rasm. Sirka aldegidni oksidlab sirka kislota olish sxemasi.
1 — oksidlash minorasi(kolonnasi) 2 — kondensator; 3 — nasoslar. Kolonnadan chiqqan gazlami (sirka aldegidining va kislotasining bug'lari, kislorod) portlashdan saqlash uchun azot qo‘shib suyultiriladi. Gazlar aralashmasi kondensatorga borib kondensatlanadi va kolonnaga qaytariladi. Olingan sirka kislota ketma ket ikkita rektifikatsiya kolonnasidan o'tadi. Birinchisida yengiljiaynovchi qo‘shimchalardan tozalanadi, ikkinchidan esa kislota bug‘lari kata- lizatordan (uchuvchan emas) va qiyin qaynovcHTqo‘shirncHaTar3an tozalanadi.Dlingan sintetik sirka kislota 95—99,5 % bo‘lib tarkibida 0,5-5 % gacha suv saqlaydi. Unumi 92 %. Ikkinchi bosqichda hosil bo'lgan suvni reaksion aralashmadan ajratib olinsa, sirka angidrid olish mumkin bo‘ladi. Sirka angidridi kobalt (II) va mis (II) asetatlari katalizatori ishtirokida aldegidni etilasetat bilan aralashmasini 60°C da oksidlab olinadi. Sirka kislota rangsiz, o‘tkir hidli suyuqlik, qaynash harorati 118°C). Dunyoda sirka kislotasi hozirgi vaqtda har yili 3,5 mln. tonnadan ko'proq ishlab chiqarilmoqda. Sirka kislota va uning xossalari sanoatning turli tarmoqlarida juda keng ishlatiladi. U asetilselluloza olishda (undan asetat tolasi, plastmassalar, laklar, yonmaydigan kinoplonkalar va boshqalar olinadi), atsetillovchi modda sifatida organik sintez sanoatida oziq- ovqat va to‘qimachilik sanoatlarida va boshqalarda ishlatiladi. §. Stirol ishlab chiqarish
Stirolni birinchi marta E. Simon yog‘och smolosidan 1839- yilda ajratib oldi. 1949- yilda sanoatda etilbenzoldan olina boshlandi. 1867- yilda A. Bertlo benzol va atsetilendan sintezladi.Stirol va kaprolaktam olish uchun muhim xom ashyo sifatida benzol ishlatiladi. Stirol olishning birinchi bosqichida benzol etilen bilan alqillanadi. Bunda katalizator sifatida ozroq vodorod xlorid bilan aktivlangan suvsiz aluminiy xlorid ishlatiladi: AlCh+HCl с6н5 - н+сн2 = сн2ч -