Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy-pedagogika fakulteti uash tayyorlash kafedrasi



Yüklə 126,21 Kb.
səhifə1/3
tarix13.03.2017
ölçüsü126,21 Kb.
#11005
  1   2   3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

TIBBIY-PEDAGOGIKA FAKULTETI

UASH TAYYORLASH KAFEDRASI


MA’RUZA MAVZUSI:

YO‘TAL, BALG‘AM , QON TUPIRISH. QIYOSIY TASHXISI. DAVOLASH.

UASH TAKTIKASI».

TOSHKENT – 2016
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Tibbiy-pedagogika fakulteti

UASH TAYYORLASH KAFEDRASI


«tasdiQlayman»

Tibbiy-pedagogika fakulteti

dekani, professor Xamroev A.A

___________________

«____» _____________ 2016 y


YO‘TAL, BALG‘AM, QON TUPRUSH. QIYOSIY TASHXISI. DAVOLASH.

UASH TAKTIKASI».

O‘QITISH TEXNOLOGIYASI

Talabalar soni-


Vakt – 2 soat

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Leksiya - vizualizatsiya


Ma’ruza rejasi

  1. Yo‘tal, balg‘am qon tupurish izoh bering

Yo‘talga olib keluvchi havf omillarni sanab uting

  1. Yo‘talni mexanizmi

  2. Xar xil kasalliklarda yo‘talni muhokama qiling

  3. Yo‘tal sindromi bilan kechuvchi kasalliklarni diagnostika va differensial diagnostikasini sanab bering.

  4. Yo‘tal, balg‘am sindromi bilan kechuvchi kasalliklarni davolashini reabilitatsiyasini, dispanserizatsiyasi va profilaktikasini muxokama qilib bering.

O‘quv mashg‘uloti maqsadi: Talabalarni Yo‘tal sindromi bilan kechuvchi kasalliklarni etiologiyasi, patogenezi, diagnostika va differensial diagnostika kriteriyalar, zamonaviy davolash prinsiplari va profilaktika bilan tanishtirish.

Pedagogik vazifalar:

1.Talabalarni Yo‘tal sindromi bilan kechuvchi kasalliklarni klinikasi va kechishi xakidagi bilimlarini o‘zlashtirish va chuqurlashtirish.

2.Differensial diagnostika o‘tkazish prinsiplarini tushuntirish

3.Talabalarda yo‘tal,balg‘am sindromi bilan kechuvchi kasalliklarda amaliy ko‘nikmalarni mustaqil egallash

4.Talabalarni profilaktik jarayon bilan tanishtirib o‘tish


O‘quv faoliyati natijalari:

UASH bilishi lozim:

  1. Yo‘talni va uni keltirib chikaradigan xavf omillarni bilish

  2. Yo‘tal sindromi bilan kechuvchi kasalliklarni diagnostikasi .

  3. Differensial diagnostikani o‘tkazishni o‘ziga xosligi

  4. Davolash prinsiplari.

  5. Reabilitatsiya va profilaktika utkazish.




Ta’lim usullari

Ma’ruza matni, videofilmlar, tezkor-so‘rov, savollar, «ha-yo‘q» texnikasi

Ta’lim shakli

Lazer proektori, vizual materiallar, maxsus texnika vositalari bilan jihozlangan

Ta’lim vositalari

Kollektiv

Ta’lim berish sharoiti

Auditoriya


MA’RUZA TEXNOLOGIK XARITASI

Etaplari, vaqti

Deyatelnost

O‘qituvchi

Talabalar

1 etap

Kirish


(5 min)

1. Ma’ruza mavzu’sinini, maqsadini, ko‘zlagan rejasini gapirib beradi

1. Eshitadilar

2 etap

Bilimlarni dolzarblashtirish

(20 min)


2.1.Talabalarni bilimlarini dolzarblashtirish maqsadida savollar beradi:

1. Yo‘tal sindromi bilan kechuvchi qaysi kasalliklarni bilasiz?

2. Yo‘tal, balg‘am – bu nima?

3. Bronxlarni giperreaktivligi nima?

4.Yo‘tal, balg‘am xarakteri va davomiyligiga qarab izoh bering?

Tezkor-so‘rov o‘tkazadi

2.2. Ekranda ko‘rsatib ma’ruza maqsadi bilan tanishtirishni taklif etadi Slayd soderjanie izoh beradi.

Slayd №1


2.1.Savollarga javob beradilar

2.2. №1 slaydni o‘rganib chiqadilar

2.3. №2 slaydni o‘rganib chiqadilar


3 etap

Asosiy bosqich (informatsion)

(55 min)


3.1.Ma’ruza mazmuni va shaxs ma’naviyatini shakllantirish mezonlari bilan tanishtiradi. Talabalarning loyiha mavzusi bo‘yicha bilimlarini dolzarblashtiradi va tezkor-so‘rov o‘tkazadi:

Rejani 1 savoli bo‘yicha: Yo‘tal, balg‘am sindromiga tasnif bering

Rejani 2 savoli bo‘yicha:Yo‘tal. balg‘am olib keluvchi havf omillarni sanab uting

Rejani 3 savoli bo‘yicha: Qaysi o‘pka va o‘pkadan tashqari kasalliklar Yo‘tal, balg‘am sindromi bilan kechadi?

Rejani 4 savoli bo‘yicha: Balg‘am tavsifi bo‘yicha qanaqa bo‘lishi kerak?

Rejani 5 savoli bo‘yicha: xansirash va bo‘g‘ilish qanday farqlanadi?

Mavzuni asosiy joylarida to‘xtab, yozib olishni taklif eting


3.1. Berilgan materiallarni muxokama qiladilar, savollar beradilar

Asosiy joylarini yozib oladilar




4 etap

YAkuniy (10 min)



4.1. Savol beradi:

1. Yo‘tal sindromi bilan kechuvchi kasalliklarni sanab bering.

2. Yo‘tal, balg‘am klassifikatsiyasini aytib bering

4.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Pnevmoniya, bronxit



4.1. savolga javob beradilar
4.2. eshitadilar, yozadilar

Yo‘tal, balg‘am va qon tupurish sindromi
Yo‘tal UAV faoliyatida ko‘p uchraydigan sindromlardan biri bo‘lib, nafasni kuch bilan turtkisimon jarangli chiqarilishi hisoblanadi. Uning natijasida traxeya va bronxlar shilliq hamda yot jismlardan tozalanadi. Yo‘tal markazi uzunchoq miyada joylashgan bo‘lib, refleksogen zonalardagi adashgan nerv tolalarini qitiqlanishi oqibatida yuzaga keladi. Ushbu zonalarning eng muhimlari xalqum shilliq qavatida, ovoz bog‘lamlarida, traxeya bifurkatsiyasida va yirik bronxlar bo‘lingan sohalarda joylashgan. Nafas olinayotgan havo haroratining o‘zgarishi (issiq yoki sovuq), balg‘am, yot jismlar, travma va boshqalar yo‘tal retseptorlarini qo‘zg‘atishi natijasida uzunchoq miyaga uzatiladi. U erda retikulyar formatsiyaning polisinaptik aloqalari ta’sirida bronx, xalqum, ko‘krak qafasi, qorin, diafragma mushaklarining murakkab muvofiqlashtirilgan reaksiyasi ta’sirida yo‘tal yuzaga keladi.

YUqorida aytib o‘tilgan jarayon bosh miya nazoratida bo‘ladi. Yo‘talning uchta - inspirator, kompression va ekspirator davrlari farqlanadi.

Inspirator davrda ovoz tirqishi reflektor ochilib, barcha inspirator mushaklar ishtirokida chuqur jadal nafas olish yuz beradi.

Kompression davrida ovoz bog‘lamlari va tirqishi yopiladi. Undan so‘ng ichki qovurg‘alararo va qorin ekspirator mushaklari keskin qisqaradi.

Ekspirator davrda (haqiqiy yo‘tal davri) taxminan ikkinchi davrdan 0,2 soniya o‘tgach ovoz tirqishlari reflektor ochiladi, bosim o‘zgarishi yuz beradi va turbulent havo oqimi keskin o‘zi bilan bronxlardagi mavjud narsalarni olib nafas yo‘llaridan tashqariga intiladi. Og‘iz orqali kuchli turtkisimon nafas chiqarish yuz beradi. Nafas yo‘llarida balg‘am tebranishi sababli u yo‘talga xos bo‘lgan ovoz chiqaradi.

Yo‘tal yurak-nafas sistemasi buzilishlarida ko‘p uchrovchi simptomlarga kiradi. Yo‘tal vaqtida kuchli va tez nafas chiqarish kuzatilib, buning natijasida traxeobronxial daraxt shilliq va yot moddalardan tozalanadi.

Mexanizmi. Yo‘tal odam hohishiga bog‘liq yoki reflektor bo‘lishi mumkin. Himoya refleksi sifatida yo‘tal afferent va efferent yo‘llarga ega. Affernt bo‘g‘in uch shohli nerv, tilyutqin neri, yuqori tanglay va adashgan nerv sezuvchi nerv oxirlari yo‘tal retseptorlaridan boshlanadi.Efferent yo‘llar esa yutqun nervi qaytuvchi tolasi, ovoz tirqishini yopuvchi tolalar va ko‘krak va qorin mushaklarini qisqartiruvchi orqa miya nervlaridan hosil bo‘ladi. Yo‘tal ta’sirlovchiga nisbatan reaksiya sifatida boshlanib, natijasida chuqur nafas olish sodir bo‘ladi. So‘ngra ovoz tirqishi yopiladi, diafragma bo‘shashib, suyak muwaklari qisqarib ko‘krak qafasi ichida yuqori musbat bosim hosil bo‘lib( natijada nafas yo‘llarida ham musbat bosim hosil bo‘ladi), bunga yopiq ovoz tirqishi qarshilik qilib turadi. Musbat ko‘krak qafasi ichi bosimi traxeyalarning orqa membranasini botishi hisobiga uning bo‘shlig‘ini torayishiga olib keladi. Ovoz tirqishining ochilishi bilan tmosfera bosimi va ko‘krakichi musbat bosimi farqi va traxeyalar qisqarishi hisobiga oqim bilan ovoz tezligiga teng tezlik bilan nafas chiqishi sodir bo‘ladi. Natijada traxeya yuzasidagi kuch shilliq va yot jismlarningchiqib ketishiga olib keladi. Trexeastoma mavjud bo‘lganda germetiklik buziladi va bu yo‘tal effektivligini pasaytiradi.

Etiologiyasi. Yo‘tal yo‘tal retseptorlarini yallig‘lanish jarayonlarida, mexanik, ximik va termik ta’sirlanishi najitasida yuzaga keladi. YAllig‘lanish jarayonida shish va giperemiya shuningdek eksudativ jarayonlar nafas yo‘llari shilliq qavatini ta’sirlantiradi. SHu kabi ta’sirlanishlar nafas yo‘llarini o‘zida yuzaga kelishi mumkin bo‘lib, bularga laringit, traxeit, bronxit va bronxiolitda , shuningdek alveolarda penevmoniya yoki o‘pka absessida yuzaga keladi. Mexanik ta’sirlovchilarga havo bilan nasf olinganda kirgan mayda jismlar va chang, nafas yo‘llarining bosilishi yoki tonusini oshishi hisobiga o‘tkazuvchanligini buzilishidan yuzaga keladi. nafas yo‘llarini bosilishiga olib keladigan kasallikalar tashqi yoki ichki turlarga bo‘linadi. Birinchi turiga aorta anevrizmasi, granulyomalar, o‘pkadagi yangi hosilalar, ko‘ks oralig‘i o‘smalari kiradi. Intramural hosilalarga bronhogen karsinoma, bronx adenomalari, yot jism, bronx ichki yuzasi graniulematozi, nafas yo‘llari silliq mushaklarini qisqarishi (bronxial astm)kiradi. Nafas yo‘llaridan havoni o‘tishi o‘z o‘zidan o‘pka elastikligi pasayganda ham buziladi. Misol qilib, o‘pkaning spetsifik kasalliklardan o‘tkir va surunkali interstitsial o‘pka fibrozi, o‘pka shishi, atelektazlarni olish mumkin. Ximik ta’sirlovchilar bo‘lib turli o‘tkir hidli gazlar, sigaret tutini ham shuningdek va ximik chiqindilar hisoblanadi. Va nihoyat termik ta’sirlovchilar juda issiq yoki o‘ta sovuq havo bilan nafas oliganda yuzga keladi.

Diagnostika. YUqorida keltirilgan yo‘tal sabablarini hisobga oladigan bo‘lsak, yo‘tal o‘tkir yoki surunkalimi va u produktivmi yaki balg‘am ajralishi bilan kechadimi yoki noproduktivmi kabi savollarga javob berish bilan mumkin bo‘lgan diagnozlar sonini aytarli qisqartirish mumkin. Anamnez ma’lumotlari, fizikal tekshiruvlar, ko‘krak qafasi rentgenografiyasi natijalari, o‘pkalarni funksional tekshirishlari( o‘pka statik hajmini va nafas aktini dinamik ko‘rsatkichalarini aniqlash), shuningdek balg‘am taxlili natijalari yo‘talni spetsifik sababini aniqlashga imkon beradi. O‘tkir yo‘tal virusli infeksiyada maxsus lokalizatsiyaga ega bo‘lib , masalan, traxeobronxit yoki pnevmonit, yoki bakterial tabiatli bo‘lgnda- bronxopnevmoniya. Yo‘tal, o‘tkir temperatura ko‘tarilishi va ovoz bo‘g‘ilishi bilan odatda virusli laringotraxeobronxitda kuzatiladi. Surunkali yo‘tal asosan yutqinning orqa devori bo‘ylab shilliq oqishi hisoblanadi.

Yo‘tal harakteri patologik protsesning anatomik joylashuvini aniqlashga imkon beradi. “Akillovchi” yo‘tal hiqildoqusti qismidagi protseslar, ko‘pincha Haemophilus pertussis qo‘zg‘atgan ko‘kyo‘talda kuzatiladi. Traeya yoki yo‘g‘on nafas yo‘llari kasalliklarida ko‘pincha baland va “metalik” yo‘tal bo‘ladi. Yo‘tal generellashgan hushtaksimon xirillashlar bilan birga, o‘tkir bronxospazm natijasida chaqirilishi mumkin. Yo‘tal paydo bo‘lish vaqti ham yo‘tal sababini aniqlashtiradi. Kechasi paydo bo‘ladigan yo‘tal yurak etishmovchiligida kelib chiqadi. Yo‘tal ovqat qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lsa, traxeyaqizilo‘ngach churrasiga, diafragma qizilo‘ngach teshig churrasi yoki qizilo‘ngach divertikuliga shubha tug‘diradi. Tana holatini o‘zgartirish bilan yuzaga keladigan yo‘tal o‘pka absessi yoki lokallashgan bronxoektazga xos.

Fizikal tekshiruvlar natijasida olingan auskultativ ma’lumotlar patologik jarayon lokalizatsiyasini aniqlash imkonini beradi. Inspirator stridor va xushtaksimon nafas halqum kasalliklariga xos. Katta kalibrdagi nam xirillashlar nafas olish va chiqarishda kuzatilsa traxeya va yirik nafas yo‘llari zararlanishi haqida fikr yuritsa bo‘ladi. Dag‘al o‘rta pufakchali xirillashlar nafas olish aktida kuzatilsa interstitsial fibroz yoki interstitsial o‘pka shishiga shubha tug‘diradi. Aksincha, mayin krepitatsiyalovchi xirillashlar alveolalarda suyuqlik to‘planuvchi kasalliklar(pnevmonit yoki o‘pka shishida)dan dalolat beradi. Yo‘tal sababini ko‘krak qafasi rentgenografiyasida o‘pka ichi, markaziy yoki periferik hajmli hosilalar aniqlanishi mumkin. Alveolalarni qamrab oluvchi jarayon pnevmonik yoki nopnevmatikgen genezda, o‘pka to‘qimasini qaysidir qismini katakchali yoki kistasimon hosilali bo‘lishi lokalizatsiyalashgan bronxoektazda, ikki taraflama ildizoldi adenopatiya sarkaidoz yoki limfoma belgisi bo‘lishi mumkin.

O‘pka funksiyasini tekshirish orqali ham diagnoz aniqlashiriladi. Sezilarli ekspirator havo oqimi obstruksiyasi maksimal nafas chiqarish probasi orqali aniqlash va anamnezida ko‘p miqtordagi balg‘am bilan yo‘talning bo‘lishi boshqa sabablardan tashqari, bemorda yaqqol bronxit mavjudligini bildiradi. O‘pka hajmini kamayishi ko‘krak qafasi, plevra, alveolalar va interstitsial to‘qima patalogiyalarida uchraydi.

Asoratlari. Yo‘tal sababli 3 tur asoratlar kuzatilishi mumkin: paraksizmal yo‘tal hushdan ketishga, kuchli davomli yo‘tal emfizematoz o‘pka soxalari yorilishi va qovurg‘alar sinishiga olib keladi. yo‘talda hushdan ketish mumkin mexanizmi bo‘lib aytarli musbat ko‘krakichi bosimnii va alveolar bosimi ortishi, yurakka keladigan veniz oqimning pasayishi hisobiga deb tushuntiriladi. Bu yurak zarb hajmining kamayishiga, natijasida sodir bo‘ladi.

Davolash. Davolash usuli yo‘tal sababidan kelib chiqadi. Sababni aniqlagachgina spetsifik terapiya buyuriladi. Agar yo‘tal sababini aniqlash imkoni bo‘lmasa bemor uchun havf bo‘lsa simptomatik davo o‘tkaziladi.



Qonli ajralmali yo‘tal

Yo‘talganda balg‘am bilan ajraladigan qon laxta bo‘lib ajraladimi yoki nafas yo‘llaridan massiv qon ketadimi baribir – qon tuflash deb aytiladi. Albatta massiv qon ketganda bemor to‘liq tekshirilishi va buni spetsifik sababi aniqlanishi lozim. Qon laxtasi mavjud balg‘amli bemorlarni ham to‘liq tekshiruvdan o‘tkazish zarur va bunday bemorlardagi balg‘am o‘zgarishini qachondir aniqlangan diagnoz bilan asoslash katta xato hisoblanadi. (M- sur. Bronxoektatik kasallik yoki bronxit). Bunday bemorlarni doimo 1- marta murojat etgan kabi tekshiruvlardan o‘tkazish kerak.

Qonli balg‘amli yo‘tal sababini aniqlash maqsadida tekshiruvlarni boshlashdan avval qon chindan ham nafas yo‘llaridan ajralayotganini aniqlash zarur. Nafas yo‘llaridan qon ajralishidan avval tomoqda turtinish yoki yo‘talish hissi paydo bo‘ladi va yo‘tal bilan qon ajraladi. Bunda balg‘amdagi qon yorqin qizil ko‘pikli bo‘ladi. Hazm yo‘llaridan qon ajralganda esa avval qorinda noxush his, ko‘ngil aynish bo‘lib, qusganda qusuq massalari bilan qon ajraladi va qizil anilinli bo‘yoq rangida bo‘ladi. Qon ketish manbai aniqlangandan so‘ng tekshiruvlar o‘tkaziladi. Adabiyotlarda quyidagi sabablar keltirilgan – 1. YAllig‘lanish kasalliklari (bronxit, bronxoektatik kasallik, o‘pka abssessi, sil, ayniqsa klebsiellalar chaqirgan pnevmoniya), 2. O‘sma kasalliklari (o‘pka raki – tangacha hujayrali, adenokarsinoma, ovsyano hujayrali), bronxlar adenomasi 3. Boshqalar (o‘pka tomirlari tromboemboliyasi, chap qorincha etishmovchiligi, mitral klapan stenozi, travma, yot jism, o‘pka lat eyishi, birlamchi o‘pka gipertenziyasi (vena va arteriyalar rivojlanish nuqsoni, eyzenmenger sindromi, o‘pka vaskuliti, vegener granulyomatozi, Gudpascher sindromi, o‘pka idiopatik gemosiderozi, amiloidoz), gemorragik diatez, antikoagulyantlar bilan davolash).

Qonli ajralmali yo‘tal kuzatiladigan kasalliklarda:


  1. O‘pka metastatic karsinomasida qonli ajralmali yo‘tal kam uchraydi.

  2. Virusli yoki pnevmokokkli pnevmoniyada ham oz miqdorda qonli ajralmali yo‘tal kuzatiladi.

YOsh ayollarda surunkali retsidivlanuvchi qonli ajralmali yo‘tal boshqa simptomlarsiz – Bronx adenomasida kuzatiladi. Ko‘p miqdorda balg‘am bilan qonli ajralmali yo‘tal va o‘pkada halqasimon soyalar bo‘lishi va bronxlarni havo bilan to‘lishini – ‘tramvay liniyalari’ ga o‘xshab, kista hosil qilishi – bronxoektatik kasallikda. 40 yoshdan keyin chekuvchi, anoreksiya, tana massasini defitsiti bo‘lgan erkaklarda bu simptom bronxogen rakka shubha; ko‘krak qafasi travmasini olganlarda o‘pka lat eyishiga; o‘tkir plevral og‘riqlar bilan kuzatilsa o‘pka tomirlari tromboemboliyasida o‘pka infarkti rivojlanishi bilan; plevra va plevra bo‘shlig‘I kasalliklarida (o‘pka abssessi, koksidiomikotik bo‘shliq, vaskulit). Bemorda qonli ajralmali yo‘tal bilan o‘pka gipertenziyasi belgilari bo‘lsa – birlamchi o‘pka gipertenziyasi, mitral stenoz, retsidivlanuvchi va surunkali o‘pka tomirlari tromboemboliyasi yo eyzenmenger sidromi. Katta bronxlar ustida xushtaksimon xirillashlar bilan qonli ajralmali yo‘tal kuzatilsa bronxogen karsinoma yo yot jism bo‘lishi mumkin. Sistemali arteriovenoz bog‘lanishlar yoki o‘pka maydonlari ustidagi shovqin Osler-Randyu-Veber (tug‘ma o‘pka tizimi arteriovenoz rivojlanish nuqsonlari bilan) sindromida ham qonli ajralmali yo‘tal kuzatiladi. Rentgenda suyuqlik va havo sathi bo‘lsa – o‘pka abssessi, hajmli hosila – markaziy va periferik o‘pka o‘smasi.

Fizikal va rentgenologik tekshiruvlarda o‘zgarishlar bo‘lmasa qon ketish manbaini aniqlash o‘tkir muammo. Bemor majburiy holatda bo‘lib, kasal tarafini avaylaydi. Bemor holatini o‘zgartirganda qon zararlanamagantarafga yo boshqa o‘pkaga o‘tadi yoki bemor ma’lum bir sohada chuqur kuydiruvchi og‘riq borligini aytadi. Anamnezida shunday og‘riqlar bo‘lgan bo‘lsa – bronxoskopiya o‘tkazish kerak –bu qon miqdori ko‘p bo‘lmaganda yaxshi ma’lumot beradi. Ko‘p qon ketganda Bronx va alveolalar qon bilan to‘lib qonli pnevmonitga olib kreladi. Bu birlamchi rentgenogrammada qon ketish manbaini aniqlashga halaqit beradi. Odatda qon 1 haftada so‘riladi va shundan so‘ng o‘tkazilgan rentgenogrammada manbani aniqlash oson.

Qonli ajralmali yo‘tal mavjud bemordan anamnez va fizikal ma’lumotlar yig‘ilgandan so‘ng rentgenogramma, bronxoskopiya o‘tkaziladi. Massiv qon ketganda selektiv endobronxial intubatsiya o‘tkaziladi. Fibraoptik bronxoskopiya bir necha mmli bronxlargacha boradi. Bu ko‘riklar orqali visual ko‘rish va bioptat olib sitologik tekshiruv o‘tkazish mumkin.

Bronxografiyaga qonli ajralmali yo‘tal bo‘lganda ko‘rsatma: 1. Local joylashgan bronxoektazlarni, sekvestrlangan o‘pka bo‘lagini tasdiqlash; 2. Local joylashgan generallashgan bronxoektazlarni istisno etish ( xirurgik operatsiyani rejalashtirish uchun retsidivlanuvchi qonli ajralmali yo‘tal va retsidivlanuvchi infitsirlanishda).

Davolash odatda qonli ajralmali yo‘tal ko‘p bo‘lmaydi va spetsifik terapiyasiz o‘z-o‘zidan to‘taydi. Bemorni tinchlantirish, yotoq rejim va yo‘talni(yo‘tal bemor ahvolini og‘irlashtiradi) kamaytirish zarur. Bemor yonida traxeyani sanatsiyasi va intubatsiya uchun shoshilinch instrumentlar bo‘lishi zarur(shoshilinch hollarda). Bemorda asfiksiya xavfi bo‘lganda traxeyani intubatsiya qilib qon ketayotgan bronxga sishiriladigan ballonli kateter kiritiladi visual kuzatuv ostida. Massiv qonli yo‘tal 24 soatda 600-800 ml -xavfli belgi hisoblanadi –qon aspiratsiyasi tufayli asfiksiya xavfi. Kaverna, abssess va hajmli hosila bo‘lgan bemorlarda qonli ajralmali yo‘tal xirurgik davoga ko‘rsatma. Bronxit, bronxoektazli bemorlarda deyarli xirurgik davo o‘tkazilmaydi. Massiv qonli yo‘tal bo‘lgan xirurgik davo olish iloji bo‘lmagan bemorlarda bronxial arteriyalar kateterizatsiyasi yo embolizatsiyasi o‘tkaziladi. Neodim –IAG (ittriy-alyuminiy -granat) bilan lazer terapiya palliative o‘tkazish mumkin.

Yo‘tal refleksi 5 tarkibiy qismdan iborat (yo‘tal retseptorlari, afferent nervlar, medullyar yo‘tal markazi, efferent nervlar, effektorlar yoki nafas mushaklari) bo‘lib, uning quyidagi turlari tafovut etiladi:



▪ bitonal (t. bitonalis) yo‘tal – past va qo‘shimcha yuqori ikki tonli jarangga ega. Yirik bronxlar va traxeyaning bosilishida, masalan, tumaroz bronxoadenitda ro‘y beradi;

▪ nam (t.humida) yo‘tal – balg‘am ajralishi bilan namoyon bo‘ladi;

▪ konvulsiv yoki tirishish (t.sonvulsiva) yo‘tal – xurujsimon bo‘lib, biri ketidan ikkinchisi tez keladi va shovqinli nafas kuzatiladi. Ba’zan qayd qilish bilan kechib, bunga ko‘k yo‘tal kasalligi misol bo‘ladi;

▪ akillovchi yo‘tal – kuchli, uzilib-uzilib qoluvchi, quruq bo‘lib, xiqildoq yoki traxeyani patologik jarayonlariga xos. U ovoz xirillashi va bo‘g‘ilishi (afoniya) bilan birga kelishi mumkin;

▪ reflektor (t. reflectorica) yo‘tal – nafas yo‘llaridan tashqaridagi reflesogen zonalarni ta’sirlanishidan sodir bo‘ladi, jumladan, tashqi quloq yo‘llari, oshqozon kasalliklarida;

▪ spazmatik (t. spasmodica) yo‘tal – kuchli, quruq bo‘lib, xiqildoq spazmi, pastki xiqildoq nervining ta’sirlanishi hisobiga kelib chiqadi;

▪ quruq (t. sicca) yo‘tal – balg‘am bo‘lmaydi;

▪ quloq (t. otica) reflektor yo‘tal – tashqi eshituv yo‘lining orqa pastki devoriga buyum bilan ta’sir etish natijasida kuzatiladi. Ushbu yo‘talni paydo bo‘lishi adashgan nervni quloqqa boruvchi tarmoqlarini ta’sirlanishi bilan tushuntiriladi;

▪ sun’iy (tussis artificialis) yo‘tal – maxsus apparat yordamida nafas yo‘llariga o‘tkaziladigan muolajalarda kuzatiladi;

▪ allergik yo‘tal – bemorlar allergenlar bilan kontaktda bo‘lganida; ▪ plevral yo‘tal – quruq bo‘lib, ko‘krak qafasidagi og‘riq bilan o‘pka infarkti va mediastinal rakda kuzatiladi;

▪ past yo‘tal – yaqqol rivojlangan o‘pka emfezimasiga xarakterli;

▪ tinch yo‘tal – krupoz pnevmoniyaning boshlang‘ich davrlariga, quruq plevrit hamda o‘pka siliga xos;

▪ jarangsiz yo‘tal – ovoz boylamlarini jarohatida (paralichida), traxeostomiyada va hiqildoqni qaytuvchi nervni zararlanishida;

ertalabki yo‘tal – chekuvchilarda va SOO‘Kgida kuzatiladi;

kechki yo‘tal – bronxit va pnevmoniya kasalligida;

▪ tungi yo‘tal – bronxo-pulmonal limfa tugunlarini patologik jarayonlarida (sil, limfogranulomatoz, o‘smalar), bronxial va yurak astmasida;

▪ rezonir yo‘tal – o‘pka sili kavernasi va boshqa o‘pkada bo‘shliq bilan kechuvchi kasalliklarda;

▪dimlanish hisobidagi yo‘tal – yurak kasalliklarining dekompensatsiya bosqichida natijasida o‘pkadagi dimlanish hisobiga;

▪ irritativ yo‘tal – pollyutantlarni nafas yo‘llariga ta’siri natijasidagi quruq yo‘tal;

▪ chuqur nafas olgandagi yo‘tal – traxeya bifurkatsiyasi sohasidagi chandiqli jarayonlar natijasida;

▪ tik turgandagi yo‘tal – qorin bo‘shlig‘idagi patologik jarayonlar va ko‘krak qafasi o‘smasida diafragmani tortilishi oqibatida;

▪ yotgan holatdagi yo‘tal – ko‘ks oralig‘i patologiyasida, bo‘qok, aorta anevrizmida, vagotoniya holatida;

▪ qariyalardagi yo‘tal – kuchsiz bo‘lib, ob-havoning o‘zgarishi hisobiga kuchayishi mumkin;

▪ odatiy terapiyaga chidamli yo‘tal – kuchli, bemorga azob beruvchi va yo‘talga qarshi dorilarning samarasizligi;

▪ chekuvchilar yo‘tali – surunkali, ertalablari kuzatilib, kam balg‘am ajraladi;

▪ sovuqdagi yo‘tal – sovuq havoni nafas yo‘llarini ta’sirlashi natijasida;

▪ bir martali yo‘tal – nafas yo‘llariga o‘tkir moddalar ta’siri (ammiak), ovqat ichgandagi qalqishlar sodir bo‘lgandagi yo‘tal;

▪ surunkali yo‘tal – uch haftadan ortiq cho‘zilgan yo‘tal;

▪ samarasiz yo‘tal – drenaj funksiyasi etarlicha bo‘lmagan hollardagi yo‘tal;

▪ ovqatga bog‘liq yo‘tal – diafragmani qizilo‘ngachga o‘tish teshigi churrasi, qizilo‘ngach divertikulezi, qizilo‘ngach traxeal oqmada;

▪ kapoten yo‘tal – AAFI (kapoten, renitik, enap, prestarium va boshqalar) natijasida;

▪ yo‘tal reprizasi – birin-ketin, kuchli, siltanib paydo bo‘ladigan yo‘tal.

Diqqat bilan sinchiklab yig‘ilgan anamnez yo‘tal xarakteri va balg‘am ajralishi, rivojlanish mexanizmi, kechishini aniqlab, to‘g‘ri diagnoz qo‘yish va davolash imkonini beradi.


Balg‘am
Yo‘tal bilan birgalikda ko‘pincha balg‘am va xansirash kuzatiladi. Balg‘am yo‘talish hisobiga turli kasalliklar natijasida nafas yo‘llaridan ajraladigan patologik sekretdir.

Balg‘amni makroskopik tekshirish, kasallikni tashxislashda va bemorni keyingi davolashda klinik jihatdan muhim bo‘lib, uning ranggi, tarkibi va konsistensiyasiga ahamiyat beriladi. Balg‘amni kunlik miqdori oddiy bronxitda 50 ml gacha, bronxoektaz kasalligi va o‘pka abssessida 200-300 ml gacha oshadi. Uning miqdorini oshishi surunkali bronx-o‘pka kasalliklari qo‘ziganini bildiruvchi mezonlardan biri hisoblansa, kamayishi davolash tadbirlarining samaradorligini yoki bronx yo‘llarini tiqilib qolganini bildiradi.



Bronxoreya - doimiy ko‘p miqdorda suyuq, ba’zan ko‘pikli balg‘amni kuniga 1 dan 3 litrgacha ajralishidir. Balg‘amni xarakteri undagi substratlar va aralashmalar bilan bog‘liq. Uning tarkibi va konsistensiyasiga ko‘ra quyidagi turlari farqlanadi:

shilliqli balg‘am – tiniq, quyuq, ba’zan esa rangsiz ko‘piksimon, xujayra elementlari kam bo‘lib, o‘tkir va surunkali bronxitda uchraydi;

shilliq-yiringli – oqish, bir xilda, yarim tiniq bo‘lib, surunkali bronxitda kuzatiladi;

yiring-shilliqli – asosan yiringli xarakterda, yarim tiniq, ko‘rinishi bir xil emas;

yiringli balg‘am – bir xilda sariq-yashil yoki oq, yarim suyuq, ko‘p hollarda o‘pkaning destruktiv kasalliklarida uchraydi;

chirigan balg‘am – yiring bilan chiriganlik hidi, anaerob infeksiyaga xos;

seroz, “pushti” balg‘am – suyuq, ko‘pikli, rangsiz yoki pushti rangda bo‘lib, o‘pka shishidan dalolat beradi;

shishasimon balg‘am – BA kasalligining tashxisiy mezonlaridan biri;

“SHokolad kukuni rangi” dagi balg‘am – shilliqli, cho‘ziluvchan, qon aralash bo‘lib, klebsiella pnevmoniyasida (Fridlender) kuzatiladi va ba’zan “smorodina jelesi” yoki “malinali jelesi” deb ham yuritiladi;

“Dursimon” balg‘am – dumaloq birikmalardan iborat bo‘lib, tarkibida atipik xujayra va detrit tolalari uchraydi. Bunday balg‘am yassi xujayrali o‘pka rakini tashxisiy mezonlaridan biridir;

♦“Zangsimon” balg‘am – zangsimon rangda bo‘lib, krupoz pnevmoniyada kuzatiladi;

“SHokoladsimon” balg‘am – qo‘ng‘ir, quyuq, og‘iz to‘lib ajraluvchi bo‘lib, o‘pka abssessini yorilish davri yoki o‘pka amebiazi uchun xarakterlidir;

Balg‘am tarkibida Kurshman spirali, SHarko-Leyden kristallari hamda eozinofil hujayralari bo‘lishi BA kasalligiga xos. Ayrim hollarda yakka Kurshman spiralini topilishi pnevmoniya, o‘pka silida ham uchrab turishi mumkin. Ditrix probkasi o‘pka gangrenasida, yiringli bronxit, surunkali o‘pka abssessida kuzatiladi.

Balg‘am ranggi nafas bilan olingan changlar natijasida oq, qora (ko‘mirdek), sariq, ko‘k, qizil (anilin bo‘yoqlari), yashil (infeksiya), malla rangda bo‘lishi mumkin.

Balg‘amni qavati – ko‘p miqdorda balg‘am ajralganda sodir bo‘ladi. Ko‘p miqdordagi yiringli balg‘am tindirib qo‘yilganda ikki yoki uch qavatga ajraladi. Ikki qavatli balg‘amda yuqorigisi oqish, ko‘pikli va pastkisi yiringli, tiniq bo‘lmagan balg‘am o‘pka absessini yorilish davrini ifodalasa, uch qavatli balg‘amda yuqorisi - oqish, ko‘piksimon; o‘rtasi - suvsimon, xira va pastkisi - sariq, yiringli, tarkibida Ditrix probkalari mavjud bo‘lib, o‘pka gangrenasi, bronxoektaz kasalligi, kam hollarda chirigan bronxit hamda sil kasalligida kuzatilishi mumkin. SHuningdek ajratilgan balg‘am har xil hidli bo‘lib, uning hidi bakterial flora va oqsil tarkibidagi fermentlarni parchalanishiga bog‘liq. YAngi ajralgan balg‘amda hid bo‘lmaydi. O‘pkaning destruktiv jarayonlarida chirigan, kuygan go‘sht hidi Fridlender pnevmoniyasida, shirinlik hidi o‘pka silida kuzatilishi mumkin.

SHunday qilib, UAV balg‘amni sinchiklab tekshirib o‘rganishi va undagi o‘zgarishlarni kasallikning klinik belgilari bilan birgalikda tahlil qila olishi zarur.



Yüklə 126,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin