Toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə5/10
tarix01.01.2017
ölçüsü1,1 Mb.
#4040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Galvanizatsiya

Davolash maqsadida doimiy tokning past kuchlanishli (80 voltgacha) va kichik kuchli tok (50 milliampergacha) qo‘llaniladi.

Ta'sir qilish mexanizmi

Galvanik toklar yoki hosil bo‘ladigan impulslar teridagi nerv retseptorlariga ta'sir qiladi, ya'ni markazga intiluvchi yo‘llar orqali impulslar ko‘rinishida markaziy nerv sistemasiga ta'sir etib, u yerda og‘riqdan ustun bo‘ladigan dominant o‘choqni hosil qiladi. U yerdan impulslar orqa miya orqali o‘tib, pastga tushuvchi nervlar yordamida patologik o‘choqqa tushadi. Bunday ta'sir neyroreflektor ta'sir deb ataladi. Bundan tashqari gumoral ta'sir farqlanadi – har xil biologik aktiv moddalar ishlab chiqarib, gipotalamo-gipofizar sistemsiga ta'sir etadi.

Fiziologik ta'siri

-qon tomirlarini kengaytiruvchi;

-modda almashinuvini stimullovchi;

-og‘riqqa qarshi;

-yallig‘lanishga qarshi;

-regeneratsiyani kuchaytiruvchi;

-oziqlanishni yaxshilochi;

-ichki sekretsiya bezlarini stimullovchi;

-nerv-mushak apparatining qo‘zg‘aluvchanlik darajasini oshiruvchi;

-yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilovchi.

Galvanizatsiyada quyidagi elektrodlar qo‘llaniladi : qo‘rg‘oshinli, qalinligi 0.1 – 0.3 mm; platinali (ko‘z va quloq uchun vannalarda qo‘llanila-di); ko‘mirli, asosan AGVK apparati uchun qo‘llaniladi (4 kamerali vanna).

Patologik o‘choq jarayonning katta-kichikligiga qarab elektrodlarni 2 xil qo‘yish mumkin, ya'ni bo‘ylama va ko‘ndalang. Bo‘ylama usulda ketma-ket joylashadi va to‘qima yuzasiga ta'sir qiladi. U asosan umurtqa pog‘anasi kasalliklarida, nerv jarohatlarida (chiqish va kirish yerlari), segmentar zonalarga ta'sir qilishda qo‘llaniladi. Ko‘ndalang usulda elektrodlar parallel joylashadi, ya'ni ikki elektrod oralig‘ida kasallangan organ joylashadi va asosan qalinlik bo‘yicha ta'sir etadi. U bo‘g‘im va ichki organ kasalliklarida qo‘llaniladi.

Galvanizatsiyaning quyidagi klassik usullari mavjuddir

1.Vermel usuli – umumiy galvanizatsiya qilinadi. 1-elektrod ko‘krak sohasiga, 2-si 2 tarmoqligi boldir ustiga.

2.Sherbak bo‘yicha yoqa usuli – 1-elektrod yoqa sohasiga, 2-si bel sohasiga.

3.Sherbak bo‘yicha ishton usuli – 1- 2 tarmoqli elektrod sonning oldingi sohasiga, 2-si bel sohasiga.

4.Bergone bo‘yicha yarim maska usuli – 1-elektrod jarohatlangan yuz sohasiga (3 oyoqli yuz nervi bo‘ylab - peshana, yuz va dahan) yoki pastki jag‘ (ko‘z va og‘iz bo‘sh qoladi), 2-si ko‘krak oralig‘iga yoki qarama-qarshi yelkaga.

5.Yuz va bo‘yin sohasini Kellat usuli bo‘yicha galvanizatsiyasi – 1-elektrod yuz-bo‘yin sohasiga, 2-si qarama-qarshi yelkaga.

6.Ko‘z sohasini Burginon usuli bo‘yicha galvanizatsiyasi – 1-2 tarmoqli elektrod ko‘z sohasiga, 2-si qarama-qarshi bo‘yin sohasiga.

7.Burunning shilliq qavatini Kassil usuli bo‘yicha galvanizatsiyasi – 1- 2 tarmoqli elektrod burun shilliq qavatiga, 2-bo‘yin sohasiga.

Odamning bosh qismiga 5 Ma, tana qismiga 50 Ma tok beriladi. Muolajalar prokladka yoki qistirmalar yordamida o‘tkaziladi. Prokladkalar paxtalik to‘qimalardan tayyorlanib, 10-12 qavatdan iborat bo‘ladi, shunda tok bir tekis tarqaladi. Muolajalardan oldin prokladkalar fiziologik suyuqligi yoki suv bilan namlanadi, chunki bu bilan quruq teri qarshiligi yengiladi va elektroliz mahsulotlarining kuydiruvchi ta'siri bartaraf etiladi.

Doimiy tokning organizmga qarshi to‘qimalarining biofizik xususiyatiga bog‘liq : -to‘qimaning elektr o‘tkazuvchanligiga

-qutblanishiga

-diffuziyaga va h.z.

To‘qimaning elektr o‘tkazuvchanligi organizmda suyuqlik miqdoriga bog‘liq. Suyuqlik muhitlariga kiradi : qon, limfa, siydik va boshqalar.

Qutblanish – ionlarning o‘tkazilishi uchun to‘siq hisoblangan ion va ionlashgan molekulalarni har xil zaryadli yarim o‘tkazuvchi membrananing ikki tomonda yig‘ilishidir.

Doimiy tok ta'sirida diffuziya va osmos jarayonlari hujayra membranasi o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi hisobiga kuchayadi.

Prokladkalarning shakli qo‘yilish joylariga qarab bo‘lishi mumkin :

-yoqasimon -aylanasimon -to‘rt burchakli

Prokladkalar namlanganidan so‘ng kerakli joyga qo‘yilib, ustiga elektrod qo‘yiladi, uning ustidan elastik bint yoki qumli yostiqchalar yordamida fiksatsiya qilinadi.

Ko‘rsatmalar

-gipertoniya kasalligining I-II darajasi -ko‘z kasalliklari

-teri kasalliklari -nerv kasalligi (nevrit,

-LOR kasalliklari nevroz, pleksit)

-umurtqa pog‘anasi kasalliklari (radikulit, osteoxondroz)

-oshqozon-ichak kasalliklari (oshqozon va 12 barmoq ichak yarasi, gastrit, kolit, enterit, enterokolit)

-gepatit, xoletsistit, pankreatit

-zotiljam, bronxit, bronxial astma

-erkak va ayol jinsiy organlari kasalliklari

Galvanizatsiya asosan o‘tkir osti va surunkali davrlarda qo‘llaniladi.

Qarshi ko‘rsatmalar

1.Umumiy : -bemorlarning umumiy og‘ir holati

-miokard infarkti

-qon kasalligi (leykoz, anemiya)

-homiladorlikning ikkinchi yarmi

-haroratli holat

-yuqumli kasalliklar

-silning faol shakli

-xavfli o‘sma, shishish kasalligi

-kasallikning dekompensatsiya bosqichi

-o‘tkir yiringli jarayonlar

-qon ketishga moyillik

-tokni ko‘tara olmaslik

2.Mahalliy : -teri butunligining buzilishi

-ekzema va dermatitlarning bo‘lishi

-tanada metall buyumlarning bo‘lishi

Muolajalar 10-15-20 minutgacha davom etishi mumkin, har kuni yoki kun ora, 1 davolash kursiga 6-12-15 muolaja to‘g‘ri keladi.

Elektroforez

Bu usulni 1801 yilda italiyalik olim Rossi taklif etgan. Elektroforez deganda, organizmga doimiy tok va u bilan birga organizmga kiruvchi dori moddasining uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorining birgalikda yoki bir vaqtdagi ta'siri tushuniladi. Elektroforez usuli yordamida organizmga dori moddalarini yuborish boshqa usullarga nisbatan afzalroq hisoblanadi, ya'ni :

1.Dori moddalari terining yuza qismiga uning butunligini buzmagan holda yuboriladi.

2.Dori moddalari oshqozon-ichak yo‘li shilliq pardalariga ta'sir qilmaydi.

3.Dori moddalari teri ostida “depo” hosil qilib, ta'sir kuchini uzaytiradi.

4.Patologik o‘chog‘larda dori moddalarining ko‘p miqdorda yig‘ilishi mahalliy ta'sirni kuchaytiradi.

5.Dori moddalari organizmga ion holida yoki shaklida kiradi, bu esa uning farmakologik aktivligini oshiradi.

6.Bir vaqtning o‘zida organizmga har xil qutblardan ikki xil dori moddasining suyuqliklari yuborilishi mumkin.

7.Dori moddalari bilan zaharlanishda organizmdan dori moddalarini chiqarishda keng foydalanish mumkin.

Elektroforezda “qutblar qonuni” yoki “oltin” qonun mavjud. Musbat zaryadlangan dori moddasi musbat elektrod ostidan organizmga yuboriladi, manfiy zaryadlangan dori moddasi manfiy elektrod ostidan organizmga yuboriladi. Bunga sabab shuki, bir xil zaryadlangan yoki bir xil zaryadlar bir-biridan qochadi, shunga asosan dori moddalari elektrodlardan qochib, teri orqali organizmga kiradi.

Agar qutblar qonuni buzilsa, ya'ni musbat zaryadli dori moddasi manfiy elektrod ostidan, manfiy zaryadlangan dori moddasi musbat elektrod ostidan yuborilsa, u holda dori moddalari prokladkaning o‘zida qolib, organizmga kirmaydi.

Elektroforez usulida musbat elektrod, anoddan organizm to‘qimalariga metall ionlari va musbat zaryadlangan dori moddalari yuboriladi. Masalan : Sa, Magniy, Natriy, novokain. Vitamin В12, ligaza xinin, dimedrol va boshqalar. Manfiy elektroddan, katoddan organizmga kislota radikallari va manfiy zaryadlangan dori moddalari yuboriladi. Masalan : xlor, brom, yod, penitsillin, geparin, kofein, gidrokartizon, nikotin kislotasi va boshqalar. Manfiy va musbat zaryadlangan dori moddalarining ro‘yxati alohida jadvallarda ko‘rsatilishi kerak va ular elektroforez muolajasini o‘tkazish xonasida bo‘lishi shart.Hozirgi vaqtda dori moddalarini tejash maqsadida filtr qog‘ozidan foydalaniladi, ya'ni dori moddasi bilan shimdirilgan filtr qog‘ozi namlanib, prokladka ostiga qo‘yiladi va muolaja o‘tkaziladi.

Ko‘rsatma va qarshi ko‘rstmalar xuddi galanizatsiyaga o‘xshash.

Elektruyqu

Elektr uyquda organizmga past chastotali to‘g‘ri burchakli impuls toklari bilan ta'sir etiladi. Organizmga ta'sir ko‘rsatish uchun bitta elektrod (katod) yumilgan ko‘zlarga, ikkinchisi (anod) so‘rg‘ichsimon o‘simta sohasiga qo‘yiladi. Bosh miyada uzoq vaqt va doimo bir xil va ritmik holda qaytariluvchi qisqa vaqtli zaif impulslar bosh miya po‘stlog‘idagi tormozlanish jarayonlarini kuchaytiradi va fiziologik uyquga o‘xshash holatni yuzaga keltiradi. Elektr uyqu tormozlanish jarayonlarining kuchi va harakatchanligini trenirovka qildiradi va asosiy jarayonlar orasidagi buzilgan o‘zaro aloqalarning tiklanishini yuzaga keltiradi, fiziologik uyquni yo‘lga qo‘yuvchi mexanizm bo‘lib hisoblanadi. Elektr uyquni amalga oshirish uchun ko‘z-ensa sohasiga joylashtirilgan elektrodlardan foydalaniladi. Bunda tok bosh suyagining tabiiy teshigidan ichkariga kiradi. Uyqu uchun adekvat impuls chastotalari muolajaning boshidayoq tanlanib olinishi va uni keyingi muolajalarda ushlab turmoq zarur, uni faqat bemor tomonidan yomon qabul qilishda o‘zgartiriladi.

Past chastotali impuls toklari o‘rganib qolish xususiyatini yuzaga keltirishi mumkin, shuning uchun bir muolaja vaqtida tok kattaligini doimiy, keyingilaridan agar bemorlarda yomon xissiyotlar bo‘lmasa, uni oshirib borish kerak. Tok kuchi katta bo‘lganda bemorlarda chumoli yurish, kichik bo‘lganida mushaklarning yengil tortilish xissiyoti seziladi. Elektr uyquda quyidagi sub'ektiv sezgilar seziladi : kiprikda og‘irlik, yengil tebranish, yoqimli bosh aylanish, hayolning qochishi, mudrash holatidan asta-sekin uyquga o‘tish. Muolajalar qorong‘ilashtirilgan, shovqin kirmaydigan tinch xonada o‘tkaziladi. Elektr uyqu nevroz, gipertoniya, endigina boshlanib kelayotgan miya tomirlarining sklerozida, ekzema, oshqozon yara kasalligi va boshqa kasalliklarda tavsiya etiladi. Elektr uyqu muolajasini o‘tkazishda “Elektroson - 4”, “Elektroson - 3” apparatlaridan keng foydalaniladi. Muolaja 10-30 minutdan 2-4 soatgacha o‘tkaziladi, har kuni yoki kun ora.

Diadinamik toklar

Diadinamoterapiyada 2 xil yarimsinusoidal shakldagi impuls toklari qo‘llaniladi, ya'ni chastotasi 50 Gs (bir taktli uzluksiz) va 100 Gs (ikki taktli uzluksiz). Bu toklar Bernar tomonidan davolash amaliyotida qo‘llash uchun taklif qilingan, shuning uchun Bernar toklari ham deb ataladi.

Bir taktli tok ta'sirida mushakning keskin qisqarishi kuzatiladi, natijada tok qo‘zg‘atuvchi ta'sirini uyg‘otadi.

Ikki taktli tok ta'sirida terining elektr tokini o‘tkazuvchanlik xususiyati oshiriladi, sezuvchanlik kengligini ko‘paytiradi, tormozlash, og‘riq qoldirish effektini yuzaga keltiradi.

Bir va ikki taktli impuls toklarining bir xil uzluksiz qaytarilishi organizmning unga o‘rganishiga, asab-mushak apparatining charchashiga olib keladi. Shuning uchun maxsus apparatlar yordamida diadinamik toklarning qisqa va uzun davrli modulyasiyalari ishlab chiqiladi va undan foydalaniladi. Qisqa davrli tok ta'sirida qon aylanish tezlashadi, qon tomirlari kengayadi, qon oqimi tezlashadi, ta'sir joyidagi harorat ko‘tariladi, modda almashinuvi faollashadi. Uzun davrli tok ta'sirida qisqargan mushaklarning qo‘zg‘aluvchanlik effekti kamayadi, tormozlanish, og‘riq qoldirish xususiyati ortadi. Bundan tashqari uzuq-uzuq ritmli toklar (Sinkop ritmi), bir taktli to‘lqinsimon va ikki taktli to‘lqinsimon toklar qo‘llaniladi. Tokning mana shu turlari o‘ziga xarakterli bo‘lgan fiziologik ta'sir ko‘satadi va ular muayyan tartib bilan qo‘llaniladi. Masalan : ikki taktli uzluksiz tok avval sezuvchi sohaga, keyin esa harakatlantiruvchi sohaga tormozlovchi ta'sir ko‘rsatadi. Bir taktli uzluksiz tok ikki taktli tokdan keyingina qo‘llaniladi, u qo‘zg‘atuvchi va ancha vaqtdan keyingina susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Impulsli toklar ta'sirida patologik o‘choq sohasida vegetativ bog‘lamlarning qo‘zg‘alish hisobiga qon aylanish, ionlar konsentratsiyasi va membranalarning o‘tkazuvchanligi yaxshilanadi, gistamin va boshqa kimyoviy aktiv moddalar ajraladi, to‘qimalarning himoya xususiyati oshadi, funksiya normallashadi. Diadinamik toklar bir qator kasalliklarda qo‘llaniladi. Masalan : mushaklar lat yeganda, bog‘lamlarning cho‘zilishida, periartritlarda, og‘riq sindromi bilan birga davom etadigan periferik nerv sistemasi kasalliklarida va boshqa kasalliklarda, jarohatlarda keng foydalaniladi.

Sinusoidal modullangan toklar (amplipulsterapiya)

V.G.Yasnogorodskiy tomonidan taklif etilgan. Tovushli chastotasiga ega bo‘lgan (5000 Gs) modullangan sinusoidal toklar bilan ta'sir ko‘rsatiladi, u teri orqali yaxshi o‘tadi va chuqur joylashgan to‘qimalarga ta'sir ko‘rsatadi. Bu xilda tok kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta'sir etganligi uchun uning 10-150 Gs atrofidagi past chastotali, ya'ni mushaklar biotoklarining chastotasiga yaqin keladigan chastotali modulyasiyasidan keng foydalaniladi. Shu toklarga organizm tez o‘rganib qolmasligi uchun modulyatsiya chastotasi o‘zgartirilib turiladi, ularning qo‘zg‘atuvchi ta'sirini kuchaytirish va chuqurroq kirib borishi uchun esa modulyatsiya chuqurligi, ya'ni shu tebranishlar amplitudasi o‘zgartirilib boriladi.

Modullangan sinusoidal toklarining quyidagi turlari tafovut qilinadi:

1.”O‘zgarmas modulyasiya” toki – 1-turdagi chastotasi modullangan 10-150 Gs tok.

2.Modullanmagan dastlabki tok, chastotasi 5000 Gs li tok.

3.”Yuboriladigan tok-pauzalar” toki – 2-turdagi chastotasi 10 Gsdan 150 Gs gacha boruvchi modullangan tebranishlar yuborishning pauzalar bilan almashinib borishi.

4.”Modullangan va modullanmagan tebranishlarni yuborish” toki – chastotasi 10 Gsdan 150 Gsgacha boradigan bir qancha impulslar ko‘rinishidagi modullangan tebranishlar yuborishni modullanmagan “ish chastotasi”, ya'ni 5000 Gsli tokni yuborish bilan navbatma-navbat berish.

5.”O‘zgarib turadigan chastotalar” toki – ikkita modullangan chastotalarning o‘zgarmas 150 Gs chastota va 10 Gsdan 150 Gsgacha atrofida o‘zgarib turadigan chastota bilan navbatma-navbat berish.

Modulyatsiya chuqurligi – modullangan tebranishlar amplitudasini dastlabki tok amplitudasiga qaraganda 0 dan 100% gacha boradigan doirada oshirish yoki kamaytirish. Tok davomiyligini 1 sekunddan 5 sekundgacha o‘zgartirib turish mumkin. Barcha turdagi toklarni odatdagi yoki to‘g‘rilangan rejimida qo‘llash mumkin. Ishlatiladigan toklardan har birining o‘z fiziologik ta'sir xususiyatlari va ishlatiladigan o‘rni bor. Masalan : “o‘zgarmas modulyasiya” toki, “yuboriladigan tok - pauzalar” toki asab-mushak to‘qimalarigagina emas, balki chuqur joylashgan to‘qimalarga ham qo‘zg‘atuvchi ta'sir ko‘rsatadilar va ulardan elektrostimulyasiya uchun foydalaniladi. “O‘zgarib turadigan chastotalar” toki, “modullangan va modullanmagan tebranishlarni yuborish” toklar sust ta'sir ko‘rsatib, to‘qimalarni qo‘zg‘atadi va u kuchli og‘riq vaqtida qo‘llaniladi. Modullangan sinusoidal toklar og‘riqni qoldirib, periferik qon aylanishini hamda asab-mushak apparatining funksional holatini yaxshilashga olib keladi. Sinusoidal modullangan toklar bir qator kasalliklarda qo‘llaniladi : tayanch-harakat apparati jarohatlarida, qo‘l-oyoq, umurtqa pog‘anasi, bo‘g‘imlarning distrofik kasalliklari, mushak parezlari, falajlar va boshqa kasalliklar.

O‘zgarmas va impulsli elektr toklarni xususiy usullari

Metodika №1. Kariozlangan dog‘ga ta'sir etish.Tishni so‘lakdan ajratiladi.Passiv elektrodni o‘ng qo‘lga joylashtiriladi. Aktivga remineralovchi eritma bilan shimdirilgan trundani o‘rab emali o‘zgargan tish sohasiga qo‘yiladi. Tok kuchi 30 mkA gacha, ta'sir etish 20minut.

Metodika №2. Og‘riqsizlantirish maqsadida karioz bo‘shliqga ta'sir etish.Tishni so‘lakdan ajratib,paxtali tampon yoki issiq havo bilan quritiladi.Karioz bo‘shliqa anestetik bilan shimdirilgan tampon qo‘yib, aktiv elektrod joylashtiriladi Passiv elektrodni o‘ng qo‘lga joylashtiriladi.Tok kuchi 30 mkA gacha, ta'sir etish 20minut.

Metodika №3. Tish bo‘shlig‘ini transkanalelektroforezi.Karioz bo‘shliqni o‘lantirib, tish bo‘lig‘ini ochiladi. Koronka va ildiz pulpa olib tashlanadi. Tishni so‘lakdan ajratiladi. Xosil qilingan kanalga dori vosita bilan shimilgan tampon va sig‘sa trunda kirgiziladi, so‘ng texnik sham bilan kanal to‘ldiriladi, so‘ng chaynov sohaga sham qo‘yiladi , 1-2minutda sham qotib qoladi. Elektrod sim orqli apparatga ulanadi, indeferent elektrod o‘ng yelkadan pastga yoki og‘iz burchagiga joylashtiriladi. Tok kuchi 3 mkA cha, ta'sir etish vaqti 20 min.

Metodika № 4. Zararlangan tish to‘qimasiga ko‘ndalang usulda ta'sir etish.

Yon faol yuzasi maydoni 2sm2 bo‘lgan ikki og‘izga mo‘jallangan elektrodlarni ko‘ndalang joylashtiriladi,ya'ni tishni vetibulyar va oral tomonida.



Metodika №5. Zararlangan tish to‘qimasiga bo‘ylama usulda ta'sir etish.

O‘lchami 10×1 sm bo‘lgan bitta milk elektrodini yuqori jag’ni shilliq qavatga qo‘yiladi, vestibulyar tomondan, ikkinchi elektrodni pastki jag‘ shilliq qavatiga, elektrodalar o‘tkazuvchi simlar orqali GR2 apparatiga ulanadi, indifferent elektrod o‘lchami 8×10 sm o‘ng yelka oldi sohasiga tashqi tomondan joylashtiriladi.



Metodika № 6. Milklarga ko‘ndalang ta'sir etish. O‘lchami 10×1 sm bo‘lgan bitta milk elektrodini yuqori jag’ni yoki pastki jag’ni shilliq qavatga qo‘yiladi, vestibulyar tomondan, ikkinchi elektrod 5×1 sm  og‘iz tomondan.

Nazariy qismni baholash mezoni.

Maksimal ball 25-24

23-21 ball

20-19 ball

17-16 ball

13 ball

a'lo

yaxshi

o‘rta

Qoniqarsiz

Yomon

100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va undan kam

14.2. Taxliliy qism

Mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiya usullari:

Grafikli organayzerlar - fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi.

Klaster tuzilmasi

(klaster-tutam,bog‘lam) axborot xaritasini tuzish yo‘li barcha tuzilmaning markazlashtirish aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish.



Klasterni tuzish qoidasi.

1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing.

2. G‘oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.

3. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e'tibor bermang.

4. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.

Pedagog tushintiradi.

1.Klaster tuzish qoidasi bilan tanishtiradi

2.Yozuv taxtasi yoki katta qog‘oz varag‘ini o‘rtasiga mavzu nomi yoki savol yozadi

Talaba bajaradi.

1.Birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar kichik doirachalar yo‘ldoshlarni yozib qo‘shadilar.

2.Ularni asosiy so‘z bilan chiziqlar yordamida birlashtiradilar.

3.Bu yo‘ldoshlarda kichik yo‘ldoshlar bo‘lishi mumkin.

4.Yozuvni ajiratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugaguncha davom ettirishlari mumkin.

Klaster tuzishga savollar to‘plami.

1.O‘zgarmas toklarning organizmga ta'siri qanday?

2.Impulsli toklarning organizmga ta'siri qanday?

3.Fizioterapevtik muolajalarni qo‘llash usullari.

4.Galvanizatsiyada qo‘llaniladigan klassik usullar.

5.Elektroforezning afzalliklari nimada?

6.Elektr uyqu muolajasini o‘tkazish metodikasi.

7.Diadinamoterapiyada qo‘llaniladigan fizik omillarning turlari va qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?

Кластер тузилмаси.
















ОЗДОРОВИ-ТЕЛЬНЫЙ БЕГ














ТЕРРЕНКУР

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

Miyaga hujum”

“Miyaga hujum”bu metodika kishiing o‘z nuqtai nazarini isbotlash,himoya qilish himoya qilinayotgan nuqtai nazarini to‘g‘riligiga ishontirishga o‘rgatadi.

O‘qituvchi doska oldida turib, Masalan, “Elektroforez afzaliga” Talabalar ularni sanab o‘tadi:

1.

2.

3.



4.

5.

O‘qituvchi topshiriqni tahlili qilishda har bir talaba qatnashadigan bo‘lishini kuzatib boradi, bunda javoblarning birontasi ham izoxlab o‘tilmaydi va o‘rinsiz deb rad etilmaydi. Guruxda variantlar qolmagandan so‘ng muhokamaga kirishiladi. “Og‘riqni qoldirish qanday bo‘ladi? Suyakni bitishi qanday bo‘ladi deb uylaysiz?” kabi savollar bilan o‘qituvchi talabalar bilan birgalikda barcha variantlarni faol muhokama qiladi. Noto‘g‘ri variantlarni tanqidga oladi. Bilimni mustaxkamlash uchun to‘g‘ri javoblar yozib olinadi.



To‘g‘ri javoblar:

1.Dori moddalari terining yuza qismiga uning butunligini buzmagan holda yuboriladi.

2.Dori moddalari oshqozon-ichak yo‘li shilliq pardalariga ta'sir qilmaydi.

3.Dori moddalari teri ostida “depo” hosil qilib, ta'sir kuchini uzaytiradi.

4.Patologik o‘chog‘larda dori moddalarining ko‘p miqdorda yig‘ilishi mahalliy ta'sirni kuchaytiradi.

5.Dori moddalari organizmga ion holida yoki shaklida kiradi, bu esa uning farmakologik aktivligini oshiradi.

6.Bir vaqtning o‘zida organizmga har xil qutblardan ikki xil dori moddasining suyuqliklari yuborilishi mumkin.

7.Dori moddalari bilan zaharlanishda organizmdan dori moddalarini chiqarishda keng foydalanish mumkin.



Vaziyatli masala:

1. Bemor 23 yosh tashxis: plobaqo‘yldangi keyngi og‘riqli sindrom diadinamoterapiya buyurildi. Qaysi modulashgan toklar beramiz?Qanday metodikda?



Javob. DDT-terapiyadan maqsad og‘riq qoldirish. DN (ikki fazali uziliksiz)-KP (qisqa davr)-DV (ikki fazali to‘lqinli) 2-3 minutdan, qutubni o‘zgartirib,3ta muolaja kurga. Metodikasi: elektrod og‘riq sohasiga, ikkinchisi bo‘yn sohasiga.

2. Bemor yuzi asimmetriyasi, bitta ko‘zi yoshlanishiga shikoyat qiladi. Diagnoz: Yuz nervi nevriti.Dorili elektroforez tavsiya qilingan. Qanday dori vositasi va metodikani belgilaysiz?

Javob.Davolashdan maqsad yalig‘lanish jarayonini yo‘q qilish va nerv-mushakda nerv impulslarini o‘tkazuvchanligini yaxshilash maqsadida Bergone bo‘yicha yarim maska usulida prozerin eritmasi elektroforezi qilinadi.

3. Bemor paradontoz bilan I darajada. Anamnezda: psixik travma olgan.Qaysi impul tokini bemor xolatidan kelib chiqib tavsiya etasiz?

Javob:Elektrouyqu muolajasi MNT sedativ va og‘riq qoldiruvchi ta'siri bo‘lgani uchun.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin