uslubida yaratilgan san’at asarlarida hayot mohiyati
kurash harakati orqali aks
ettiriladi. Unda ekspressiv chiziqlar va yorug’ soyalar o’ta keskin formada olingan
bo’lib, ular asar kompozitsiyasining ta’sir kuchini yanada oshiradi. Italiyalik rassom
L.Bernini haykallarida, me’mor Borromining binolarida, flandriyalik rassom P.Rubens
kartinalarida barokko uslubining o’ziga xos tomoni namoyon bo’lgan. Klassitsizm
oqimida esa hamma narsa xotirjam va ulug’vor. Uning namoyandalari uyg’onish davri
ijodkorlari singari antik va yuqori uyg’onish davri an’analarini
qabul etib, uni
rivojlantirishga harakat qiladilar. Lekin shu bilan birga klassitsizm vakillari o’tmish
san’ati badiiy shakl va obrazlarini o’zlari yashab turgan davr mazmuni bilan
to’ldirishga, boyitishga harakat qildilar. Bu o’rinda Nikola Pussen asarlari, Klod
Lorren manzaralari, Jak Sufflo binolari diqqatga sazovordir. Klassitsizm oqimi XVIII
asr oxiri XIX asrning birinchi yarmigacha davom etdi va o’zida davr ruhini ifodaladi.
XVII-XVIII asr realistik san’atning etakchi o’ringa chiqishi bilan izohlandi. Bu davrda
yaratilgan asarlarda inson o’zining butun borlig’i bilan namoyon bo’la boshlaydi.
Uning hayoti, histuyg’ulari, hayotga bo’lgan estetik munosabati san’atkorlar ijodida
o’zining badiiy ifodasini topa boshlaydi. Ispaniyalik
rassom Diego Velaskes,
Gollandiya rassomlari - Rembrant va Frants Xals, italiyalik rassom Karavadjo, frantsuz
rassomi Sharden va boshqalar ijodida bu o’zgarishlar yaqqol ko’zga tashlanadi. Inson
go’zalligi, uning olijanobligi va yuksak ma’naviyligi Rembrant asarlarining mohiyatini
tashkil etadi. Uning asarlaridagi chuqur falsafiy mazmun kishi qalbiga quvonch baxsh
etadi. Rembrant rangtasvir va ofort sohasida, qanday mavzuda (diniy, hayotiy)
ishlashdan qat’iy nazar insonni kuylashga, uning ma’naviy pokizaligini va jismoniy
go’zalligini ochishga intiladi. Insonlar orasidagi nozik munosabatlarni tasviriy san’at
vositasi orqali keng tomoshabinga etkazishga harakat qiladi.
Rembrant umrining
so’nggi yillarida yaratgan “Oqpadarning qaytishi” asarida hayot va inson to’g’risidagi
tushunchalar o’z hayotiy tajribalariga tayanib, ota oyoqlariga yiqilgan o’g’il obrazi
orqali hayotning murakkabligi, uni bilish va unga to’g’ri yo’l topa olish nechog’lik
og’ir ekanligini ochib beradi. Boshiga og’ir kun va tashvishlarni solishiga qaramay o’z
o’g’lini bag’riga bosayotgan
ota obrazi orqali mehribon, insonlarga faqat yaxshilik
istagan mo’’tabar inson qiyofasi gavdalanadi. Bu asrlardan boshlab inson mehnati
go’zalligi san’atkorning diqqatini torta boshladi. San’atkorlar
mehnat mavzusida yirik
asarlar yarata boshladilar. Evropa san’atida Diego Velaskes birinchi bo’lib, mehnat
go’zalligini shoirona, ko’tarinki ruhda talqin etdi. Uning “Gilam to’quvchilar” deb
nomlangan asari ana shunday asarlaridan dastlabkisidir.
Rassom oddiy kundalik
hayotda insonlarning xotirjam mehnati orqali ularning baxt haqidagi orzularini ko’ra
oldi. Kompozitsiyada kishilarning tabiiy holdagi xotirjam mehnati, ularning jismoniy
baquvvat gavdalari ishonarli talqin etgan. Xonani to’ldirib turgan nur esa bu tinch
osoyishta hayot go’zalligini yanada bo’rttiradi.
XVII-XVIII asrda ijtimoiy hayotda sodir bo’lgan o’zgarishlar me’morchilik oldiga
ham qator muammolarni qo’ydi. Bu davrdan boshlab cherkov qurilishi hajmi kamaydi,
uning o’rnini fuqaro me’morchiligi egallay boshladi. Shahar loyihalashtirilishiga
alohida e’tibor
berila boshlandi, shaharda me’morchilik ansambllari paydo bo’ldi.
Turmushda go’zal buyumlarga intilish kuchaydi. Tevarak-atrof go’zalligiga e’tibor
berish, bog’-park san’atini maydonga keltirdi. U bilan birga dekorativ haykaltaroshligi
ham rivoj topdi.