Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filiali


V.Amaliy ko‘nikmalar ro‘yxati



Yüklə 159,5 Kb.
səhifə7/9
tarix11.05.2023
ölçüsü159,5 Kb.
#111403
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5 kurs bolalar xirurgiyasi davolash fak ishchi o\'quv dasturi

V.Amaliy ko‘nikmalar ro‘yxati:



  1. Bemorni kuratsiya qilish;

  2. Elefant sinamasi (o‘tkazish texnikasi)

  3. Qizilo‘ngach zondlash (o‘tkazish texnikasi)

  4. Bolalarda qizilo‘ngachni kontrastnoe tekshiruvi (o‘tkazish texnikasi)

  5. Rentgenografiya Trendelenburga xolatida va uni o‘tkazish texnikasi.

  6. Fistulografiya kindik oqmalarida va uni o‘tkazish texnikasi

  7. Rentgenografiya Vangenstinu usulida va uni o‘tkazish texnikasi.

  8. Pellera-Sitkovskogo usulida punksiya o‘tkazish texnikasi

  9. Bronxoskopiya, bronxografiya - o‘tkazish texnikalari.

  10. Splenoportografiya, splenomanometriya.

  11. Ezfagogastroduodenoskopiya.

  12. Siydik qopini kateterizatsiya o‘tkazish texnikasi.

  13. Miksion sistografiya o‘tkazish texnikasi.

  14. Kasallik tarixini shakllantirish.



O‘quv klinik amaliyotni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Talabalarning “Xirurgiya” fani barcha yo‘nalishlari bo‘yicha klinik amaliyoti ta’lim jarayonining 50%ini tashkil qiladi va “Xirurgiya” fani yo‘nalishlari bo‘yicha klinik amaliyoti kasalxonalarning xirurgik bo‘limlarida, shifoxonalarning qabul bo‘limlarida, poliklinikalarda va qishloq vrachlik punktlarida o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotda amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish jarayoni batafsil rejalashtiriladi va bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi:
1. Birinchi bosqich – mashg‘ulotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqgan holda o‘rganilayotgan amaliy ko‘nikmani o‘rganish motivatsion asosi aniqlanadi, uning nazariy jihatlari muhokama qilinadi. Amaliy ko‘nikmalarni amalga oshirish uchun kerakli asbob anjomlar ishlash mexanizmi, ishlatish qoidalari bilan talabalar tanishtiriladi.
Birinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedrada barcha asbob anjomlar mavjud va ishchi holatda bo‘lishi lozim.
2. Ikkinchi bosqich – amaliy ko‘nikmani namoyish qilib berish va ko‘p marta mashq qilish. Bu bosqichni amalga oshirish uchun amaliy ko‘nikmalarni qadamma-qadam algoritmi pedagog tomonidan va videofilmlar orqali namoish etiladi, algoritm asosida bosqichma bosqich to‘g‘ri bajarishga alohida e’tibor qaratiladi. Talaba amaliy ko‘nikmani mustakil, biroq pedagog nazorati ostida mulyajlar, trenajyorlar, fantomlar va manekenlarda, talabalar o‘zaro bir-birida ko‘p marta mashq qilib o‘rganadilar. Boshida barcha bosqichlarini alohida, kegin umumlashtirgan xolda to‘liq va to‘g‘ri bajara olgandan so‘ng bemorda qo‘llashga ruhsat beriladi (imitatsion trening).
Ikkinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan amaliy ko‘nikmalar qadamma-qadam algoritmi va videofilmi, o‘kuv-uslubiy qo‘llanmasi, bajarish sxemasi yoki texnikasi va h.k., baholash mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Mulyajlyar, trenajyorlar, fantomlar va manekenlar, imitatorlar, asbob anjomlar bo‘lishi lozim va kerakli shart sharoitlar (maksimal darajada ish sharoitiga yaqin modellashtirilgan) yaratilishi lozim. Bu bosqichda pedagog nazorat qiladi va kerak bo‘lganda talabalar ishidagi xatoliklarni to‘g‘irlaydi. Bu jarayonda talaba harakatlari videotasvirga olinib o‘ziga namoish etilishi, kritik muhokama qilinishi mumkin. Talaba, uning xatosi nimada ekanligini, o‘qituvchiga va boshqa talabalarga tushuntirib beradi va so‘ngra muolajani takrorlaydi. Interfaollik shunda namoyon bo‘ladiki, bunda boshqa talabalar ekspert sifatida chiqishda va o‘qitilayotgan talabaning amaliy ko‘nikmani to‘g‘ri o‘zlashtirganligini baholashda ishtirok etadilar. Amaliy ko‘nikma avtomatizm darajasigacha yetkazilishi maqsadga muvofiq.
3. Uchinchi bosqich - o‘rganilgan bilim va amaliy ko‘nikmani bemorda qo‘llash. Bu bosqichda talaba o‘zlashtirilgan bilim va amaliy ko‘nikmani turli hil klinik xolatlarda (shu jumladan shoshilinch holatlarda) qo‘llashga, olingan natijalarni taxlil qilishga va shu ma’lumotlar asosida harakat taktikasini belgilashga pedagog nazoratida o‘rgatiladi.
Uchinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar, fotosuratlar, vaziyatli masalar va testlar to‘plami, keyslar, klinik protokollar, diagnostika va davolash standartlari, o‘rgatuvchi kasallik tarihlari va ambulator kartalar va x.q. ishlatilishi lozim. Interfaollik shunda namoyon bo‘ladiki, bunda boshqa talabalar nafaqat ekspert sifatida chiqishda va o‘qitilayotgan talabaning amaliy ko‘nikmani to‘g‘ri o‘zlashtirganligini baholashda balki komandada ishlashda ishtirok etadilar.
4. To‘rtinchi bosqich – hulosa. Bu bosqichda pedagog talaba tomonidan olingan bilim va egallagan ko‘nikmani bemorlarda, turli hil vaziyatlarda, faoliyat jarayonida to‘g‘ri va to‘liq qo‘llay olishiga ishonch hosil qilishi kerak va shunda amaliy ko‘nikma o‘zlashtirildi deb hisoblanadi.
To‘rtinchi bosqichni amalga oshirish uchun talaba bemor bilan mustaqil ishlashi pedagog tomonidan nazorat qilinadi, tibbiy hujjatlarni, kasallik tarixini yozib himoya qilganda baholanadi.

Mashg‘ulot so‘nggida o‘qituvchi har bir talabaning amaliy ko‘nikmani o‘zlashtirganligini tasdiqlaydi. Talaba amaliy ko‘nikmani o‘zlashtira olmagan vaziyatlarda, mashg‘ulotdan tashqari vaqtda mustaqil o‘zlashtirish tavsiya etiladi va pedagogga qayta topshiradi. Talaba barcha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan holda fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi.





Yüklə 159,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin