Toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 1.12 Mb.
tarix16.02.2017
ölçüsü1.12 Mb.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
“Tasdiqlayman”

TTA o‘quv ishlari bo‘yicha

prorektori

Professor Teshaev O.R.

_____________________________

«27»avgust 2015 yil

Kafedra: DAVOLASh FAKULTETI FAKULTET VA GOSPITAL JARROHLIK KAFEDRASI
Predmet: Fakultet jarrohlik


TA'LIM TEXNALOGIYaSI
Amaliy mashg’ulotda dars mavzusi:

«O’TKIR APPENDITSIT ASORATLARI»

Toshkent–2015y.

Tuzuvchilar:

Professor Xakimov M.Sh.

Dotsent Berkinov U.B.

Assistent Saxiboev D.P.

Ta'lim texnologiyasi tasdiqlangan:

Kafedra majlisida bayonnoma № 1 «27»avgust 2015 yil



Mavzu:O’tkir appenditsit asoratlari



  1. O‘quv mashg’ulotida o‘qitish texnologiyasi modeli

Mavzuni o’rganish davomiyligi -6 soat.

Talabalar soni: 8-10 kishi

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Amaliy mashg’ulot (seminar) o’quv xonasida o’tkaziladi. Seminar «o’rgamchak ini» usulini qo’llash bilan o’tkaziladi.

Mashgulot o’tkazish joyi

Mashg’ulot davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi va uni klinik bazalarida o’tkaziladi (TTA 2-klinikasida joylashgan o’quv xonasi, palatalar, bog’lov xonasi, poliklinika).

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

  1. Kirish qismi

  2. Amaliy qisim

- Bemorlar kuratsiyasi

- amaliy ko‘nikmalarni egallash

- amaliy qism muxokamasi


  1. Nazariy qisim

- nazariy qism muxokamasi

  1. Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlari va amaliy ish natijalarini baxolash

- o’z-o’zini va o’uzaro baxolash

- o’qituvchi baxosi



  1. Ushbu mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining xulosasi. Bilimlarni baxolash.

Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish (savollar to‘plami)

Oquv darsning maqsadi: Talabalarga o’tkir appenditsit asoratlari bilan og‘rigan bemorlar, kuratsiya uchun olingan bemorlar misolida tekshirish yo‘llarini, tashxis qo‘yish, qiyosiy tashxis va davolash usullarini o‘rgatish. Utkir appenditsit asoratlari sabablari, patogenezini, klinikasi va umumiy davolash xususiyatlarini taxlili qilish.

O’qituvchi vazifalari:

  • O’tkir appenditsit asoratlari klinikasi va kechish xususiyatlari to’g’risida talabalarga tushuncha berish va bilimlarni chuqurlashtirish.

  • UAA klinikasi va kechish variantlarini muxokama qilish.

  • Boshqa kasalliklar bilan taqqosiy tashxis o’tkazish qoidalarini tushuntirish.

  • Talabalarda kasallikka o’z vaqtida tashxis qo’yib, bemorlarni og’ir asoratlar rivojlanmasdan maxsus muassasalarga yuborish ko’nikmasini shaklllantirish

  • Talabalarni davolash va kasalliklarni oldini olishni yangi usullari bilan tanishtirish.

O‘quv faoliyati natijalari:

Talaba bilishi lozim:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, va ularning o‘ziga xosligini bilish;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

- o’tkir appenditsit asoratlari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

- maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish.



Talaba bajara olishi lozim:

Amaliy ko‘nikmalarni bajara olishi – o’tkir appenditsit asoratlari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish, operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni bilish.



Ta'lim usullari va texnikasi

«O’rgamchak ini» usuli; situatsion masalalar, mavzu bo’yicha testlar.

Ukitish anjomlari

O’quv qo’llanmalari, o’quv materiallari, slaydlar, video va audioyozmalar, kasallik tarixi.

Ukitish shakli

Yakka tartibda, guruxda xamkorlikda ishlash, prezentatsiya qilish.

Ukitish sharoitlari

Auditoriya, palata.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: nazorat uchun savollar, o‘quv topshirig‘ini bajarish; amaliy kunikmalarni bajarish buyicha xarakat algoritmini namoyish etish; yozma nazorat: testlar, talaba mustakil ishi.


2. Motivatsiya

Talabalarga kasallik ogir asoratlarga olib kelmasdan uz vaktida adekvat amaliyotlar utkazish zarurligini tushuntirish, agar asortlar rivojlangan bulsa eng samarali va zamonaviy diagnostika va jarroxlik davosi usullari bilan tanishtirish, amaliyot vakti va undan keyingi davrlarda bulishi mumkin bulgan asoratlar va ularni oldini olish usullari bilan tanishtirish. Talabalarda klinik taffakurni shakllantirish. Muammo tugrisida talabalarda dunyo tibbiyoti nuktai nazaridan yondoshishni shakllantirish.


3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik

Shu mavzuni o‘qitish talabalarning normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya fanlari bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar gastroenterologiya, ichki kasalliklar va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi.


4. Mashg‘ulot mazmuni:

4.1 Nazariy qismi

Appendikulyar infiltrat (chegaralangan peritonit) - ingichka ichak qovuzloqlari, katta charvi, yo‘g‘on ichakning bir-biri va parietal qorin pardasi bilan qo‘shilib ketgan birgalikdagi yallig‘lanishi bo‘lib, uning markazini yallig‘langan chuvalchangsimon o‘simta va atrofida yig‘ilgan ekssudat tashkil etadi. Uning vujudga kelishi negizida, inson organizmi-ning qorin bo‘shlig‘ida joylashgan biror-bir a'zosida yallig‘lanish jaroyoni paydo bo‘lsa uni chegaralash yoki cheklash maqsadida, unga boshqa a'zolarning kelib yopishishi yotadi. Odatda bu jaroyon, kasallik boshlanishining 3-4 sutkasidan boshlab, yallig‘langan chuvalchangsimon o‘simtaga yaqin joylashgan barcha a'zolar uni o‘rab oladi va appendikulyar infiltrat shakllanadi. Kuchli og‘riqlar bu jaroyon boshlanishi bilan bosilib, simillaydigan holga o‘tadi. Qorin paypaslab ko‘rilganda, o‘ng yonbosh sohasida zich-elastik konsistensiyali o‘smasimon tuzilma aniqlanadi. Odatda u harakatsiz, chanoq kletchatkasi bilan qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Appendikulyar infiltrat operatsiyaga birdan-bir monelik qiladigan hol hisoblanadi va muolaja yo‘li bilan davolanadi. Uning kechuvida asosan 2 yo‘nalish mavjud bo‘lib, so‘rilib ketishi yoki yiringlashi mumkin bo‘ladi.

Shuni aniqlash maqsadida, har kuni bemorga ultratovush yordamida tekshiruvlar o‘tkazib turish lozim bo‘ladi. Maqsadga muvofiq o‘tkaziladigan antibakterial muolaja ( antibiotiklar va sulfanilamid preparatlari) tayinlangandan keyin, tana harorati asta-sekin pasayadi, infiltrat o‘lchami kichrayadi, leykotsitlar miqdori normaga keladi. Boshdan kechirilgan appendikulyar infiltratdan keyin bemorlarni 3 oydan keyin surunkali appenditsit bor bemorlar sifatida operatsiya kilinadi.

Appendikulyar abssess - appendikulyar infiltratda yallig‘lanish jaroyonining yiringlashga o‘tishi bilan izohlanadi. Bunda, appendikulyar infiltratni konservativ davolashga qaramay, bemor ahvol yomonlashadi, tana harorati, ayniqsa kechqurunlari yuqori bo‘ladi. Infiltrat sohasidagi og‘riq kuchayadi, paypaslaganda u yumshoqroq holga o‘tadi, uning chegaralarida noaniqlik paydo bo‘ladi. Qon tahlilida leykotsitoz ortishi qayd etiladi. Bunda yiringlik (abssess) ni, iloji boricha qorin bo‘shlig‘iga tarqatmasdan, tashqariga ochish va uni drenajlash zarur bo‘ladi.

O‘tkir appenditsitning eng xavfli asorati tarqalgan yiringli peritonit hisoblanadi, u gangrenoz-perforativ appenditsitda yoki appendikulyar abssessning qorin bo‘shlig‘iga yorilganida kelib chiqadi. mumkin. Bu holatda, qorindagi og‘riq tarqalgan xususiyatga ega bo‘lib, qorin nafas olish jaroyonida faol ishtirok etmay qo‘yadi.

Peritonitning boshlang‘ich davrida mushaklar butun qorin bo‘ylab taranglashadi, qorin pardasining ta'sirlanishi (Shchetkin-Blyumberg simp-tomi) keskin ifodalangan bo‘ladi. Bemorning tili va og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatlari quriydi, tili oqish rangda qoplangan bo‘ladi. Perkussiyada qorinning yon kanallari sohasida to‘mtoq tovush aniqlanadi (ekssudat hisobiga). Ultratovush yordamida tekshiruv o‘tkazilganda, qorib bo‘shlig‘ida suyuqlik borligi tasdiqlanadi. Auskultatsiyada ichak peristaltikasi ko‘pincha aniqlanmaydi. Qon tahlilida yuqori leykotsitoz, uning formulasini chapga surilganligi, EChT keskin ortishi aniqlanadi. Appendikulyar etiologiyali tarqalgan peritonitning klinik belgilari, boshqa sababdan kelib chiqqan peritonitlar belgilaridan deyarli farq qilmaydi (spetsifik peritonitlar bundan mustasno).



Pileflebit - qopqa venasi tarmoqlarining yiringli tromboflebiti bo‘lib, jigar abssesslari, sepsis rivojlanishiga olib keladi. Bemorlarning ahvoli bu asorat yuzaga kelganda g‘oyat darajada og‘ir, intoksikatsiya kuchaygan bo‘ladi. Tana harorati juda yuqori va gektik xususiyatga ega bo‘ladi. Jigar gepatotsitlarining zararlanishi oqibatida jigarning kattalashishi, ba'zi hollarda sariqlikning paydo bo‘lishi yuzaga keladi. Bemor ahvoli jigar yetishmovchiligining rivojlanishi hisobiga og‘irlashadi.



Bu asoratlar qo‘shilganda o‘lim darajasi yuqori bo‘ladi va bemorlar asosan jigar-buyrak yetishmovchiligidan nobud bo‘ladilar.


4.2.Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar
«O‘RGIMChAK INI» USULINI QO‘LLASh

Talabalarga o‘tgan darslardan savollar tayyorlash uchun vaqt beriladi.

Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tirishadi.

Ishtirokchilarning biriga ip bilan bog‘langan koptokcha beriladi, u xoxlagan talabaga o‘zi oldindan tayyorlagan savolni ( javobni o‘zi bilishi shart) berib, koptokchani topshiradi.

Koptokchani olgan talaba savolga javob beradi (savol bergan ishtirokchi javobni sharxlab turadi) va savolni boshqa ishtirokchiga beradi. Bu musobaka hamma ishtirokchilar “”o‘rgimchak ini”ga o‘ralguncha davom etadi.

Hamma talabalar savol berib bo‘lgach, ohirga talaba qo‘lidagi koptokchani birinchi savol bergan ishtirokchiga qaytaradi va unga savol beradi va x.k., bu xol chigal yechilgunga qadar davom etadi.

Eslatma: talabalardan xar bir javobga e'tiborli bo‘lish talab qilinadi, chunki oldindan qaysi talabaga koptokcha berilishi noma'lum.
4.3. Taxliliy qismi

Vaziyatli masala:

Bemor 22 yesh ung yenbosh soxasiga shikoyat kilib keldi. Anamnezidan kelishidan 4 kun oldin epigastral soxada ogriklar paydo bulgan, keyin ung yenbosh soxaga utgan.Bir mara kusgan. Xarorati kutarilgan. Uyda antibiotik va ogrik koldiruvchi dori kabul kilgan. Obektiv paypastlaganda ung yenbosh soxada kattik xosila aniklanadi, xarakatsiz ogrikli. Sizni tashxisingiz.

A. Appendikulyar infiltrat*

B. Pankreatit

V. O”tkir appenditsit

G. Xoletsistit

D. Yara perforatsiyasi
5. Amaliy qism

Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish (differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslash, to‘g‘ri parxez va rejali davoni belgilash, Rozdolskiy simptomi)


1. DIFFERENSIAL TAShXIS O‘TKAZISh VA SO‘NGI TAShXISNI ASOSLASh.

Maqsad: differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslashni o‘rgatish.



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Klinik simptomlari ushbu kasallik bilan o‘xshash bulgan kasalliklarni keltirib o‘tish

0

25

2

Asosiy klinik sindromlarning differensial tashxisini o‘tkazish

0

35

3

Shikoyatlar, anamnez, ob'ektiv va laborator tekshiruvlarga asoslanib va differensial tashxis utkazib sungi tashxisni qo‘yish

0

40




Jami

0

100

2. TO‘G‘RI PARXEZ VA REJALI DAVONI BELGILASh.



Maqsad: Kasallikni davolash va remissiyaga erishish.



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Pevzner bo‘yicha davo parxezlari-ning xarakteristikasini o‘rganish

0

10

2

Tashxisga mos ravishda parxez stolini to‘g‘ri tanlash

0

10

3

Parxezning sifatini baholash

0

20

4

Tashxisga mos ravishda va kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olib asosiy terapiyani tayinlash

0

20

5

Tashxisga mos ravishda va kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olib simptomatik terapiyani tayinlash

0

20

6

Profilaktik choralar

0

20




Jami

0

100

3. ShETKIN BLYuMBERG SIMPTOMI



Maqsad: appendikulyar abssessga xos simptomni aniqlash



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Bemorni tinchlantirish, manipulyasiyani tushintirish.

0

10

2

Rezina perchatkani kiyish.

0

10

3

Bemorni o’ng tomonida turib to’g’ri joylashtirish.

0

10

4

Qorin ko’zdan kechirish

0

10

5

Simmetrik nuqtalar palpatsiyasi

0

10

6

Simmetrik nuqtalar perkussiyasi

0

10

7

Bemor chap yenboshiga perkussiyada og’rik yuk

0

10

8

O’ng yenbosh soxa perkussiyasida og’riqli

0

10

9

Ishlatilgan jixozlarni dezeritmaga solinigan idishga solish.

0

10

10

Perchatkilarni yechish va ularni dezeritmaga solish.

0

10




Jami

0

100



6. Malaka, ko‘nikma va bilimni tekshirish usullari

- og‘zaki;

- yozma;

- vaziyatli masalalar yechish;

- egallangan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish;
7.Joriy nazoratni baholash mezoni


O‘zlashtirish % va balda


Baho

Talabaning bilish darajasi


1.

96-100%

A'lo”5”


- hulosa va qaror qabul qila biladi

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri

yecha biladi

- savolni mohiyatini tushunadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


2.

91-95%

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi


- vaziyatli masalalarni to‘liq

asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi

- savolni mohiyatini tushunadi



- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



3.

86-90%

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi


- savolni mohiyatini tushinadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


4.

81-85%

Yaxshi”4”



- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobini asoslay olmaydi

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


5.

76-80%

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobni isboti to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


6.

71-75%

- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobni isboti

to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



7.

66-70%

Qoniqarli”3”

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobini isbotlay

olmaydi


- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- mavzuni alohida savollari

yuzasidan aniq tasavvurga ega


8.

61-65%

- vaziyatli masalalarni yechimida

xatoliklarga yo‘l qo‘yadi

- biladi, ishonch bilan aytib bera

olmaydi


- mavzuning alohida savollari

yuzasidan aniq tasavvurga ega



9.

55-60%

- biladi, ishonch bilan aytib bera

olmaydi


- qisman tasavvurga ega

10.

54-50%

Qoniqarsiz”2”

Savollarning 1/3 to‘g‘ri yoritilgan. Talaba etiopatogenez, tasnifni bilishi, lekin ularning klinikani, davolash prinsiplarini va asoratlarini tarifida xatoga yo‘l qo‘yilgan. Vaziyatli masalalarga noto‘g‘ri yechilgan. Amaliy ko‘nikmalarni qadamma-qadam to‘liq bajarishda 3 ta qadamni umuman bilmasligi.

11

46-49%

Qoniqarsiz”2”

Savollarning 1/4 to‘g‘ri yoritilgan. Talaba etiopatogenez, tasnifni bilishi, klinikani, lekin ularning davolash prinsiplarini va asoratlarini tarifida xatoga yo‘l qo‘yilgan. Vaziyatli masalalarga noto‘g‘ri yechilgan.

Amaliy ko‘nikmalarni qadamma-qadam to‘liq bajarishda 4- ta qadamni to‘liq bilmasligi.



12

41-45%

Qoniqarsiz”2”

Savollarning 1/5 to‘g‘ri yoritilgan. Talaba kasalliklarning tasnifini bilmaydi, kasalliklar to‘g‘risida to‘liq tushunchaga ega emas. Kasalliklarning davolash prinsiplari va asoratlari bo‘yicha savollarga to‘liq bo‘lmagan, qisman noto‘g‘ri javob berilgan.

Amaliy ko‘nikmalarni qadamma-qadam to‘liq bajarishda 4 ta qadamni umuman bilmasligi.



13

36-40%

Qoniqarsiz”2”

Savollarning 1/10 noto‘g‘ri yoritilgan. Talaba kasalliklarning tasnifini bilmaydi, kasalliklarning klinikasini aralashtirib yuborilgan. Kasalliklarning davolash prinsiplari va asoratlari bo‘yicha tushincha yo‘q.

Amaliy ko‘nikmalarni qadamma-qadam bajarishda ko‘pol xatoga yo‘l qo‘yilgan.



14

31-35%

Qoniqarsiz”2”

Savollarga javob bermadi. Talaba kasalliklarning tasnifini, klinikasi, davolash prinsiplari va asoratlari bo‘yicha tushincha yo‘q.

Amaliy ko‘nikmalarni qadamma-qadam bajarishni umuman bilmaydi.





  1. Mashg‘ulotning texnologik xaritasi



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiyligi

(min.)

11

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)




15

2

Amaliy mashg‘ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalar (akil shturmi, grafik organayzerlar), shuningdek, ko‘rgazmali materiallar (slayd, videofilm, mulyaj)ni qo‘llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish

so‘rov,

tushuntirish



75

3

Muhokamaga yakun yasash.




15

4

Talabalarga mashg‘ulotning amaliy qismini bajarish uchun topshiriq berish. Topshiriqlarni bajarish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish.




30

5

Amaliy mashgulotlarni uzlashtirish buyicha talabani mustakil ishi




45

6

Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini va amaliy ish natijalarini muhokama qilish, mustahkamlash va mashg‘ulot maqsadiga erishilganlik darajasini hisobga olgan holda guruh faoliyatini baholash

og‘zaki so‘rov, test, munozara-bahs, amaliy ish natijalarini tekshirish

75

7

Ushbu mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining xulosasi, har bir talaba faoliyatini 100-ballik tizim bo‘yicha baholash va e'lon qilish. Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish (savollar to‘plami)

Axborot,mustaqil tayyorlanish uchun savollar

15


9.Tekshiruv savollari

  1. O‘tkir appenditsit asoratlari turlari

  2. Appendikulyar infiltrat

  3. Appendikulyar infiltrat davolashi

  4. Appendikulyar abssess

  5. Pileflebit

  6. Peritonit, qorin orti soxasi flegmonasi


11. Tavsiya etilgan adabiyotlar

I. Asosiy:

1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.

2. Xirurgicheskie bolezni. Sh.I. Karimov, Tashkent, 2005.

3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.

5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red.M.I.Kuzina., Meditsina, 2002.

6. Metodicheskoe posobie po gospitalnoy xirurgii. Nazirov F.G. s soav.Tashkent 2004g.

7. Klinicheskaya xirurgiya. Pod red. Pansireva Yu.M. M. «Meditsina», 1988

8. Vorobev A. Spravochnik prakticheskogo vracha v 3x tomax. 1990

9. Konden R., Neyxus L. Klinicheskaya xirurgiya. Moskva. Praktika 1998

10. Nazirov F.G., Denisov I.I., Ulugbekov E.G. Spravochnik-putevoditel praktikuyushego vracha. Moskva, 2000.

11. Petrovskiy B.V. red. Rukovodstvo po xirurgii (v 12 tomax) M. Meditsina 1959-1966.


II. Kushimcha:

12. Savelev V.S. 50 leksii po xirurgii. Moskva 2004.

13. Diagnosticheskiy spravochnik xirurga – Astafurov V.N. 2003.

14. Laparoskopicheskaya i torakoskopicheskaya xirurgiya – Konstantin Frantzaydes. 2000.

15. Zdraviy smisl v neotlojnoy abdominalnoy xirurgii – Moshe Shayn.2003g

16. Neotlojnaya abdominalnaya xirurgiya – Maystrenko N.A.2002g



17. Abdominalnaya xirurgiya – Grigoryan R.A. V 2-x tomax.2006g

18. Ma’rza mavzusi bo’yicha Internete adreslari: www.rmj.net, www.consilium-medicum.com, www.mediasphera.ru, www.laparoscopy.ru, www.ehpb.com, www. medmore.ru, www.gastroportal.ru, www.medilexicom.com, www.encicloperdia.com, www. omoc.su.
Каталог: syllabus -> Gospital%20xirurgiya%20kafedra -> СИЛЛАБУС%204%20курс -> Base -> 5%20дарс%20Уткир%20аппендицит%20асоратлари
Base -> Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»
Base -> O‘t tosh kasalligi. Xoletsistitlar, diagnostikasi va davolash
Base -> O‘it barcha qorin bo‘shlig‘i patologiyalarining 3,8% tashkil etadi
5%20дарс%20Уткир%20аппендицит%20асоратлари -> Shikoyati: o‘ng yonbosh sohadagi og‘riq
Base -> Toshkent tibbiyot akademiyasi fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi
Base -> Birinchi xaqiqiy appendektomiya 1735 yilda Londonda qirol jarroxi Claudius Amyand tomonidan 11 yoshli bolada bajarilan, bola to’lik tuzalib ketgan
Base -> «tasdiqlayman»
Base -> Me'da osti bezi kasalliklari
Base -> Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»


Поделитесь с Вашими друзьями:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə