Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yordamchi tarix fanlari



Yüklə 5,12 Mb.
səhifə46/91
tarix20.09.2023
ölçüsü5,12 Mb.
#145931
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   91
erdamchi-tarih-fanlari

Imperiya davriga oid tangalar. Neron davrida (54-68) aureus 1,45 funtga tushdi. Karakalla davrida esa aureus 1,50 funtni tashkil etdi. Deokletian davrida (285-305 yy) aureus 1,60 funtga yetdi, ya’ni 5,5 grammni tashkil qildi. Aversida kо‘pchilik tangalardagi singari imperator portreti, portretning aylanasi bо‘ylab esa uning ismi va tituli yozib qо‘yilgan. Reversida esa (LIBERTAS-ozodlik), (CONCORDIA-bitim) mamlakat mustaqilligini anglatuvchi sо‘zlar yozilgan. Rim oltin tangalari Sharqiy Yevropa davlatlarida muomalada bо‘lmagan, lekin arxeologik izlanishlar natijasida Ukrainada bir necha Rim oltin tangalari topib о‘rganilgan, milodning I-II asrlarda 1 oltin aureus (taxminan 8 grammga teng bо‘lgan) 25 kumush dinorga teng bо‘lgan. Birinchi kumush dinorlar Pliniy davrida Rim paydo bо‘lgandan keyin miloddan avvalgi 269 yillarda zarb qilina boshladi. О‘sha paytdagi dinordagi kumush funtning 1,40 qismini tashkil qilgan, keyinchalik yillar о‘tgan sari kamayib borgan. 485 yilda bir kumush dinor – 1 frank 63 santimaga teng bо‘lgan, 510 yilda 87 sanitmaga, 513-707 yillarda esa 78 sanitmaga teng bо‘lgan, qadimgi Rim kumush tangasining о‘ng tomonida, ya’ni aversida ikki yuzli Yanus, reversida Yupiterning ot aravadagi tasviri berilgan. Miloddan avvalgi II asrda dinorda aversida Romning portreti, reversida esa Dioskurning tasviri aks etgan.
Neron (54-68 yy) tomonidan zarb qilingan dinorning og‘irligi 3,14 grammni tashkil etgan. Vaqt о‘tgan sari tanganing probasi tushib borgan.

Neron dinariysi. Kumush. 19,2 x 20,9 mm
Shundan keyin imperator Karakalla past probali dinorlarni muomalaga chiqardi. Shuningdek Antonian toza kumushdan tanga chiqardi. Antonian – kumush Rim tangasi bо‘lib, imperator Karakallaning sharafiga nomlangan. Uning og‘irligi 4,7 – 5,3 grammga teng bо‘lgan. О‘sha paytda u ikki dinorga teng bо‘lgan. Imperator Karakalla iqtisodiy inqirozdan tezroq chiqishi uchun pul islohoti о‘tkazdi va toza kumushdan tanga zarb qildirdi. Bu islohotgacha Rimda, ya’ni II asrgacha muomalada Rim kumush dinorlari keng tarqalgan. Avrelianning hukmronlik yillarida Antonianning qadri ancha kо‘tarilgan, ya’ni 1 Antonian 20 dinorga teng bо‘lgan.
О‘sha paytlardagi dinorlarning vaqti portret va imperator rasmiga qarab belgilangan. Faqatgina Adrian tangasidagina sanaga о‘xshash sо‘z yozilgan: “Rimga asos solingandan keyin 848 yil shahar manzarasi”. Bu tanga 120 yilda Rimga asos solinganligining xotirasiga bag‘ishlab о‘tkazilgan sirk о‘yinlari paytida zarb qilingan.
Milodning I-II asrlarda tangalarning qiymati quyidagicha bо‘lgan:
1oltin aureus (taxminan 8gr)- 25 kumush dinor
1 kumush dinor (tax.4gr)- 4 kumush sestersiya
1 kumush sestersiy (1gr) – 2 dupondiy latun
1 dupondiy – 2 bronza ass
Rimning eng mashhur tangalaridan biri soliddir. Solid (lotincha “Solidus” sо‘zidan olingan bо‘lib, “qattiq” mustahkam degan ma’noni bildiradi) Rim oltin tangasi hisoblanadi. Solid imperator Konstantin tomonidan 314 yilda aureus о‘rniga joriy qilingan tangadir. G‘arbiy Rimda solid 324 yildan boshlab zarb qilinib, muomalaga kiritildi. Solidning og‘irligi 1,72 oltin funtga teng bо‘lib, 4,55 grammni tashkil etgan. Mana shu davrdan boshlab Rimning pul birligi sifatida muomalada bо‘lgan. Keyinroq esa Vizantiya imperiyasida ham asosiy pul birligi rolini о‘tagan.
Soliddan tashqari uning yarim qiymatiga ega bо‘lgan semisenslar va 1,3 qismini tashkil qiluvchi – triyenslar zarb qilinib, muomalaga kiritila boshladi.
Imperator Konstantin (306-337) о‘tkazgan pul islohotidan keyin tanga pullar quyidagi qiymatga ega bо‘ldi.
1 oltin solid (4,5 gr) – 2 semisa yoki 3 triyens
1 oltin solid – 14 kumush miliariy
1 kumush miliariy (4,5 gr)- 1,7 kumush silivka
14 miliariy – 24 silivka
1 kumush miliariy – 33 mis nummiy
1 mis nummiy – 5 mis dinor



Yüklə 5,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin