Turkistonda 1917 yilgi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#131095
  1   2
002 O\'zbekiston tarixi Turkistonda sovetlar hokimiyatini majburiy



Mavzu:Turkistonda sovetlar hokimiyatining
majburiy tarzda o’rnatilishi hamda
bolsheviklar diktaturasi
O’zbekiston tarixi fani o’qituvchisi
Islamova S.


O’tilgan mavzuni takrorlash
• «Sho‘roi Islomiya»
• «Ittifoqi muslimin»
• «Sho‘roi Ulamo»
• “al-Izoh” 
• “al-Isloh”
• Turkiston komiteti


Turkistonda sovet hokimiyatining majburiy
tarzda o‘rnatilishi hamda bolsheviklar
diktaturasi
• Rossiyadagi Oktyabr to‘ntarishi hamda uning Turkiston o‘lkasiga
ta’siri. 1917-yil avgust oxiri – sentyabr boshlarida bolsheviklar
Petrograd va Moskva Sovetlarida ko‘pchilikni egalladi hamda
hokimiyatni bosib olish uchun qurolli to‘ntarishga tayyorgarlik ko‘rdi. 
24-oktyabrdan 25-oktyabrga o‘tar kechasi qurollangan ishchilar, 
Petrograd garnizonining soldatlari va Bol- tiq flotining matroslari
Qishki saroyga bostirib kirdi va majlis o‘tkazayotgan Muvaqqat
hukumat a’zolarini qamoqqa oldi. Petrogradda ochilgan Butunros- siya
Sovetlarining II syezdida bolsheviklar dastlab so‘l eserlar bilan
hamkor- likda Muvaqqat hukumat ag‘darilganligini qo‘llab-quvvatlab, 
Tinchlik va yer to‘g‘risida dekretlar e’lon qildilar


Bolsheviklar diktaturasi
Vladimir Ilich Ulyanov (Lenin) boshchiligidagi hukumat – Xalq Komissar- lari Soveti (XKS)ni tuzdilar.
Bolsheviklar Petrograd va Moskvada Muvaqqat hukumatga sodiq kuchlarning qarshiligini shafqatsiz bostirib,
Rossiyaning muhim markaziy sanoat shaharlarida tezlik bilan o‘z hokimiyatlarini o‘rnatishdi. 1917-yil kuzida
Turkistonda hokimiyatning bolsheviklar ta’siridagi Sovetlar qo‘liga o‘tishi uchun obyektiv shart-sharoit yo‘q
edi, bolsheviklarning omma o‘rtasida ta’siri ham oz bo‘lgan. Bu yerda asosiy siyosiy kuchlar eserlar va milliy
partiyalar edi. Biroq mana shunday murakkab siyosiy sharoitda Turkis- tondagi milliy siyosiy kuchlar va
ularning yetakchilari bolsheviklarning kuchini yetarlicha baholamadi hamda unga qarshi kurashga birlasha
olmadi.


Toshkentda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi
hamda Turkiston o‘lka Xalq Komissarlari
Sovetining tashkil qilinishi. 
Oktyabr to‘ntarishi haqidagi
xabar 27-oktyabrda
Toshkentga yetib kelgach, 
bolsheviklar va so‘l eserlar
hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li
bilan egallash uchun kurash
boshladilar. 


Bolsheviklar va so‘l eserlarning
Turkiston jadidlariga qarshi kurashi. 
Turkistonning kelgusi taqdiri hal qilinayotgan ana shu murakkab paytda
bol- sheviklar va sovet hokimiyatiga munosabat masalasida musulmon
aholining asosiy vakillari bo‘lgan “Sho‘roi Ulamo” hamda
taraqqiyparvarlardan iborat Milliy Markaz (Kraymussovet) o‘rtasida
kurash avjiga chiqib ketdi. “Sho‘roi Ulamo” tashkilotining Toshkent
shu’basi yetakchilari (Sherali Lapin va b.) hokimiyatni zo‘ravonlik bilan
egallagan bolsheviklarni qo‘llab-quvvatlashdi. Turkiston o‘lka
musulmonlari Markaziy Kengashi (Milliy Markaz) bolshe- viklar bilan
hamkorlik qilishga qarshi chiqdilar va noyabr oyi boshlarida Tosh-
kentdan Qo‘qon shahriga ko‘chib o‘tib, Farg‘ona vodiysida o‘z
faoliyatlarini kuchaytirdilar. “Sho‘roi Islomiya” tashkiloti ham bu paytda
o‘z qarorgohini Qo‘qonga ko‘chirgan edi.


• Turkiston o‘lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining
favqulodda 1918-yil 19 – 26-yanvarda bo‘lib o‘tgan IV syezdida
Turkiston Mux- toriyati hukumatini kuch bilan tugatishga qaror
qilishdi. Turkiston o‘lka XKS 1918-yil 30-yanvar kuni harbiy
harakatlarni boshladi. Turkiston bolsheviklari buning uchun qizil
gvardiyachilardan tashqari armanlarning “Dashnoq- sutyun” partiyasi
a’zolaridan tuzilgan qurolli drujinalardan ham keng foyda- landi. 30-
yanvar kechqurun Toshkentdan yuborilgan dastlabki harbiy otryad- lar
Skobelevdan Qo‘qonga to‘p va pulemyotlar bilan yetib keldi. 31-
yanvar tushdan keyin jang harakatlari boshlandi. 15-fevralda esa
shaharda yong‘inlar bo‘ldi.



Turkiston muxtoriyati
Ulug‘ Turkiston” gazetasi chuqur qayg‘u bilan xabar berganidek, “20- fevral Xo‘qand (Qo‘qon) tarixining eng
dahshatli kuni edi. Armanilar ayricha faoliyat ko‘rsatganlar...” Gazetadagi ushbu maqola “Xo‘qand hozir o‘liklar
shahri” degan dahshatli ibora bilan tugaydi.


• O‘zingizni sinang!
• Qishki saroyni egallagan kuchlar – bu ... 
• Vladimir Ulyanov – bu ...
• F. Kolesov va Ye.Perfilevlar – bu ...
• Muxtoriyatning ma’muriy markazi – bu...
• Muxtoriyat Bosh vazirlari – bu ...



Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin