Cho'yan ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida temir rudalari, flyus, yoqilg‘i, havo va ba’zan marganets rudalari ishlatiladi. Temir rudalari tarkibida temir birikmalaridan tashqari keraksiz jinslar: kremnazyom, tuproq, slanets va boshqalar hamda, begona qo‘shimchalar: oltingugurt, fosfor, rux va mishyak birikmalari ushlaydi. Oltingugurt ruda tarkibida FeS2 (kolchedan) shaklida uchraydi. Ruda
suyuqlantirilganda S cho‘yan va po‘lat tarkibiga erib o'tadi, ularni issiqda sinuvchan, mo‘rt qilib qo‘yadi. Shuning uchun ham uning miqdori, ruda tarkibida 0,15 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Fosfor esa ruda tarkibida fosforit va apatitlar shaklida uchraydi. U ham cho'yan va po'lat olish jarayonida erib, ularning tarkibiga o‘tadi. Uning miqdori ham 0,15% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Fosfor cho‘yan va poMatning sifatini pasaytiradi (ular sovuqda sinuvchan, mo‘rt qilib qo‘yadi). Boshqa qo‘shimchalar ham (Cu, Ti, Cr, Mn, V va boshqalar) cho‘yan va po‘lat tarkibiga suyuqlanib kiigach, ularning fizik, mexanik xossalarini o‘zgartirib yuboradi. Temir rudalari turi 300 xildan ortiqroq bo‘lishiga qaramay, cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarishda asosan quyidagi temir rudalari ishlatiladi: 1. Magnit temirtosh (magnetit) Fe304 tarkibida 50-70 % temir saqlaydi, qo‘shimcha sifatida kamroq FeS2 ushlaydi. 2. Qizil temirtosh (gemotit) Fe203 tarkibida 50-70% gacha temir saqlaydi. Qo'shimcha sifatida ozroq S va P saqlaydi. 3. Qo‘ng‘ir temirtosh (limonit)- Fe203 nH20 temir gidroksidi bo‘lib, tarkibidagi absorbsiyalangan suv miqdori o'zgarib turadi. Bu ruda tarkibida temir miqdori 25-53 % gacha bo‘lib, tarkibida aralashma sifatida S, P, As ushlaydi. Tarkibida 2% gacha xrom va 1 % gacha Ni saqlovchi turlari ham uchraydi va u tabiiy ligerlangan cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. 4. Shpatli temirtosh (siderit)- FeC03. Tarkibida 30-37 % gacha temir ushlaydi. Bu ruda kuydirilgach, temir miqdori 50-60 % gacha ortadi. U tarkibida juda kam miqdorda S va P, hamda 1-10% gacha Mn saqlaydi. Odatda ruda tarkibida temir miqdori 30 % dan kam bo'lsa, u cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish uchun ishlatilmaydi. Xomashyo sifatida kam bo‘lsa-da qora va rangli metallurgiya chiqitlari, svorka shlaklari (tarkibida 45-50 % gacha temir saqlaydi) kolchedan kuyundilari, marganets rudalari (MnO, Mn203, MnC03 va boshqalar) temir siniqlari va shu kabilar ham ishlatiladi. Flyus nemischa so‘z bo‘lib, suyuq degan ma’noni anglatadi. Flyus domna jarayonida qiyin suyuqlanuvchi oksidlami oson suyuqlanuvchi cho‘yan bilan aralashmaydigan shlakka aylantiradi, ruda tarkibidagi bekorchi jinslarni, cho‘yan va po‘latning sifatini pasaytiruvchi elementlami, ko‘miming kulini (koks kulini) biriktirib oladi. Flyus sifatida asosan ohak-tosh (CaC03) va dolomit (CaC03 MgC03) ishlatiladi. Flyusning ahamiyati juda katta. Olinadigan cho‘yanning sifatini yaxshilash va uni boshqarish imkonini beradi. 1 t. cho‘yan olish uchun 0,4-0,8 t. gacha flyus qo'shiladi.