216
Bosh daftarda aks ettirilgan 0110-0199, 0211-0299, 0310, 0710, 0720, 0810,
0820, 0840, 0850, 0860, 0890, 0920, 4810, 4820, 4830, 6910, 6920, 7910 sintetik
schyotlar qoldiqlarining mos ra-vishda analitik hisob registrlari va buxgalteriya
balansi ma’lumotlariga muvofiqligini aniqlash zarur. Ular barcha pozitsiyalar
bo’yicha: oy boshiga qoldiq, oylik oborotlari, oy oxiriga qoldiq-lar bir-biriga
to’g’ri kelishi lozim. Agar tafovutlar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va
korxonaga asosiy vositalarni, montaj talab qiladigan qurilmalarni; kapital
qo’yilmalarni, tuzilgan lizing shartnomalari bo’yicha majburiyatlarni inventa-
rizatsiya qilish tavsiya etiladi. So’ngra korxonaning asosiy vosita-larni hisobga
olish bo’yicha qabul qilingan hisob yuritish siyosati bilan tanishish zarur. Bunda
asosan quyidagilarga e’tibor berish lozim:
*
korxonada asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qo’llash
qabul qilinganligi;
*
korxonada asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning
qanday tartibi qabul qilinganligi, asosiy vo-sitalarni ta’mirlash uchun rezervga
mablag’ ajratish mexanizmidan foydalanib, ya’ni ta’mirlash fondi (8910-schyot
bo’yicha «Ta’mirlash fondi» subschyotini qo’llash) tashkil etish yoki tashkil
etmaslik.
Korxonada qabul qilingan hisob yuritish siyosati auditor xulosasida aks
ettirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: