Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yordamchi tarix fanlari



Yüklə 5,12 Mb.
səhifə56/91
tarix20.09.2023
ölçüsü5,12 Mb.
#145931
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91
erdamchi-tarih-fanlari

Sosoniy Ardasher I(mil. av. 227-243 y.) drahmasi. Aversida - usti zoldirli jim jimador
toj kiygan shohning tasviri. Pahlaviy yozuvda shohning ismi va unvonini ifodalangan. Reversida nuqtalar doirasida olov mehrobi - tagida bir necha tosh taxtadan, markazida ko‘rali ustundan iborat otashdon tasviri. Olov yolqini, yonlarida tasmalar bilan bezatilgan ikki tirgovichlar. Kumush draxma D-24, V-4,2 gr.

Varaxran II (mil. av. 276-296 y) Avers- qanotli toj kiygan shoh, to‘p bilan ot boshi shakldagi kuloh kiygan malika, yirtqich qush shaklida quloh kiygan shahzoda valiahdning tasviri. Reversining markazida–otashdon, uning uzra olov yolqinlari. Otashdonnong ikki tomonida ikkita odam shakli, biri ma’bud Ahuramazda, ikkinchisining boshida Varaxran toji. Otashdonning o‘ng tomonida shoh belgisi. Pahlaviy yozuvi. D-25: V-4,9gr. Kumush draxma.

Shopur II (mil. av. 309-379 y) Aversida jim-jimador toj kiygan shoh tasviri. Reversida tasmalar bilan bog‘langan otashdon. Uning tepasida olov va Ahuramazda bilan shoh Shopurning ko‘kragigacha tushirilgan tasviri. Kumush, draxma D-15: V-4,2 gr.
X usrav I Anushirvon (mil. 531-579 y) Aversida nuqtalar doirasida uzun mehvarga qo‘ndirilgan, shar bilan bezalgan tojdor shoh tasviri. Bo‘ynida marjon, doira ortida bir-biridan teng masofadagi uchta yarim oy. Reversida otashdon, ikki tomonida kohinlar tasvirlangan. Kumush, D-3,5; V-3,6 gr.

  1. Turk hoqonligi tangalari.

G‘arbiy Turk xoqonligi tangalari. Markaziy Osiyo xalqlari davlatchiligi tarixida g‘arbiy Turk xoqonligi alohida o‘rin tutadi. Tarixshunoslikda “g‘arbiy turk xoqonligi” atamasi ostida Buyuk turk xoqonligining g‘arbiy qismi: Oltoy tog‘larining g‘arbidan to shimoliy qora dengizgacha, Volga–Ural bo‘ylaridan to shimoliy Hindistongacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan saltanat bo‘lib, xronologik jihatdan ikkita turkiy sulola Ashina (568-704) va Turkash xoqonligi (699-766) davri bilan belgilanadi.
Ilk o‘rta asrlarga tegishli yozma manbalarda g‘arbiy Turk xoqonligi bosh hukmdorlarining unvoni ko‘pincha “yabg‘u xoqon” yoki “jabg‘u xoqon” tarzida qayd etiladi. G‘arbiy Turk xoqonligi boshqaruvida “yabg‘u xoqon”lar turgani numizmatik materiallarda aks etgan.
Toshkent vohasidan topilgan yaxshi saqlangan mis tangalardagi so‘g‘diy yozuvlarda trbw y’y’n – “Tardu hoqon”, cpyw y’y’n pny – “jabg‘u xoqon tangasi” va twn cpuw y’y’n pny – “Tun jabg‘u xoqon tangasi” shaklida o‘qib chiqilishi ilk bor g‘arbiy Turk xoqonligi hukmdorlari o‘z nomidan tanga zarb qildirganlar, degan fikrga asos beradi.
Toshkent vohasidan topilgan “jabg‘u xoqon” unvonli tangalarning aversida o‘ng tomonga yo‘nalgan otliq tasviri, reversida esa o‘ziga xos tamg‘a bo‘lib, uning atrofida so‘g‘diy yozuvda cpyw y’y’n pny – “jabg‘u xoqon tangasi” deb yozilgan. Ushbu tangada “jabg‘u xoqon” uchrashi uning g‘arbiy Turk xoqonligi bilan aloqadorligini ko‘rsatadi. Mazkur tangalar Toshkent vohasidan topilishi ularning Choch hududida zarb qilingani ehtimolini kuchaytiradi. Biroq, tangalarning aynan qaysi hukmdorga mansubligi masalasini еchish birmuncha mushkul. Chunki manbalardan ayon bo‘lishicha, xoqonlaridan bir nechtasi yabg‘u xoqon unvoni bilan hukm yuritgan. Ma’lumki, manbalarda Istemidan boshlab to Ishbara (640-641) xoqongacha hukmronlik qilgan hukmdorlar “yabg‘u xoqon” tarzida tilga olinadi. Bu esa ushbu tangalarning Istami davridan boshlab chiqarilganmi yoki uning avlodlaridan biri davridami masalasini ko‘ndalang qo‘yadi. Shunga qaramay, jabg‘u xoqon unvonining tangalarda uchrashi, ularning aynan g‘arbiy Turk xoqonligiga taa’lluqli ekanligidan darak beradi. Shu bilan birgalikda, ushbu xoqonlik hukmdorlarining rasmiy unvoni “yabg‘u/jabg‘u xoqon” bo‘lgani o‘z isbotini topdi. Xususan, Toshkent vohasidan topilgan numizmatik materiallar orasida twn cpyw y’y’n pny- “tun jabg‘u hoqonning tangasi” so‘zlari va “jabg‘u xoqon…” unvonli tangalar bilan bir xil tamg‘a aks etgan tangalar uchraydi. Jumladan, ushbu turdagi tangalarning uchta asosiy tipi:
1) Chordana qurib o‘tigan hukmdor
2) Qo‘shaloq portretli (xoqon va xotun)
3) Ustida yarim oy va yulduz (yoki Quyosh) ramzi aks etgan ot tasvirli tangalar zarb qilingan.
Fikrimizcha, ushbu tangalar Tun yabg‘u xoqon (618-630) tomonidan zarb qilingan. Chunonchi, g‘arbiy xoqonlikning janubiy-g‘arbiy o‘lkalarga e’tiborining kuchayishi ushbu xoqon davriga to‘g‘ri keladi. Xitoy yilnomalarida ta’kidlanishicha, u g‘arbiy xoqonlik markazini Shi (Choch) davlatining shimolidagi Syan’-Syuan’ (Mingbuloq) mavzesiga ko‘chiradi va barcha g‘arbiy o‘lkalar ustidan hukmronlikni mustahkamlaydi. Bosi (Eron), Gibin (Kashmir– Kapisa/Kobul)ni nazorat ostiga oladi. Bu paytda g‘arbiy Turk xoqonligi O‘rta Osiyo bilan birgalikda shimoliy Turkiston, shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, Xuroson, shimoliy Kavkaz, shimoliy Qora dengiz bo‘ylarini ham o‘z ichiga olgan yirik saltanatga aylanadi.
G‘arbiy Turk xoqonlariga xos tangalar qatoriga Farg‘ona vodiysi (Quva)dan topilgan tangalarni ham qo‘shish mumkin. Ahamiyatlisi shuki, Toshkent vohasidan topilgan tangalardan farqli o‘laroq, Quva tangalarida Turk-run yozuvida –“xoqon” (avers) va sug‘d yozuvida y’y’n pny -“xoqon puli” (revers) so‘zlari bitilganidir. Ularda uchraydigan hukmdor tasvirlari va tamg‘alarning Choch vohasining mazkur tangalarida aks etgan tasvirlar va tamg‘alar bilan aynan o‘xshashligi g‘arbiy Turk xoqonlariga taa’lluqli tangalarning vodiyda ham keng muomalada bo‘lganini ko‘rsatadi. Balki, ushbu tangalarning bir guruhi Farg‘ona vodiysida zarb qilingan bo‘lishi ham mumkin. Ehtimol, mazkur tamg‘a g‘arbiy xoqonlikning hokimiyat ramzi bo‘lgandir. Chunki, shu shakldagi tamg‘aning Choch va Farg‘ona vodiysi turkiy tangalardan tashqari, Tataristonning ayrim turkiy tangalarida ham uchrashi bundan dalolat bermoqda. Fikrimizcha, bu tip tamg‘alarning kelib chiqishi VII-VIII asrlarga mansub Qultegin bitiktoshi, Bilga xoqon va boshqa O‘rxun-Enasoy obidalarida aks etgan. Buyuk Turk xoqonligining xonlik tamg‘asi – “tog‘ echkisi, Arxar” tasviri bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Ya’ni, ushbu tamg‘a quyidagicha evolyusion yo‘llarni bosib o‘tgan: mazkur tangalarning ikonografik jihati ham ularning xoqonlik bilan aloqada ekanini ko‘rsatadi. Ulardagi hukmdor tasvirlari qadimgi turkiylarga xos qiyofada (elkagacha tushgan uzun soch, soqolsiz, keng yumaloq yuz, bir oz qisiq ko‘z) aks etgan. Xususan, Toshkent vohasidan topilgan tangalar orasida Tunyabg‘u xoqon tangalariga o‘xshash, bir tomonida yonma-yon turgan qo‘shaloq tasvir: bosh kiyimsiz, uzun sochli hukmdor (xoqon) va uch muguzli bosh kiyim kiygan malika (xotun) tasvirlari va orqa tomonida yuqoridagiga o‘xshash tamg‘a va uning atrofida so‘g‘diy yozuvda pny cpyw crbnk “yabg‘u Chirdanakning tangasi” so‘zlari aks etgan tangalar diqqatni jalb qiladi. Ma’lumki, qadimgi turkiy davlatchilik an’analariga ko‘ra hukmdorning bosh ayoli xotun unvoniga ega bo‘lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etgan va saroyda xoqondan keyingi o‘rinda turgan. Aytish mumkinki, hoqon bilan yonma-yon turgan xotun tasvirli tangalarning topilishi turkiy davlatchilik tizimida ayollarning mavqei qay darajada bo‘ganligini ko‘rsatib turibdi.
Asosiy xususiyatlaridan biri – qo‘shaloq tasvirli tangalarda xotin uch muguzli bosh kiyimda tasvirlanishidir. Bu tipdagi tangalarni o‘rgangan E.V.Rtveladze va L.Baratovalar fikricha, ushbu tasvirlar Markaziy Osiyoning bir qancha hududlaridan (asosan, Oltoy va Mo‘g‘ulistondan) topilgan tosh haykal va boshqa buyumlarda ham uchraydi. Xususan, L.Baratovaning ta’kidlashicha, tangalardagi bu tasvir qadimgi turkiylar e’tiqodiga ko‘ra, bolalar, jangchilar, homiladorlik va hosildorlik homiysi bo‘lgan iloha Umay bilan bog‘liqdir. Choch tangalari orasida biri o‘ng tomonga qarab, biri to‘g‘riga yuzlanib o‘tirgan holatda tasvirlangan hukmdor va malika tasvirlari mavjud. Ushbu tangalarning orqa tomonida esa yuqoridagi tangalarga o‘xshash tamg‘a va girdida so‘g‘dcha pny cpyw yrcrbnk – “yabg‘u El –Chirdanakning tangasi” degan so‘zlar yozilgan.
G‘arbiy Turk xoqoni Chura 603-610) o‘z davlati hududida yana ikkita “kichik xoqon” tayinlab, ulardan birining qarorgohini Chochning shimolida ta’sis qiladi va o‘troq hukmdorliklarni ushbu kichik xoqon vositasida boshqaradi. Tunyabg‘u xoqon esa yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, o‘z hukmdorligining dastlabki yillarida o‘z qarorgohini Chochga, uning shimolidagi Syan’-Syuan’ (Mingbuloq) mavzesiga ko‘chiradi. Yana bir G‘arbiy Turk xoqoni Ashina Xelu (ulug‘ 651-657) ham o‘z qarorgohini shu mavzega o‘tkazadi.
Xullas, mazkur tarixiy dalillar asosida G‘arbiy Turk xoqonligining ilk tangalari Choch vohasida zarb qilingan, deb aytish mumkin. Avvalo, mazkur tangalarning aksariyati Turk xoqonligi davrida vohaning eng yirik Qanqa va Xonobod xarobalaridan topilgani ularning Choch vohasida zarb qilinganidan darak beradi. Fikrimizcha, xoqonlar Chochni o‘z tasarrufiga olgach, bu еrda tanga- pul zarbi an’anasi bilan tanishadilar va o‘z tangalarini chiqara boshlaydilar.2

Yüklə 5,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin