Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə6/33
tarix20.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#165515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Qiyosiy grammatika UMK

taxar

ura

pul

tav,tuu

sarы


kalan

Chuvash

2-D-guruh

uyg‘ur

toquz

adaq

pol

tag

sarыg‘

kal-gon

karagas, tuva, va sarin, uyg‘ur, shor

3-Tav-guruh

qipchoq

tog‘uz

ayaq

bel pul

tav

sarы

kalgan

oltoy, qirg‘iz, qumiq, qorachoy, karaim, tatar, boshqird, qozoq, no`g‘ay

4-Tog‘lik-guruh

chig‘atoy

toquz

ayaq

bol

tag

sarыq

kal-gon

o`zbek

5-Tog‘li-guruh

qipchoq-turkman

doquz

ayak

bol

tog

sarы

kol-g‘on




6-Ol-guruh

turkman

doquz

ayaq

ol

dag

sarы

kalak

turkman, ozarbayjon, turk, gagauz.

Albatta, bu tasnif ham hozirgi turkiy tillarning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida, bir tomondan, qadimgi negiz (asos) tillar bilan, ikkinchi tomondan, manchjur, xitoy, fors-tojik, rus, hatto fin-ugar tillari bilan uzluksiz munosabatda yuz bergan tovush qiyofasi, lug‘at boyligi va grammatik qurilishidagi o`zgarishlarni to`la aks ettirib bergan emas. Chunki eradan oldingi asrlardan to hozirgi davrlargacha Sibir, Markaziy va O`rta Osiyo, Sharqiy Ovro`pa hududlarida hayot kechirgan turli turkiy urug‘ va qabilalar ittifoqlari va elatlar uzluksiz jangu jadallar, bosqinlar, g‘oliblik va mag‘lubliklar natijasida necha marta qo`shilib, necha marta parchalangan, ayrim qabila va qabilalar ittifoqi g‘olib qabila va qabilalar ittifoqi tarkibiga singib ketgan va h. Bu, shubhasiz, ularning tillarida ham o`z ifodasini topgan.


Ma’lumki, tarixiy manbalar turkiy qabilalar va ularning tillari juda qadimdan boshlab sharqiy va g‘arbiy turkiy qabilalar va qabila tillariga ajralib ketganligidan dalolat beradi. Bu bo`linish ikki bosqichga ega bo`lib, birinchisi yangi eraning boshlarida turkiy qabilalarning sharqiy va g‘arbiy xunnlarga ajralishi bo`lsa, ikkinchisi VII–VIII asrlarda yagona Tukyu davlati va uning tarkibidagi turkiy qabilalarning sharqiy va g‘arbiy tukyu qabilalar va qabilalar ittifoqlariga ajralib ketishidir. Hozirgi turkiy xalqlar va ularning tillarining asosi o`tmishdagi sharqiy va g‘arbiy tukyu, qadimgi sharqiy va g‘arbiy xunnlarga borib taqaladi.
Masalan, hozirgi qoraqalpoq xalqi tarixi xazar, pecheneg, poloves qabilalari ittifoqlari tarixi, keyinroq Oltin O`rda, no`g‘ay, qozoq, o`zbek qabilalar ittifoqlari tarixi bilan uzviy bog‘liqdir.
Tarixning shahodat berishicha, ularning barchasi kelib chiqishi jihatidan qadimgi g‘arbiy tukyu, g‘arbiy xunn uyushmalari va qadimgi o`g‘iz va qipchoq g‘arbiy qabilalar ittifoqlari va uyushmalari bilan ulanadi. Demak, hozirgi qoraqolpoq xalqi tarkibida bir qancha qadimgi urug‘ va qabilalarni mujassamlashtirgan bo`lib, ularning har biri qadimgi poloveslar, pecheneglar, Dashti Qipchoqdagi qipchoq qabilalar uyushmalari, uzoq o`tmishdagi g‘arbiy xunn tarkibidagi xazar va bulg‘orlar bilan qon-qarindoshdir. Hozirgi qoraqalpoq xalqi tarkibidagi xontekli, qang‘li, irg‘oqli, qo`ng‘irot, qazayaqli, qushtamg‘ali, achamayli, qipchoq, nukis, mang‘it, kenagas, uyg‘ur, tilav, taroqli kabi urug‘ va qabilalarning xuddi shu nomlar bilan hozirgi no`g‘ay, qozoq, o`zbek va hatto boshqird xalqlari tarkibida ham mavjudligi buning dalilidir. Bu xususiyat ayrim olingan har bir turkiy xalq va turkiy til tarixiga ham taalluqlidir.
Turkiy tillar taraqqiyotining uzoq tarixiy jarayoni va har bir turkiy tillarning o`ziga xos va umumturkiy tovush qiyofasi, lug‘at boyligi hamda grammatik qurilishidagi o`zgarishlarni hisobga olgan holda N.A.Baskakov ularni dastlab ikki yirik tarmoqqa: turkiy tillarning g‘arbiy xunn tarmog‘iga va sharqiy xunn tarmog‘iga ajratadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin