223
auditor asosiy vositalar qanday saqlanayotganligini va ularni inventarizatsiya
qilish natijalarini ham tekshirishi lozim.
Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishni tekshirishda auditor dastlabki
hujjatlar - iventarizatsiya ro’yxatlari (inv-1, inv-10, inv-18 shakllar),
inventarizatsiya komissiyasi majlis bayonnomalarini, inventarizatsiya natijalari
bo’yicha korxona rahbariyatining qarorini o’rganadi.
Inventarizatsiya materiallarini tekshirish auditorga auditorlik risklari va
auditorlik amallarini tuzatish uchun, ichki nazorat natijalariga qanchalik tayanish
mumkinligiga ishonch hosil qilishi uchun zarur.
Bunda u inventarizatsiya o’tkazishda №19 – «Inventarizatsiyani tashkil etish
va o’tkazish» nomli BHMS umumiy qoidalariga, xususan 24-29 bandlariga rioya
qilinganligini aniqlaydi. Shu bilan birga auditor inventarizatsiya natijasida
oshiqcha va kam chiqqan asosiy vositalarni buxgalteriya hisobi schetlarida aks
ettirilishi va soliqqa tortilishining to’g’riligini ham tekshiradi. Bunda auditor
O’zbekiston Respublika Adliya Vazirligi tomonidan 23 iyun 2001 yilda 1054-
raqam bilan ro’yxatga olingan «Inventarizatsiyada aniqlangan mulklar kamomadi
va oshiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish
to’g’risidagi qaror»ga rioya qilinganini tekshiradi.
Kuzatib chiqish amallari yordamida asosiy vositalarga doir quyidagi
ma’lumot manbalarining o’zaro mosligini tekshirish amalga oshiriladi:
*
moliyaviy hisobot shakllarining asosiy vositalarga doir ko’rsatkichlari;
*
moliyaviy hisobot shakllari va bosh daftar ko’rsatkichlari;
*
Bosh daftar, sintetik va analitik hisob registrlari ko’rsatkichlari.
Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir shakllari ko’rsatkichlarini
o’zaro taqqoslash natijalari jadvalda ko’rsatilgan shakl bo’yicha ishchi hujjatlar
bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: