20
S e r v i s o q i m - bu moddiy oqimning harakatlanish yoʻli
boʻylab amalga oshiriladigan xizmatlarning murakkab ketma-ket
toʻplamidir. Bunday xizmatlarga transport, toʻldirish va qadoqlash,
saqlash, yuklash, ekspeditsiya, vositachilik (bojxona yaqinida), sugʻurta,
xavfsizlik, axborot xizmatlari kiradi. Ushbu pullik xizmatlar, qoida
tariqasida, muntazam, davriy va bir martalik boʻlishi mumkin.
Moddiy, moliyaviy va xizmat oqimlarini samarali logistik
boshqaruvi zarur ma‘lumotlarni yigʻmasdan, tahlil qilmasdan va
uzatmasdan amalga oshirib boʻlmaydi.
I n f o r m a t s i o n l o g i s t i k o q i m deb moddiy va moliyaviy
oqimlarni tashkil etish va ragʻbatlantirish, serviz oqimlarida xizmatlar
koʻrsatish uchun turli xil aloqa kanallari orqali uzatiladigan xabarlar,
ma‘lumotlar, hujjatlar (qogʻoz, elektron shaklda) oqimiga aytiladi.
Axborot oqimidagi ma‘lumotlarning oʻz vaqtida yoki toʻliq olinmasligi,
ularning noaniqligi yoki buzilishi oʻzaro bogʻliq oqimlarning harakatida
uzilishlarni keltirib chiqarishi va katta yoʻqotishlarga olib kelishi
mumkin. Masalan, hujjatlar, guvohnomalar, bojxona deklaratsiyalarini
notoʻgʻri toʻldirilishi moddiy oqimlar harakatining kutilmagan
kechikishiga olib kelishi mumkin.
Logistik menejment kengashi (CLM) axborot oqimlari qondirishi
kerak boʻlgan quyidagi talablarni joriy qildi: xabarlarning ishonchliligi,
toʻgʻriligi, toʻliqligi va oʻz vaqtidaligi; texnik jihatdan ma‘lumotlarga
osonlikcha kirish imkoniyati (kompyuterlar va ularning dasturiy
ta‘minotining mosligini anglatadi); axborot sifatini nazorat qilish.
Barcha tavsiflangan logistik oqimlari bir-biri bilan chambarchas
bogʻliq va yagona yaxlit boshqaruv tizimiga muhtoj. Ular oʻzaro
munosabatlarining asoslari ushbu rasmda tasvirlangan.
2.1-rasm. Logistik oqimlarning oʻzaro munosabatlari
Dostları ilə paylaş: