Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-davolash ishi fakulteti



Yüklə 15,85 Kb.
tarix18.04.2023
ölçüsü15,85 Kb.
#99960
Tavsiyanoma Humoyun (6)


Toshkent tibbiyot akademiyasi
2-davolash ishi fakulteti
1-kurs magistratura talabasi
Norbekov Humoyun Muhitdin o‘g‘li
T A V S I Y A N O M A

Norbekov Humoyun Muhitdin o‘g‘li Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qitilayotgan barcha fanlardan yuqori reyting natijalarni ko‘rsatib kelmoqda. U fidoyi, tabiiy yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan, vatanparvar, yurt kelajagiga daxldorlikni his qiladigan, mehnatsevar va boshqa insoniy fazilatlar egasi bo‘lgan talaba. H. Norbekov davlat tilini mukammal darajada, O‘zbekiston tarixini yaxshi biladigan, muntazam ravishda ilmiy-tadiqot ishlarida ishtirok etayotgan, kompyuter va IT texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega talaba. U yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya va tanlovlarda qantashib, TTAda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirishda hissa qo‘shayotgan, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan, jamoat ishlari va sport tadbirlarida faol ishtirok etib kelayotgan talabadir.


U. Ismoilov ta’lim olish jarayonigacha va ta`lim olish jarayoni mobaynida ko‘plab yutuqlarga erishgan, jumladan:
2019-yil yanvar oyida o‘tkazilgan fan olimpiadasining tuman bosqichida “Biologiya” fanidan 2-o‘rin sovrindori.
2019-yil Jizzax davlat pedagogika instituti rektori olimpiadasida 2-o‘rinni egallagan.
2021-yil yanvar oyida “Biologiya” fanidan o‘tkazilgan respublikasi fan olimpiadasining viloyati boschichida 2-oʻrinni egallab, respublika boschichiga yoʻllanmani qo‘lga kiritgan.
2021-yil 6-7-may kunlari “Biologiya” fanidan Respublika fanlar olimpiadasining Buxoro shahrida o‘tkazilgan respublika bosqichida 1- o‘rinni qo‘lga kiritgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Fan olimpiadalarida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti 2021-yilda 4 bosqichda o‘tkazilgan saralashni muvaffaqiyatli yakunlab, xalqaro biologiya olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Portugaliyaning Lissabon shahri tomonidan 2021-yil 18-23-iyul kunlari onlayn o‘tkazilgan 32-Xalqaro biologiya olimpiadasida (IBO-32) birinchi o‘rinni egalladi.
2021-yil sentabr oyida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
2021-yil 14-15-may kunlari o‘tkazilgan “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari o‘rtasida tibbiy va fundamental fanlardan o‘tkazilgan fan olimpiadasida faol ishtirok etdi.

H. Norbekov akademiya yoshlari orasida o‘zining ilg‘or g‘oyalari bilan tengqurlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. U kafedra o‘qituvchilari va tengdoshlari o‘rtasida hurmatga sazovar talabalaridan biridir.


Yuqoridagilardan kelib chiqib, Norbekov Humoyun Muhitdin o‘g‘lini “Mard o‘g‘lon” nomidagi davlat mukofotiga munosib nomzod deb bilaman.


Toshkent tibbiyot akademiyasi
rektori A.K. Shadmanov
Yüklə 15,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin