Turizm sohasidagi xizmatlar va mahsulotlar



Yüklə 96,09 Kb.
səhifə4/8
tarix05.04.2023
ölçüsü96,09 Kb.
#93707
1   2   3   4   5   6   7   8
Turizm sohasidagi xizmatlar va mahsulotlar

Turto‘plam (turpaket) – iste’molchilarga guruhli yoki individual variantlar bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlar to‘plamiga kiradi. Turpaketni tashkillashtirishga ta’sir etuvchi omillar:

  • berilgan sayohatga talabning mavjudligi;

  • xizmatlar, infratuzilma, moddiy bazaning mavjudligi;

  • aviakompaniyalar va boshqa transport kompaniyalari bilan munosabati;

  • jo‘natuvchi va qabul qiluvchi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar;

  • hamkor turistik tashkilotlar bilan munosabat;

  • belgilangan mamlakatda turizmning rivojlanish darajasi;

  • belgilangan mamlakatning siyosiy barqarorligi.

Shuni ta’kidlash lozimki, siyosiy barqarorlik omili turoperator tomonidan o‘zining strategiyasini ishlab chiqishda muhim hisoblanadi. Turizmda Suriya, Levandagi voqealar, Misrdagi terroristik portlashlar bilan bog‘liq hodisalar talabning keskin pasayish hollariga olib keladi. Ushbu yo‘nalishlarga ixtisoslashgan turoperatorlar katta yo‘qotishlarni boshdan kechirdilar. Ammo shuni ham ta’kidlash lozimki, ushbu hududlarda vaziyat barqaror bo‘lishi bilan turistlar oqimi yana kuchaya boshlaydi. Berlindagi xalqaro turizm birjasida qayd etilganidek, turist xavf-xatarni yengib o‘tishga moyil. Siyosiy barqarorlik qayta Yaxshilangan mamlakatlarda, shu bilan birga turpaketning narxlari arzonlashganda turistik oqim yana kuchaya boshlaydi.


Turpaket narxi.
Turpaketning muvafaqqiyatiga ta’sir etuvchi eng muhim omil bu – narxdir. Ommaviy bozor turoperatorlari asosan raqiblar narxiga asoslanib narx belgilashadi, ayniqsa turpaketlarga talab pasayganda (o‘lik mavsumda). Turpaket narxini aniqlashda turoperatorlar bozor yetakchilari narxlariga amal qilishadi. Yirik turoperatorlar harajatlarni kamaytirishadi va shu bilan raqiblarining narxlashtirishda omadga erishishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan narxlashtirish usullaridan biri bu harajatlarga asoslangan narxlardir, ya’ni mahsulot tannarxi hisoblanadi va daromadning ma’lum foizi qo‘shiladi. Turpaket narxiga kiruvchi daromad foizi qo‘shimcha harajatlarni qoplash, fondlarga ajratmalar, maosh va sof daromadni hisoblash orqali aniqlanadi va 15 % dan 30% gacha bo‘ladi. Turizmda narxlar harajatlar va daromadlar notekis taqsimlangan vaqtda bozordagi talabning tebranishini ifodalaydi. «o‘lik mavsum»da narxlar pasayadi va mavsumda ular qayta tiklanadi (daromad evaziga). Turpaketlar narxi nafaqat turistik bozorning holati, raqobatchilarning narxiga, balki boshqa turlar narxiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Buyurtmali tur. Inklyuziv tur
Buyurtmali turlarni sotishda dasturni shakllantirish va xizmatlar tarkibini Yaxlitlash turist xohishiga binoan, uning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Turistga taklif etilayotgan dam olish maskanida turli xil tur xizmatlarning har biri bo‘yicha turli xizmat ko‘rsatish variantlari taklif etiladi:

  • joylashtirish-joylashgan joyi va turi, darajasi bo‘yicha turli xil mehmonxonalar;

  • ovqatlanish-turli variantlar (to‘liq yoki yarim pansion, yoki umuman ovqatlanishsiz) shved stoli yoki «alya kard» va h.k.;

  • ekskursiyalar va ko‘ngilochar xizmatlar;

  • transport xizmatlari – aviauchish variantlari, temiryo‘l tashuvlari, avtomobil ijarasi va h.k.;

  • sport va davolanish kurort xizmatlari;

  • viza xizmatlari, shuningdek, sug‘urta xizmatlari.

Yuqorida aytilganidek, bunday turlarni tuzishda turistning o‘zi bevosita ishtirok etishi ham mumkin. Turist tomonidan tanlangan xizmatlar tur dasturda shakllantiriladi, narxi hisoblanadi, uni turist turpaketga ega bo‘lgach to‘laydi. Odatda bunday buyurtmalar agentliklarda shakllantiriladi va so‘ng joriy qilish uchun turoperatorga yo‘naltiriladi. Buyurtmalarni tez va sifatli ta’minlash uchun bugungi kunda xalqaro turizmda turagentliklar va operatorlik kompaniyalari tomonidan zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanmoqda. Xalqaro turizmda paketni Yaxlitlash muammolari, narxni hisoblash va turni sotishni operativ hal qilish uchun kompyuter va telefaks aloqasidan keng foydalaniladi.

Yüklə 96,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin