Turg’unov Ulug’bek Mustaqil ta’lim Mavzu: C# va boshqa tillarda (Pascal, C++) modulli dasturlash



Yüklə 22,66 Kb.
səhifə2/3
tarix18.12.2022
ölçüsü22,66 Kb.
#76023
1   2   3
Turg’unov Ulug’bek Mustaqil ta’lim Mavzu C# va boshqa tillarda

2.Asosiy qism
2.1. Asosiy nazariy qism
C++ tili sintaksisi va uning leksik asosi. C++ tili dasturining tuzilishi va shakli. Berilganlar turlari. C++ tilining tayanch turlari. O’zgaruvchilar va ifodalar. Amallar: inkrement, dekrement, sizeof, mantiqiy, razryadli, taqqoslash. O’qish-yozish oqimlari (cin, cout). Operatorlar. Shart operatorlari. Takrorlash operatorlari. Boshqaruvni uzatish operatorlari. Statik massivlar. Funksiyalar e’lon qilish va aniqlash. Lokal va global o’zgaruvchilar. Rekursiv funksiyalar. Standart kutubxona funksiyalari. Ko’rsatkichlar va adres oluvchi o’zgaruvchilar. Dinamik massivlar. Funksiya va massivlar. Satr va ular ustida amallar. Tuzilmalar va birlashmalar. Dinamik tuzilmalar. Fayl tushunchasi. Matn va binar fayllar. Fayl va satr oqimlari. Fayldan o’qish-yozish funksiyalari. Fayl ko’rsatkichini boshqarish funksiyalari. C++ tilida sinflar. Sinfni va ob’ektlarni tavsiflash. Sinf maydonlari va metodlari. Konstruktor va Destruktorlar. Operatorlarni qayta yuklash. Vorislik.
2.2.O’quv fani bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.
Fan nazariy va amaliy qismlardan iborat. Nazariy qism informatika va hisoblash texnikasi, algoritmlar, C/C++ dasturlash tili, C++Builder ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash muhitlarida ishlash bo’yicha ko’rsatmalar bo’limlaridan tashkil topgan. Dasturda kompyuterda dasturlashga kirishning nazariy asosi bo’lgan algoritmlarga alohida e’tibor qaratilgan. Bu erda algoritmlarni tavsiflash va keyinchalik kompyuterda amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bir qator matematik tushunchalar - takrorlash, yordamchi algoritm, rekursiya, xotira, massiv, indeks, funksiya, parametr va h.k. kiritilib, turli xil sinf masalalarining algoritmlari tuziladi. Dasturlash tili - tuzilgan algoritmni kompyuter amalga oshirishi uchun vositadir. Bu o’rinda turli murakkablikdagi sintaksis va semantikaga ega bo’lgan tillardan foydalanish mumkin. “Dasturlash asoslari” fani yo’nalishning o’quv rejasidagi “Ehtimollar nazariyasi”, “Sonli usullar”, “Diskret matematika va matematik mantiq” fanlari bilan uzviy bog’liq. Fan mazmuni yo’nalishning o’quv rejasidagi “Matematik statistika”, “Ilmiy hisoblashlar”, “Mexanika”, “Oddiy differenstial tenglamalar”, “Xususiy hosilali differenstial tenglamalar” fanlarini o’zlashtirishda tayanch hisoblanadi. “Dasturlash asoslari” fani umumkasbiy fan hisoblanadi va o’quv yilining 1-2 semestrlarida o’qitiladi. Fanni o’qitish ma’ruza, amaliy mashg’ulot va mustaqil ta’lim shaklida olib boriladi.

Yüklə 22,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin