Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yordamchi tarix fanlari


Markaziy Osiyoda arab tili va grafikasining keng tarqalishi



Yüklə 5,12 Mb.
səhifə84/91
tarix20.09.2023
ölçüsü5,12 Mb.
#145931
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91
erdamchi-tarih-fanlari

Markaziy Osiyoda arab tili va grafikasining keng tarqalishi.

Arablar islom dini bilan birga Xuroson va Movaraunnahrga о‘z yozuvlarini ham olib kirganlar. Bu yozuv asta-sekin bu hududlarda tarqala boshlagan va Abbosiylar hukmronligining ikkinchi asri о‘rtalarida (X asr boshlarida) Eron hududida amalda qо‘llanib turgan pahlaviy yozuvini va О‘rta Osiyodagi yozuvlarni butunlay iste’moldan siqib chiqargan. Arab yozuvining bunchalik tez tarqalishiga sabab, birinchidan, muqaddas kitob hisoblangan Qur’oni karim shu yozuvda yozlgan bо‘lsa, ikkinchidan, arab yozuvi mavjud mahalliy yozuvlarga qaraganda soddaroq va о‘rganish qulay yozuv bо‘lgan.
Xuroson va О‘rta Osiyoning mahalliy aholisi arab yozuvini hech bir о‘zgarishsiz qabul qilgan, lekin bu yangi yozuvga о‘tish jarayoni ancha uzoq davom etgan. Shuni ta’kidlash lozimki, arab tilida bor bо‘lib, mahalliy tillarda yо‘q bо‘lgan tovushlarni bildiruvchi harflar ham mahalliy aholi tomonidan qabul qilingan. (se, zol, xoyi huttiy, ayn, itki, izgi, sod, zod harflari). Bu harflar ifodalangan tovushlar fors va turkiy tillar fonetikasiga yot tovushlardir. Lekin bu harflar qabul qilinib, ular fors va turkiy tillardagi о‘sha tovushga eng yaqin tovush sifatida talaffuz qilingan. Mas., se, sod harflari sin harfi kabi, zol, zod, izgi harflari ze harfi kabi, itqi harfi te kabi, hoyi huttiy harfi hoyi havvaz kabi talaffuz qilingan. Har holda rab yozuvi fors va turkiy tillar fonetikasi uchun mos va talabga javob beradigan darajadagi yozuv emas edi. Chunki arab yozuvi fors va turkiy tillardagi tovushlarning hammasini ifodalay olmas edi. Shuning uchun fors va turkiy tillarda mavjud bо‘lgan p, g, ch tovushlari va fors tilining о‘zida mavjud bо‘lgan j tovushi dastlabki paytlarda arab yozuvidagi be, kof, jim, ze harflari yordamida yozilavergan. Xuroson hududida arab yozuvini birinchi bо‘lib kim va qayerda fors tili ishlatilagnligi noma’lum. Lekin har holda bu jarayon Xurosonning har yer-har yerida oxitiyalik ravishda amalga oshgan bо‘lsa kerak. Bu yozuvni qо‘llashga hukmronlarning ma’muriy-hо‘jalik ehtiyojlari ham sabab bо‘lgan bо‘lsa kerak, chunki arab yozuvi mahalliy yozuvlarga qaraganda soddaroq, ishlatishga qulayroq va tez yozish uchun mos yozuv bо‘lgan.




  1. Yüklə 5,12 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin