvchi ikkita asosiy traxeyalar orqali o'zaro tutashgan. Asosiy traxeya naylaridan birmuncha ingiciikaroq naylar boshlanadi; ular ham ko'p marta ketma-ket shoxlanib, ingichka naylarni hosilqiladi. Bu naylar hamma organ 1 ami o'rabturadi. Naylar ko'p marta shoxlanadi va ucbJki hujayralar bilan tamora bo'ladi. Traxeyalar hatto ayrim hujayralarning ichiga ham kirib boradi. Ba'zan traxeyalarning ayrim qism-lari kengayib havo xaltachalarini hosil qiladi. Bundan tashqari yaxslu uch-adigan ko'pchilik pardaqanodilar, pashsha va boshqa hasharotlarning qorin bo'shlig'ida havo xaltachalari bo'ladi. Ana shu havo xaltachalari tufayli hasharotlarning traxeya sistemasida havo almashinadi. Xaitachaiar hasharotlartanasining solishtirmaog'irligini kamaytiradi. Havo xaltachalari hasharotlar uchayotganida sarf boiadigan rezerv havo saqlanadigan joy ham bo'lib xizmat qiladi. Stigmalarda yopib ochuvchi apparatning bo'lishi tufayli quruqlikda yashovchi hasharotlarning nafas olish jarayon-ida suv bug'lanishi keskin kamayadi. Stigmalar juda qisqa vaqt ochilgani-da ham kislorodning diffuziyasi havoga nisbatan yuqori bo'lgani tufayli traxeyalarga kirishga ulguradi; suv bug'i esa traxeyalardan chiqishga ul-gurmaydi. Traxeyalar hasharotlarning embrional rivojlanishi davridaek-todermadan hosil bo'ladi. Traxeya naylari bir qavat epiteliy hujayralari-dan iborat; traxcolalardan tashqari hamma traxeya naylarining ichki yu-zasi xitin modda bilan qoplangan. Traxeya naylarining ichki yuzasida xitin moddadan iborat spiral yo'g'onlashuvpaydo bo'ladi. Faqat traxeolalarda bunday yo'g'onlashuvbo'lmaydi. Spiral yo'g'onlashuvtraxeyalarnidoimo ochiq boiishiga imkon beradi, nafas chiqarishdan keyin ham naylar de-vori yopishib qohnaydi.
Nam joylarda hayot kechiradigan kam harakat hasharotlarning nafas olish teshigi doimo ochiq bo'ladi. Traxeya sistemasi orqali gaz almashinuvi passiv, ya'ni diffuziya orqali sodir bo'ladi Moddalar almashinuvi juda tez kechadigan fao! hayot kechiruvchi hasharotlarning traxeyalarida gaz al-mashinuv jarayoni qorin bo'limining siqilishi vabo'shashi orqali boradigan nafas olish harakatlari bilan bog'liq. Nafas olish tezligi hasharotlarning turi, uning fiziologik holati va muhit sharoitiga bog'liq. Masalan, asalari tinch holatda har daqiqada 40 marta, harakatlanganida 120 marta nafas oladi.
Suvda yashovchi hasharotlar nafas olish sistemasining tuzilishidahar xil moslashishlar paydo bo'ladi. Ularni nafas olish xususiyatlariga ko'ra ikki guruhga ajratish mumkin. Bir qancha hasharotlar suvda yashab, at-mosfera havosidan (suv qandalalari, qo'ng'izlari, pashshalar lichinkasi), boshqalari esa suvda crigan kislorod bilan nafas oladi (ninachilar, bulo-qchilarva kunlikkapalaklarning lichinkalari).
Atmoslera havosi bilan nafas oladigan suv hasharotlarining tanasida nafas olish bilan bog'liq bo'lgan havosaqlaydigan bo'shliqlar, tuklar, havo o'fkazish naylari yoki boshqa xil moslamalar paydo bo'ladi. Masalan, suv chayonlari qornining uchki qismidagi uzun o'simtasi havo o'tkazish nayi hisoblanadi. Bu nay nafas olish leshiklari (stigmalar) bilan tutashgan. Suv chayoni nafas olishi uchun dum o'simtasini suvdan chiqarishi kifoya. Suv qo'ng'izilarining nafas olish teshiklari qorin bo'limining orqa tomonida, ya'ni elitrasi (ust qanoti) ning ostida joylashgan. Ehtra tanasiga zich yo-pishmaganligi tufayli uning ostida bo'shliq, ya'ni havo kamerasi hosil boiadi. Qo'ng'izsuv yuzasiga ko'tarilib, qornining keyingiuchini suvdan chiqaradi; elitrasi ostiga havo to'ldirib oladi. Qo'ng'iz suvgashung'iganida ana shu havo hisobidan nafas olib turadi.
Hasharotlarning havo o'tkazuvchi naylari butun tanaga iarqalgan; kislorodni to'ppato'g'ri to'qimalarga va hujayralarga yetkazib beradi. Bu jihatdan ya'ni traxeya qisman qon tomirlari ranksiyasini ham bajaradi. Bu jarayonda traxeyalarning uchki hujayra ichida joylashgan shoxchalari - traxeolalar muhim vazifani bajaradi. Tinch holatda to'qimalar kislorodni kam sarflaganligi tufayli traxeolalarga to'qima suyuqligi kiradi vahavo siqib chiqariladi. Faol holatda esa aksincha, suyuqlik traxeokiiardan hujayralar va to'qimalarga o'tadi; traxeolalar traxeyalardan keladigan havo bilan to'lishi natijasida hujayralarga ko'proq kislorod keladi. Ko'pchilik hasharotlar (kunliklar, bnloqchilar, ninachilarjning suvda yashovchi lichinkalari traxeyajabralar yordamida suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Ularning tashqi nafas olish teshigi rivojlanmagan; traxeya sistemasi yopiq. Traxeyajabralar lichinka qorin bo'limida joylashgan ipsimon yoki bargsimon yupqa devorli o'simtalardan iborat. Traxeyalar ana shu o'simtalar ichida joylashgan. Suvda hayot kechiradigan kunliklar lichinkasining traxeyajabralari plastinka shaklidabo'lib, lokomotororgan-lar vazifasini ham bajaradi. Bentos (suv tubi)da yashovchi kunliklar, bulo-qchilar va boshqa hasharotlar lichinkalarining traxeya jabralari ipsimon shaklda; voyaga yetayotgan hasharotlami quruqlikka chiqishi davrida traxeya jabralari yo'qolib, tashqi nafas olish teshiklari paydo bo'lishi bilan yopiq traxeyalar sistemasi ochiq sistemaga aylanadi.


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin