Tumani xtb tasarrufidagi umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi ning


Mashg'ulotning borishi. I.Tashkiliy qism



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə3/5
tarix21.10.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#159217
1   2   3   4   5
1-SINF HUSNIXAT TO\'GARAKI

Mashg'ulotning borishi. I.Tashkiliy qism
1.Salomlashish.
2.Obi-havo haqida suhbat. 3.O`quvchilarni mashg'ulotga tayyorgarligini tekshirish. II.O'qituvchining kirish nutqi:
Yozuv yozayotganda to'g'ri o'tirish qoidasi yozuv daftaridagi rasmlar asosida tushuntiriladi: oyoq parta ostidagi oyoq qo'ygichga qo'yiladi. Gavda tik tutiladi, qo'l parta ustiga qo'yiladi. Yozayotganda gavda bir oz egiladi, ko'krak qafasi bilan parta orasida besh barmoqcha oraliq qoladi. Chap qo'l daftarni tutib turadi, o'ng qo'lning tirsagi parta ustida turadi. Yozish jarayonida ruchkani tutib turish holati.Ko'rsatkich, o'rta va bosh barmoqlarining yozuv jarayonidagi holati qanday bo'lishini o'qituvchi o'zi ko'rsatib beradi. Bunda ko'rsatkich barmoq ruchka ustiga, o'rta barmoq ruchkaning tagiga, bosh barmoq ruchkaning yon tomoniga qo'yiladi. Barmoqlar ruchkaning uchidan 1,5 enlik yuqorida bo'ladi. Ruchkani o'ta qattiq ushlash yoki bo'sh ushlash mumkin emas
III Yozuv daftari bilan tanishtirish.
Yozuv daftaridan foydalanishga oid gigiyenik talablar aytiladi. Yozuv daftarini buklamaslik, iflos qilmaslik, avaylab tutish lozim. Yozuv mas'uliyati haqida quyidagicha tushuncha beriladi.Bugungi mashg'ulotimizda biz sizlar bilan bir hil masofada nuqtalar qo`yishni va quyoshcha chizishni o`rganamiz
IV.O`quvchilar havoda mashq qiladilar,bir necha o`quvchi xattaxtada mashq qiladilar.Yozishni o`rganib olgach daftarlariga yozadilar. Yozish vaqtida o`tirish ,chiroyli yozish, ruchka ushlash qoidalari esga olinadi. Parta oralab yurib qiynalayotgan o`quvchilarga yordamlashib turiladi.




Paxtajon
Ismim buyuk, Yurtga chiroy, Elga suyuk , Shavkatga boy, Oq paxtaman, Oq paxtaman, Yog` paxtaman Yog` paxtaman
Quvnoq daqiqa o`tkazish.
Bunda o`quvchilar qo`l harakatlari bilan birgalikda yoddan she`r aytadilar
V.Mashg'ulotda faol ishtirok etgan o`quvchilarni baholayman.
Yozib bo`lgan o`quvchilarning ishlarini o`quvchilar bilan birgalikda ko`rib tahlil qilish, kamchiliklarini ko`rstib tuzatishlarini aytish.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin