Toshkent tibbiyot akademiyasi uash tayyorlash kafedrasi



Yüklə 13,45 Kb.
tarix18.04.2017
ölçüsü13,45 Kb.
#14393
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

UASH TAYYORLASH KAFEDRASI



MA’RUZA MAVZUSI:

««Dizuriya. Sistit va siydik kislatali diatezni differensial diagnostikasi va UASH taktikasi”.

(Tibbiy pedagogika fakulteti talabalari uchun)

Siyish aktini buzilishida (dizuriya) birinchi navbatda uning tez-tez bulishi - pollakiuriya deb ataladi. Bu alomat pastki siydik yullari va prostata bezi kasalligiga xos. Xar bir siyishda oz mikdorda siydik ajralib chiqadi, bir kecha kunduzgi ajralib chikkan, siydik mikdori odatdagidan, ya’ni normadan oshik bulmaydi. Agar tez-tez siyish ko‘p mikdorda siydikni ajralib chikishi bilan kuzatilsa, bir kecha kunduzi siygan siydik mikdori normadan oshib ketadi, bu esa siydikni ajralib chikishi mexanizmi buzilishi bo‘lib xisoblanadi. (diabet, surunkali buyrak etishmovchiligi va boshkalar). Bir kecha kunduzi xaddan tashkari tez-tez ko‘p siyish 15-20 marta va undan ortik bulishi mumkin. Pollakiuriya ba’zida kat’iy buyruk tarzida siyish istagi bulishi bilan kuzatiladi. Tez-tez siyish fakat kunduzi va xarkat kilganda bo‘lib, kechasi va tinchlangan vaktda yuk bulsa Qovuqda tosh bulganda kuzatiladi. Tundagi pollakiuriya ko‘pincha prostata bezi usmalarida uchraydi. Qovuqni surunkali kasalliklarida xamda diuretiklarida kabul kilganda doimo pollikiuriya kuzatiladi. Ko‘pincha pollakiuriya ogriklar bilan kuzatiladi.

Oliguriya normadan tashkari xolat bo‘lib, oz siyish, bu ko‘pincha Qovuq innervatsiyasi buzilishi bo‘lib orka miyani shikastlanganida, uning kasalliklarida uchraydi.

Nikturiya yoki tugrirogi tungi pollakiuriya, tungi diurezni mikdori kunduzgi siydik mikdoridan ko‘prok bo‘lib, siyish soni xam ko‘payadi. Nikturiya – yurak qon-tomir etishmovchiligida, diabet va prostata bezi kasalliklarida uchraydi.

Stranguriya – siydikni kiyinchilik bilan chikib, siyishni tez-tez va ogrikli bo‘lib chikishidir. Stranguriyada bemor Qovuqda spazmali kiskarishlar bulayotganiligni sezadi, ba’zida siyish istagi bo‘lib turishiga karamay siydik chikmay yoki oz mikdorda siydik chikish bilan kuzatiladi. Koidaga binoan stranguriyada siyish istagi kat’iy buyruk tarzida (imperativ) kuzatiladi. Ayniksa, stranguriya Qovuqda patologik jarayonlarni bulishida yakkol bo‘lib kurinadi



SIYDIKNI MIKDOR UZGARISHI. Soglom kiishilarda kuruk issik klimatda siydik mikdori ozaygan buladi. Ko‘p mikdorda siydikni chikishi, ko‘p xajmda suyuklikni iste’mol kilganda kuzatiladi, bunday xolat fiziologik uzgarishga xos.

Ajralib chikayotgan siydik mikdorini ko‘payishini poliuriya deb ataladi. Siydikni nisbiy zichligi past (1002-1012) bulsa, bemor 2000 ml va undan ko‘prok siydik ajratib chikaradi. Fakat kandli diabetda siydikni nisbiy zichligi, glyukozani xisobiga yukori buladi (1030 gacha). Poliuriya odatda pollakiuriya bilan kuzatiladi. Xar bir siyishda ko‘p mikdorda siydik chiqadi. Urologik kasalliklarda poliuriya buyrak etishmovchiligini alomati bo‘lib xisoblanadi. Bu xolat surukali pielonefritda, buyrak polikistozida, prostata bezi xavfsiz giperplaziyasida bulishi mumkin.

Poliuriya utkir buyrak etishmovchiligini II davrida kuzatilib, kasallikni yaxshi natija bilan kuzatilayotganligidan xabar beradi. Poliuriyani diuretik dori-darmonlar xam keltirib chikarishi mumkin.

Opsouriya – ko‘p mikdor siydikni kechrok ajralib chikishi, ya’ni ko‘p iste’mol kilgan suyuklikni bir kecha kunduzi va undan ko‘prok muddatda ajralib chikishi. Kasallik ko‘pincha yurak etishmovchiligida kuzatilib, jigar va oshkozonosti bezi kasalliklarini alomati bo‘lib xisoblanadi.

Oligiuriya – ajralib chikayotgan siydikni ozayishiga aytiladi. Soglom odamlarda diurezni ozayishi (bir kecha kunduzi 500ml dan kam bulmasa) suyuklikni oz mikdorda iste’mol kilganda uchraydi. Bunday xolatlarda siydik ancha qonsertratsiyalashgan bo‘lib, nisbiy zichligi yukori buladi. Oliguriya deb bir kecha kunduzi ajralib chikkan mikdor 100 mldan 500 mlgacha buladi. Utkir buyrak etishmovchiligida oliguriya birdan bir alomatlaridan bo‘lib, kasallikni juda ogir darajada ekanligini alomati bo‘lib, natijasi xavfli ekanligini kursatadi. Oliguriyada siydikni nisbiy zichligi past buladi. Oliguriya boshka urologik kasalliklardan tashkari, ko‘p mikdorda suyuklikni yukotadigan xamma patologik xolatlarda (ich utishi, kayt kilish, qon ketish, ko‘p terlash, tana xaroratini kutarilishi) xamda yurak etishmovchiligida shishlarni paydo bulishida kuzatiladi. Utkir nefritda oliguriya membrana koptokchalarini filtratsion kobiliyatini buzilishiga boglik.

Anuriya - Qovuqga siydikni tushmay tuxtatishi natijasida paydo buladi. Bu xolatda buyrak parenximasi siydik ajratib chikarmaydi yoki yukori siydik yullarida tusikni borligi xisobiga siydik Qovuqka tushmaydi. Anuriyada esa, siyish istagi bulmaydi, Qovuqni kateterizatsiya kilganda biroz mikdorda (20-30 ml) siydik olish mumkin.

Qovuqda siydikni bulmasligi uch xil sabablarga boglik bo‘lib, anuriyani uchta asosiy shaklini keltirib chikaradi:

a) prerenal. b) renal sekretor. v) postrenal ekskretor.

Anuriyani arenal shakli asosiy urinni egallaydi. Bu buyrakni yukligi bo‘lib, tasodifan yoki majburiy bitta yagona bulgan buyrakni olib tashlaganda kuzatiladi.

Prerenal anuriya ikkala buyrakda tusatdan qon bilan ta’minlanishi yoki yagona buyrakda, buyrak arteriya va venasini okilyuzatsiyasida yoki kollaps, ogir shok bulganda, xamda degidratatsiyada uchraydi.



Renal sekretor anuriya utkir glomerulonefrit, bir biriga tugri kelmaydigan qon kuyilganda, nefrotoksik zaxarlar bilan zaxarlanganda, allergik reaksiyalarda, uzok muddat bosilish sindromida xamda buyrak koptok va naychalar apparatini birlamchi zararlanganida uchraydi.

Postrenal ekskretor anuriya bitta yagona yoki ikkita buyraklardan kelayotgan siydikni tusilishi natijasidan kelib chiqadi. Siydik naylarini ikkki tomonlama buyrak va siydik naylari toshlari, siydik yullari usma bilan bosilgan, ginekologik operatsiyalarni bajarayotgan vaktda tasodifan siydik nayini boglab kuyish natijasida kelib chiqadi.
Yüklə 13,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin